8-amaliy mashg’ulot mavzu: Samarqand ilmiy markazi. Ulug’bek, Koshiy, Rumiy, Ali-Qushchi. Reja


Mirzo Ulug’bekning hayoti va ilmiy faoliyati



Download 0,83 Mb.
bet2/4
Sana24.07.2021
Hajmi0,83 Mb.
#127251
1   2   3   4
Bog'liq
8-AMALIY MASHG'ULOT

Mirzo Ulug’bekning hayoti va ilmiy faoliyati

(1344 yil 22 mart-1449 yil 27 oktyabr)

Mashhur astronom, matematik, tarixchi, Samarqand rasadxonasining

asoschisi va undagi ilmiy maktab rahbari Ulug’bek, jahoning eng yirik astronomlari qatoridan joy olgan olimdir. Amir Temur harbiy safarlarida, oila azolari bilan birga yurar edi. Sultoniya shahrida dam olish uchun to’xtagan vaqtda, 1394 yil 22 martda Temurning 17 ga kirgan kichik o’g’li Shohruhning xotini o’g’il tug’adi, unga Muhammad Tarag’ay deb ism beriladi. Keyinchalik unga berilgan Ulug’bek laqabi uning nomiga aylanib qolgan.

Ulug’bekning otasi Shohruh kitoblarni ko’p sevar va boy kutubxonani

to’plagan edi. U yoshligidanoq ana shu kitoblarni mutolaa qilar edi. U mashhur

yunon olimlari Platon, Aristotel, Gipparx, Ptolemey, vatandoshlari Farg’oniy,

Forobiy, Beruniy, Ibn Sino kabi olimlarning asarlarini o’rgana boshladi.

O’rta Osiyoning qadimiy shaharlaridan bo’lgan Samarqand Temur davlatining

poytaxti edi, u Sharqning eng taraqqiy etgan fan va madaniyat markazlaridan biri

hisoblanar edi. Temur Samarqandni go’zal va muhtasham qilishga intilgan. U

hashamatli saroylar, xonakoh, madrasalar va maqbaralar qurdirgan. Temur vafotidan so’ng, Mavoraunnahr davlatiga Ulug’bek hukmdorlik qildi. Ammo Ulug’bek o’zining bobosi va otasidan tubdan farq qilar edi. Otasi Shohruh Hirotda (Xuroson davlatining poytaxti, bu davlatga Shohruhning o’zi xokimlik qilar edi) o’z atrofiga ruhoniylarni yig’ib olib, erkin fakr egalarini taqib etgan bo’lsa, Ulug’bek Samarqandda, o’z atrofiga olimlar va shoirlarni to’plab fan, adabiyot va san’atning taraqqiy etishiga keng yul ochib berdi, tabiiy fanlar bilan o’zi bevosita shug’ullandi.

Ulug’bek binokorlik ishlarini boshqacha yo’nalishlarda olib bordi, u ko’proq

madaniy va ilmiy muassasalar qurish bilan shug’ullandi. U Buxoroda, /ijduvonda va Samarqandda madrasalar qurdirib, ilmu fanning rivojlanishiga katta ahamiyat berdi. 1417 yili Buxoroda qurilgan madrasaning peshtoqiga shu so’zlar yozilgan «Ilmga intilish har bir musulmon erkak va musulmon ayolning burchidir», 1420 yili qurilib bitgan Samarqand madrasasining peshtoqi yulduzlar bilan osmoning tasviri bilan bezatilgan.

Ulug’bek o’rtacha davlat arbobi va omadi kelmagan sarkarda bo’lsa ham, u

eng avval olim va fozil kishi edi. U o’zining matematika, astronomiya, tarix fanlari

sohasida qilgan ishlari bilan kishilik fani xazinasini bebaho gavharlari bilan to’ldirdi.

Ulug’bek yirik olim bo’lishi bilan birga, o’z davridagi fan taraqqiyotiga bosh

bo’ldi. Matematik va astronom olimlarni o’z atrofiga to’plab, ilmiy maktab tashkil

etdi.

Ulug’bek rahbarligida 1424-1428 yillari Samarqandning shimoli tarafida Obi-rahmat arig’ining bo’yida, Ko’hak tepaligida eng takkomillashgan asboblar bilan jihozlangan astronomik rasadxona qurildi.



Olim va shoir Bobur o’z asarida bu rasadxonaning binosi katta uch oshyonali juda baland, g’oyat hashamatli bo’lganligini yozadi. Ulug’bek rasadxonasi bir asrga yaqin muddat mobaynida muvaffaqiyatli ravishda astronomik kuzatishlar va ilmiy- tadqiqotlar olib borib, butun jahonga dong chiqardi. Ammo bu rasadxona XVI asr boshida reaksion ruhoniylarning amri bilan vayronaga aylantirilda va yer yuzidan yo’qolib ketdi.

1908 yili mashhur rus olimi, sharqshunos, arxeolog V.L.Vyatkin

rasadxonaning o’rnini aniqladi. 1942-44 yillarda akademik T.N.Qori-Niyoziy va

arxeolog V.A.Shishkin tomonidan bajarilgan arxeologik tekshirishlar Ulug’bek

rasadxonasi diametri 46 metrdan ortiqroq silindr formasidagi uch oshyonali binodan iborat bo’lganligini aniqladi. Rasadxona eng takomillashgan asboblar bilan jihozlangan bo’lib, unda yuzdan ortiq astronom, matematik olimlar ilmiy ishlar olib borganlar. Samarqand rasadxonasida erishilgan ilmiy tadqiqotlarning eng yirigi yulduzlar va sayyoralar harakatiga bag’ishlangan «Astronomik jadvallar» (Ziji-jadidiy Ko’ragoniy) bo’lib, bu asar o’rta asr astronomiya faninng durdonasi hisoblanadi va sharq astronomiya fanining taraqqiyotiga silmoqli hissa qo’shgan klassik asardir. Bu asar 1437 yilda yozilgan.

Astronomiyaning nazariy va amaliy masalalariga bag’ishlangan bu asarda

taqvim tuzish bilan bog’liq bo’lgan masalalar: arablar, yunonlar, eron, xitoy va

uyg’ur sanalari, davrlar, yil va oylar, kun va xaritalar, sanalarning kelib chiqishi va

ularning bir-biriga munosabatlari, Quyosh va Oyning harakati bayon qilingan.

Ekliptika tekisligining ekvatorga og’maligini Ulug’bek 23º30ʹ17ʺdeb topgan,

nazariy hisoblash bo’yicha bu miqdor 23º30ʹ49ʺ bo’lishi kerak, demak bundagi xato 0ʹ32ʺ hisoblanadi. Yulduz yilini Ulug’bek 365 kun 6 soat 10 minut 8 sekund deb hisoblagan: bunda uning xatosi faqat 1 minuti 2 sekund hisoblanadi.

Ulug’bek tomonidan olib borgan hisoblashlar hozirgi zamon hisoblashlariga

juda yaqindir. Masalan, quyidagi hisoblashlarni qaraymiz:

Yulduz yilining hisobi:

Hindlarda 365 kun 6 soat 12 minut 30 sekund

Xaldeylarda 365 kun 5 soat 11 minut 00 sekund

Aristarxda 365 kun 6 soat 10 minut 49 sekund

Ibn Qorrada 365 kun 6 soat 9 minut 12 sekund

Ulug’bekda 365 kun 6 soat 10 minat 8 sekund.

Bu asarning boshqa bo’limida trigonometriyaga oid jadvallar keltirilgan va

1049 yulduzning vaziyati ko’rsatib berilgan. Bu jadvallar o’zining aniqligi bilan

kishilarni hayratda qoldirdi. Bu haqda fransuz olimi matematik va astronom Laplas

shunday deb yozgan edi: «Ulug’bek – Samarqandda, o’z viloyatining markazida,

Tixo Bragegacha mavjud bo’lib kelgan eng yaxshi hisoblangan yangi yulduzlar

katalogi va astronomik jadvallar tuzdi».

Trigonometrik jadvallar tuzish va u bilan bog’liq bo’lgan hisoblashlarni

bajarish og’ir ish hisoblanadi. Ulug’bek rasadxonasida uning jadvallarini

hisoblaydigan maxsus hisoblash markazi bo’lib, undi ko’p sonli matematiklar

ishlaganlar va turli hisoblarni bajarishda ular ko’p mehnat sarflaganlar.

«Yangi astronomik jadvallar» klassik astronomiyaning mashhur asari sifatida

Yevropa va Amerikada katta shuhrat qozondi. Uni Ali qushchi 1471 yil Turkiyaga

boshqa noyob kitoblar bilan birga olib ketdi, bu esa uning Yevropaga tarqalishiga

sabab bo’ldi.

Bu kitob haqida Birjandiy va Chalabiy sharhlar yozdi, Yevropada 1643 yili

ingliz astronomi Jon Grevi bu kitob haqida monografiya yozdi va nashr etdi. Bu

asarni 1839 yilda Fransiyada Sediyo, 1917 yilda amerikalik olim Eduard Boll Nobel nashr qildi.

Ulug’bek doim reaksion ruhoniylar ta’qibiga uchradi, ular olimga nisbatan

turli ig’volar tarqata boshladilar. Ana shu reaksion fitnachilar tomonidan 1449 yil 27 oktyabrda vahshiylarcha o’ldirildi. 1441 yil 18 iyunda akademik Qori-Niyoziy rahbarligida Samarqanddagi Temur maqbarasidagi qabri ochilganda, Ulug’bek o’z kiyimlari bilan ko’milganligi ma’lum bo’ldi. Chunki shahid bo’lgan kishi, shariatga muvofiq shunday ko’milgan. Olimning bo’yin suyaklari o’tkir qilich bilan kesilganligi ma’lum buldi.

Insoniyat tarixidan bizga ma’lumki, progressiv ilm va reaksion kuchlar

orasida hamma vaqt kurash borgan. Ulug’bek ham ana shunday kurashlar qurboni

bo’lgan (Jordano Bruno, Galiley, Koperniklar shular jumlasiga kiradi). O’rta Osiyolik mashhur olimlar Beruniy, Ibn Sino, Umar Hayyom, Forobiy va boshqalarning ham ijodlaridan ma’lumki ular ham hamisha reaksion–ruhoniylarning qarshiliklariga uchraganlar. Shuning uchun ham bu olimlar bir

shahardan ikkinchi shaharga ko’chib yashashga majbur bo’lganlar. Ulug’bek ilmi kamolotga yetgan, ijod bulog’i gurkirab qaynayotgan bir paytda dushmanlar tomonidan vahshiyona o’ldirildi, ammo bu uning nomini fan tarixidan o’chira olmadi, uning nomi abadiy qoldi. Sobiq sovet davrida Ulug’bek ilmiy asarlarini nashr etish, o’rganish borasida katta ishlar qilindi. Ulug’bek haqida romanlar yozildi, teatr va kino asrarlari yaratildi. Samarqand rasadxonasi oldida Ulug’bek marmar monumenti o’rnatildi va memorial muzeyi ochildi.

Mustaqillik yillarida Prezident I.A.Karimovning shaxsan tashabbuslari bilan

Ulug’bek ilmiy merosini o’rganishga katta etibor berildi. Bir qancha xalqaro ilmiy

anjuman, simpioziumlarlar o’tkazildi, Ulug’bek tavalludining 500 yilligi keng

nishonlandi(1994 yil), 2011 yilda Ulug’bek rasadxonasi va muzeyi qayta ta’mirdan

chiqarilib go’zal sayyohlar manziliga aylantirildi.

Buyuk olim va davlat arbobi Mirzo Ulug’bek (1394-1449) O’rta Osiyo

xalqlari ilm fani va madaniyatiga katta hissa qo’shgan. U tarix, matematika,

astronomiya fanlari sohasida o’sha davrlardayoq olmashumul natijalarga erishgan. Shogirdlari bilan birga mingdan ortiq yulduzlar ro’yxatini tuzgan, bu jahon

astronomiya fanidagi eng katta yutuqlar qatoriga kiradi.

Ulug’ bobomizning Samarqandda haqiqiy ilmiy maktab yaratganligini chet ellik olim va mutafakkirlar ham tan olishgan. Fransuz olimi va yozuvchisi Volter

(1694-1778) bu haqda shunday yozadi: ”Transaksoniyada uning (ya’ni Temurning)

o’rniga taxtga chiqqan mashhur Ulug’bek Samarqandda birinchi akademiyaga asos

soldi”. Bundan ko’rinib turibdiki, Ulug’bek tashkil etgan ilmiy maktabni akademiya deb tan olinishlaridagi fikrlar mutlaqo o’rinlidir. Bu akademiya oldingi Aflotun akademiyasi (eramizdan oldingi 429-348 yillar), Baytul-hikmat yoki Ma’mun akademiyasi (813-833), Xorazmshoh Ali ibn Ma’mun tashkil etgan Gurganch akademiyasi (taxminan 1000 yillar) kabi fanning turli sohalari bilan shug’ullangan olimlarni o’z atrofida jipslashtirgan edi. Ulug’bek ilmiy maktabi qoshida rasadxona, kutubxona, madrasa bor edi. Rasadxona jahonga mashhur Ulug’bek rasadxonasi bo’lib, unda chet ellardan kelgan mashhur astronomlar yulduzlar va osmon jismlarini kuzatganlar, matematiklar esa bu ishlarda ularning hisoblashlarini olib borishlarida yordam berganlar. Bu yerda mashhur “Ziji Ko’ragoniy” jadvali tuzilib, yulduzlarning osmondagi vaziyatlari (1437 yil) aniqlab chiqilgan.

Madrasada toliblar keng qamrovli bilimlar olishgan. Ularga qur’oni Karim,

hadis, tafsir, riyoziyot, handasa, astronomiya, tibbiyot, jug’rofiya fanlari o’qitilar

edi. Ulug’bek ilmiy maktabida Qozizoda Rumiy (1935 yil fevralda vafot etgan),

G’iyosiddin Jamshid al-Koshiy (1430 yilda vafot etgan), Ali Qushchi (1475 yilda

vafot etgan), keyinchalik esa Hasan Chalabiy ibn Muso Ahmad Qozizoda Rumiy

(Samarqanddagi Muso Qozizoda Rumiyning o’g’li), Mu’iddin al-Koshiy, uning

o’g’li Mansur kabi jahonga mashhur olimlar faoliyat ko’rsatganlar.




  1. Download 0,83 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish