Suv havzalari o’lchamlari
|
Suv havzasi turlari
|
|
Chuqurlik, m
|
|
|
|
|
|
Balanddan
|
Hovuzlarning ichki
|
O’quv-
mashq
|
Sport
mashq
|
Suzish yo’lkalari
|
Sayoz
joyda
|
sakrash moslamasi
ostidagi
|
o’lchamlari
|
|
|
soni
|
|
chuqurlik
|
20x10
|
O’quv
|
-
|
4
|
1,1
|
1,8
|
25x10
|
Kichik
|
-
|
4
|
1,1
|
3,5-4,5
|
25x12,5
|
|
-
|
5
|
1,1
|
3,5-4,5
|
25x15
|
|
-
|
6
|
1,1
|
3,5-4,5
|
50x10
|
Katta
|
Katta
|
4
|
1,1
|
3,5
|
50x12,5
|
|
|
5
|
1,1
|
4,5 - 3,5
|
50x15
|
|
|
6
|
1,1
|
4,5 - 3,5
|
50x20
|
|
|
8
|
1,8-2
|
5-4,5
|
Hovuzning qisqa yon tomonlaridan suzish yo’lkalari markaz bo’yicha suv sathidan 0,75 m balandlikda start tumbalari o’rnatiladi. Tumbaning ustki qismi notekis bo’lib, suv tomonga 15% nishablikda joylashtirilgan. Asosiy savallarda tumbalarning o’lchamlari 0,5x0,5 m. Hovuz atrofida aylanma yo’lka mo’ljallangan bo’lib, yon tarafdagi yo’lkalarning eni 3 m bo’ladi. Bu yo’lkalar ikki qismdan iborat: asosiy va yonlama (xususan, hovuz bilan chegaradosh). Yonlama yo’lka basseynga suvning qaytishi uchun nishablikka ega (0,0005%, eni 50 sm). Hovuzning bo’ylama uzunligi bo’ylab ikki tomonida va suv sathidan 1,2 m pastda dam olish zinasi (15 sm) bo’lib, qirralari yo’nilgan holatda bo’ladi.
SUV POLOSI MAYDONI, ANJOMLARI VA
JIHOZLARI
Maydon o‘lchamlari - suv polosi bo‘yicha xalqaro yoki milliy jamoalar o‘rtasida musobaqalar suv chuqurligi 1,80 metr, 30 x 20 metr o‘lchamdagi to‘g‘riburchak shaklidagi suv maydonida o‘tkaziladi. Barcha suv havzalari yuqorida aytib o‘tilgan
o‘lchamlarga ega. Shunday bo‘lsada, suv havzalarini hammasi ham parametrlari to‘g‘ri kelmaydi, o‘lchami 8 x 20 metr, chuqurligi 1metr bo‘lgan kichik maydonlarda musobaqalar o‘tkazishga ruxsat beriladi. Agar suv havza devorlari tabiiy o‘yin maydoni chegaralari bo‘la olmasa, unda maxsus arqon bilan ajratiladi. Maydonning yon tomonidagi 2 metrli va 4 metrli hamda o‘rta chiziqlarni belgilash uchun belgi qo‘yiladi.
Darvoza – ichki o‘lchami 300 x 0,90 sm. Agar suv havzasi chuqurligi 1,50 metrdan kam bo‘lsa, unda suv havzasi tubidan to darvoza xarigacha 2,40 metr bo‘lishi kerak.
To‘p – suv polosi o‘yini uchun to‘p aylana diametri 68–71 sm, og‘irligi 400–450 g bo‘ladi. Charm to‘plarni moylash uchun maxsus moy yoki mum ishlatiladi. 1967-yildan boshlab plastmassa to‘plar kiritilgan. Ipli to‘plardan foydalanish man etiladi.
Sport kiyimi – vaterpolchilar sport kalta ishtonida qatnashadilar. O‘yin boshlanishidan avval yoki tanaffus vaqtida sovqotib qolmasliklari uchun mashg‘ulot ust kiyimi, sport shippagi va xalat kiyib oladilar. Musobaqalarning eng zarur atributi maxsus bosh kiyim, bayroqlar va vaterpol sekundometri hisoblanadi. Bosh ki yimi tomog‘ ostidan bog‘lanadi, ikki yon tomonida raqamlar yor qin ko‘rinarli bo‘lishi kerak. Darvozabon 1 raqamda, qolgan o‘yin chilar 2–11 raqamlanadi. Hakam imo-ishoralari ko‘k va oq bayroqlar yordamida ko‘rsatiladi. Darvoza chiziq hakami oq va qizil bayroqchaga, hakam kotibi oq, havorang va qizil bayroqlarga ega bo‘lishi kerak. Suzish suv havzalari uzunligi 25 m yoki 50 m, eni esa 11 m, 16 m, 21 m va 25 m ga teng bo‘lishi mumkin. Bitta suzish yo‘lkaning eni 2,5 m bo‘ladi. Enining o‘lchamlariga qarab suzish
suv havzalarida 4, 5, 6 yoki 8 ta suzish yo‘lkalari bo‘ladi. Agar suzish suv havzalari uzunligi 33,3 m gacha bo‘lsa, u holda bu yerda suv polosi sport turi bo‘yicha mashg‘ulot o‘tkazish mumkin. Suzish suv havzasining minimal chuqurligi 1,2 m, chuqur qismi 1,8 m dan chuqur bo‘lishi kerak emas.
Adabiyotlar:
O’zbekiston Respublikasi sport inshoatlarida jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug’ullanuvchilar uchun normativlar. T., 2004.
M.Sultonova., N.Yanchenko. Sport inshoatlari nazariyasi, shakli va o’lchamlari. Toshkent, 1994.
M.S. Xodjaev, A.A.Tolametov, A.M. Nurmuxamedov, J.X.Umarov. Sport inshootlari:O’quv qo’llanma jismoniy tarbiya institutlari va universitetlarning jismoniy tarbiya fakul’tetlari talabalari va magistrlari uchun .O’zDJTI. 2007й.
Do'stlaringiz bilan baham: |