8-Amaliy ish Mavzu: Tog‘ jinslarini portlatish ishlari usuli bilan qazib olishga tayyorlash. Ishdan maqsad



Download 116,76 Kb.
bet1/3
Sana28.10.2022
Hajmi116,76 Kb.
#857742
  1   2   3

8-Amaliy ish
Mavzu: Tog‘ jinslarini portlatish ishlari usuli bilan qazib olishga tayyorlash.
Ishdan maqsad: Portlatish usuli bilan tog‘ jinslarini qazib olishga tayyorlashda SBSH burg‘ulash dastgohining ish unumdorligini aniqlash usullarini o‘rganish.
Tog‘ jinslarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri qazib olish imkoni bo‘lmagan yoki ularni massivdan dastlabki yumshatmasdan ajratib olish va yumshatish qiyin bo‘lgan hollarda portlatish ishlari qo‘llaniladi.
Ochiq kon ishlarida qoyali tog‘ jinslari konlarida deyarli barcha kon ishlari tog‘ jinslarini portlatish usuli bilan dastlabki yumshatish bilan amalga oshiriladi. Bu esa uz navbatida yuqori ish unmdorlikka ega bo‘lgan burg‘ulash texnikasini ko‘llashni talab etadi. Konning kon-geologik sharoitlari, masshtabi, qazib olish tizimi parametrlari va tog‘ jinslarining fizika-mexanik xususiyatlari burg‘ulash dastgohini tanlashga ta’sir etadi. Tog‘ jinslarining fizika-mexanik xususiyatlari bir-biridan sezilarli darajada farq qiladi. SHuning uchun portlovchi skvajinalarni burg‘ulashda bir-biridan skvajina kovjoyiga ta’siri xususiyati bo‘yicha farq qiluvchi turli turdagi burg‘ulash dastgoxlari qo‘llaniladi.
Karerlarda skvajina va shpurlarni burg‘ulash maxsus, tog‘ jinslarini yumshatgichlar (burg‘ulovchi) mashinalar yordamida amalga oshiriladi. Bu mashinalar ikki guruhga bo‘linadi:

  1. Skvajina kovjoyiga mexanik ta’sir etish (zarbli, aylanma va zarbli – aylanma burg‘ulash);

  2. Skvajina kovjoyiga fizik ta’sir etish usuli (termik, gidravlik, portlatish va b.)

  • SBSH – skvajinani havo yordamida tozalovchi, aylanma burg‘ulovchi dastgox (sharoshkali burg‘ulash) – burg‘ulanadigan skvajinaning shartli diametri 160 mm dan 400 mm gacha. Tog‘ jinsi mustaxkamligi =6÷18;

  • SBU – skvajinani havo yordamida tozalovchi zarbli aylanma burg‘ulash dastgoxi (pnevmozarbli burg‘ulash) – burg‘ulanadigan skvajinaning shartli diametri 100, 160 mm. Tog‘ jinsi mustaxkamligi

  • =10÷20;

  • SBR – skvajinani shnek yordamida tozalovchi, kesuvchi koronkali aylanma burg‘ulash dastgoxi - burg‘ulanadigan skvajinaning shartli diametri 160 va 200 mm. Tog‘ jinsi mustaxkamligi =1÷6;

Barcha shartli belgilar dastgox turi va burg‘ulanadigan skvajinaning shartli diametri (millimetrlarda ko‘rsatiladi) dan iborat. Masalan: SBSH-320-36. Skvajina diametri – 320 mm, skvajina chuqurligi – 36 m.
Xozirgi kunda karerlarda turli modeldagi turli stanoklar qo‘llanilmokda, biroq portlovchi skvajinlarning 85% i sharoshkali burg‘ulash dastgoxi bilan burg‘ulanadi.
Skvajinalarni burg‘ulash – ayniksa qoyali, parchalanishi kiyin bo‘lgan tog‘ jinslarida ish hajmi katta va qimmat turuvchi jarayondir. Burg‘ulashdan maqsad – tog‘ jinsi massivida skvajina va shpur hosil qilishdan iboratdir. Portlovchi skvajinalarni burg‘ulash samaradorligi burg‘ulash tezligi bilan aniqlanadi. Burg‘ulash tezligi quyidagilarga bog‘likdir:

  • burg‘ulash asbobi ta’siri ostida tog‘ jinslarining bo‘zilish kobiliyati (asosiy faktor);

  • burg‘ulash asboblarining turi va shakllari, skvajina zaboyiga ta’siri usuli (zarbli, aylanma, aylanma-zarbli va boshkalar);

  • burg‘ulash asbobining skvajina zaboyiga ta’sir kuchi va tezligi;

  • skvajina diametri va bir qator xollarda uning chuqurligi;

  • tog‘ jinsi buzilishiga ta’sir etuvchi (halaqit beruvchi) burg‘ulash chikindisini skvajina kovjoyidan tozalash tezligi, doimiyligi va usuli.

YUqorida sanab o‘tilgan barcha faktorlar burg‘ulash dastgoxlarining texnologik parametrlarini aniqlaydi.
Portlovchi skvajinalarni burg‘ulash tog‘ jinslari xususiyatlarini baxolash uchun nisbiy ko‘rsatkich «tog‘ jinslari burg‘ulanish qiyinchiligi» ko‘rsatkichi - quyidagicha anilanadi:

bu erda: – tog‘ jinsining siqilishga chidamlilik chegarasi, MPa;
- tog‘ jinsining siljishga chidamlilik chegarasi, MPa (kuch qiya xolatda beriladi).
 - tog‘ jinsi zichligi, t/m3 .
Burg‘ulash ko‘rsatkichi bo‘yicha tog‘ jinsi sinflari aniqlanadi:
I sinf – engil burg‘ulanuvchi = 15;
II sinf – o‘rtacha burg‘ulanuvchi tog‘ jinslari =5,1 10;
III sinf – qiyin burg‘ulanuvchi tog‘ jinslari =10,1 15,0;
IV sinf – juda qiyin burg‘ulanuvchi tog‘ jinslari =15,1 20,0;
V sinf – haddan tashqari qiyin burg‘ulanuvchi tog‘ jinslari =20,1 25,0.
Demak, ko‘rsatkichni aniqlab, burg‘ulash dastgoxi turini, burg‘ulash ko‘rinishini va mexanizatsiyalash usulini to‘g‘ri tanlash mumkin.
Berilgan qiymatlar (4.1.ilova) bo‘yicha SBSH turidagi burg‘ulash dastgoxining smenalik ish unumdorligi va burg‘ulashning texnik tezligini hisoblashni bajaring.
Ishni bajarish tartibi:
1.1. Berilgan qiymatlar bo‘yicha tog‘ jinslarining burg‘ulash ko‘rsatkichi ( ) aniqlanadi:
= (1.1)
bu erda: - siqilishga chidamlilik chegarasi, Mpa;
- siljishga chidamlilik chegarasi, Mpa;
- tog‘ jinsi zichligi, t/m3.

1.2. Tog‘ jinsi burg‘ulash ko‘rsatkichi ( ) va berilgan dolota diametriga bog‘lik holda grafik bo‘yicha (4.3. ilova) burg‘ulash stavining aylanish chastotasi ( ) aniqlanadi.
1.3. O‘qqa beriladigan eng optimal kuch ( , kN) quyidagi ifoda bo‘yicha aniqlanadi:
(1.2)
bu erda: - dolota diametri, sm;
- tog‘ jinsining burg‘ulash ko‘rsatkichi;
- burg‘ulash ko‘rsatkichiga bog‘lik bo‘lgan koeffitsient (1.2. ilova).
1.4. Burg‘ulashning texnik tezligi ( , m/s) hisoblanadi:
= (1.3)
bu erda: – o‘qqa beriladigan optimal kuchlanish kN;
- burg‘ulash stavining optimal aylanish chastotasi, min –1;
- tog‘ jinsining burg‘ulanish ko‘rsatkichi;
- dolota (koronka) diametri, sm.
1.5. Berilgan kattaliklar va olingan b ko‘rsatkichi bilan dastgoxning smenalik unumdorligi ( , m/smena) topiladi:
= (1.4)
bu erda: – smena davomiyligi, s;
- smena davomida ishni tayyorlash va tugatishga ketadigan vaqt, soat;
– smena davomida remont uchun ketgan vaqt, soat;
- smena davomida yordamchi jarayonlar uchun ketgan vaqt, soat;
- burg‘ulashning texnik tezligi, m/soat.
1.6. Burg‘ulash dastgohining sutkalik unumdorligi ( , m/sutka) topiladi:
= (1.5)
bu erda: - dastgoxning sutkadagi ishlovchi smenalar soni ( =23).
1.7. Burg‘ulash dastgohining yillik ish unumdorligi ( , m/yil) aniqlanadi:
= (1.6)
bu erda: - dastgohning bir yildagi ish kunlari soni. SBSH dastgoxi uchun:
=230÷280 kun.
1.8. Talab qilinayotgan ish hajmini bajarish uchun kerak bo‘ladigan dastgoxlarlar soni hisoblanadi ( , dona):
= , (1.7)
bu erda: – burg‘ulangan kon massasining yillik hajmi, m3. (№2 amaliy
ish natijasi bo‘yicha = qabul qilinadi).
– 1 p.m. skvajinadan chiqadigan portlatilgan kon massasi, m3/t.
(№5 ish natijalari bo‘yicha qabul qilinadi).
Burg‘ulash dastgohining parki ( , dona) hisoblanadi:
= , (1.8)
bu erda: rez - burg‘ulash dastgoxining rezerv koeffitsienti:
rez= ,
bu erda: – karerdagi bir yildagi ish kunlari soni ( =350 kun).
1.9. Burg‘ulashning texnik tezligi ( , m/s) ni burg‘ulash ko‘rsatkichi ( ) ga bog‘likligini aniqlang.
ning 5 ta qiymati uchun ni hisoblash amalga oshiriladi. Asosiy qiymat qilib №4 amaliy mashg‘ulotni bajarish natijasida olingan qiymat qabul qilinadi. Qadamlar oralig‘i =0,5 1,5. uchun olingan ikkita qiymat asosiy qiymatdan katta va ikkita qiymat esa asosiy qiymatdan kichik bo‘lishi lozim. Burg‘ulash ko‘rsatkichining qadamlash muhiti esa atrofida bo‘lishi lozim. grafik tuziladi.
Mustaqil hisoblashni bajarish uchun qiymatlar ilovalarda keltirilgan.
Xisobot shakli. Mashg‘ulot natijalari bo‘yicha hisoblash formulalari, zarur hisoblashlar shuningdek bog‘liqlik grafigini millimetr qog‘oziga tushirilgan holda xisobot topshiriladi.
NAMUNA.

Download 116,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish