8-amaliy mashg’ulot: Ona tilidan tanlovlar rejasini ishlab chiqish. (2 soat) Reja: Ona tilidan o’tkaziladigan sinfdan tashqari ishlarning shakllari



Download 109,5 Kb.
bet7/9
Sana07.01.2022
Hajmi109,5 Kb.
#329675
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
8-amaliy mashg’ulot. Ona tilidan tanlovlar rejasini ishlab chiqish

Yosh o‘qituvchtlarga maslahatlar.

O‘qituvchi bir qancha rangli rasmlar olib keladi. Bu rasmlarda egrilik va to‘g‘rilik, yaxshilik va yomonlik hamda ularning oqibati ifodalangan bo’lishi kerak.



1. Kirish suhbati.

Bolalar, kim uyda onasiga yordam beradi? Dilshod, qani sen aytchi. (Dilshod qilgan ishlari haqida so‘zlab beradi.)

O‘qituvchi yana bir-ikki o'quvchidan so'raydi. Ular qilgan ishlari haqida zavq-shavqqa to‘lib gapirib beradilar. O‘qituvchi o'quvchilar diqqatini rasmga jalb qiladi. O‘quvchilar yomonlikning oqibatini tushunib yetadilar. O‘qituvchi odob- axloq haqida (2 daqiqa) qisqacha hikoya qiladi. Maqollardan namunalar keltiradi: „Odobli bola elga manzur“, „Kishining hurmati o'zining qo‘lida“, „Yaxshini kim sevmaydi, yomon- dan kim kuymaydi?“, ,,O‘ylab gapirgan maqtovda bo‘lar, o'ylamay gapirgan mazaxga qolar“ kabi.

2. O‘qituvchi Nurxon Raimovaning „Jazo“ hikoyasini o'qib beradi.



JAZO.

Oyisi Otabekka pul berib:



  • Do'kondan non olib kelgin, — debdi.

Otabek g'izillab ko'chaga chiqdi-yu, yo‘l chetida muzqaymoq sotayotgan kishini ko'rib to‘xtab qoldi. Keyin yugurib borib bolalar qatoriga turdi. „Muzqaymoq olaman. Oyimga bir marta yolg'on gapirsam nima qipti?!“.

Otabek muzqaymoqni maza qilib yedi. Yeyishga yedi-yu, lekin oyisiga nima deb bahona qilishini o‘ylab qoldi. Keyin sekin uyga kirdi.

— Oyijon, pulingizni yo‘lda tushirib qo‘ydim, — dedi.

Ertasi kuni oyisi yana:



  • O‘g‘lim, manavi besh so‘mni Nigora xolangga berib kel, — deb qoldi.

— Nega, oyijon? — so'radi Otabek.— Yana yo'qotib qo‘ysam-chi?

  • Ehtiyot bo‘l, yo‘qotmagin, — deya tayinladi oyisi.

Otabek pulni olib ko'chaga chiqdi. Shoshib ketayotgan edi, maktab maydonida to‘p o‘ynayotgan bolalarga ko‘zi tushdi. Ularni bir hayron qoldirgisi keldi. Qo‘lidagi pulni oyog'i ostiga tashladi-da:

  • Bolalar, men pul topib oldim! — deya qichqira boshladi...

Bolalar yugurib kelishdi. Salim degan novcha bola pulga darhol chang soldi:

  • Bu — mening pulim. Tushirib qo'ygan ekanman. Novcha pulni cho‘ntagiga soldida, uyiga jo‘nab qoldi.

Otabek sarosimada ortiga qaytdi. Darvozadan kira solib oyisiga bo'lgan voqeani aytlb berdi.

Shunda oyisi:



  • Yolg‘on gapiradiganlarning jazosi shunaqa bo'ladi, — dedi xafa bo'lib.


Download 109,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish