Alisher Navoiy asarlarining fonetik, morfologik, leksik va grammatik jihatlari.
Navoiy o‘z asarlarida, albatta «grammatika» yoki «fonetika» so‘zini qo‘llagan emas. Lekin tilning grammatik va fonetik qonunlarini yaxshi bilgan, ulami bir-birlaridan yaxshi farqlagan va o‘ziga xos arabcha-forscha va turkcha-o‘zbekcha terminlar bilan atagan (amr, harf, harakat, hamza, voze’, voz’ — yasovchi yoki so‘z yasovchi, tajnis va iyhom — ko‘p ma'noli so‘z: alam — ism, ot; almutakallim — so‘zlovchi; lafz, kalom, alfoz kabi terminlar) hamda ular haqida o‘z davriga nisbatan juda muhim fikrva mulohazalarbayon qilgan. Jum ladan, Navoiy tu rk iy ( o ‘zb ek ) tilining grammatik xususiyatlari haqida yetarli darajada fikr bildiigan. U so‘z yasash yo‘llari haqida maxsus ravishda to‘xtab, batafsil gapirgan hamda o‘ziga xos original fikr va mulohazalar yuritgan. U, xususan, o‘zbek tilida fe'llardagi biigalik va orttirma darajalarini yasovchi «-sh/ish», «-t», «-r» qo‘shimchalar orqah «chopishmoq, topishmoq, quchishmoq, o‘pishmoq, yugurt, kildurt, yashurt, chiqart» kabi so'zlaming yasalganligini, sifatlarda belgining ortiq-kamligini esa «p, m» vositasi orqali «op-oq, qop-qora, qip-qizil, sap-sariq, yup-yumaloq, yap-yassi, opochuq, chup-chuqur, ko‘m-ko‘k, yam-yashil, bo‘m-bo‘sh» tarzida ifodalanishini aytadi. Shuningdek, ravishdoshning «-gach/-g‘ach-kach/qach» affiksi orqali «tegach, borg‘och, yorg‘och, topqoch, sotg‘och» kabi fe’l formalarining yasalishini; harakatni bajarishga intilish, tayyorlanish kabi ma’nolarni ifodalash uchun esa «-gu/-g‘u» affiksi bilan yasalgan sifatdosh formasiga «-dek» ravishdosh yasovchi qo‘shimchasining qo‘shilishi orqali «horg‘udek, yorg‘udek, kelgudek, bilgudek, aytgudek, qaytg‘udek, urgudek, surgudek» fe'llarining hosil qilinishini alohida-alohida misollar bilan ko‘rsatib o‘tadi. Demak, Navoiy grammatika haqida gapirganda ham ko‘p hollarda, birinchidan, so‘zning leksik-stilistik ma'nosini yoki so‘z boyligini nazarda tutadi. Ikkinchidan, qo'shimchalar yoki so‘z yasalishining imkoniyati va variantlari haqida fikr bildiradi, misollar keltiradi va uni yana til boyligi bilan bog‘laydi. Bu hol yuqorida aytilgan fikmi yana Navoiyning til graramatikasiga qarashi hozirgi davrdagidek differensiallashmagan ekanligini yana bir marta tasdiqlaydi. Ushbu da'vomizni Navoiyning mashhur yuzta fe’lga beigan ta’rifi ham isbotlaydi. Darhaqiqat, Navoiy o'zining «Muhokamat ul-lug‘atayn» asarida turkiy tilga xos bo‘lgan mashhur yuz fe’l haqida gapirar ekan, awalo ularni leksik birlik sifatida ta’riflaydi va ularning ko‘pchiligini fors tilida ekvivalenti yo‘q ekanligini, ulaming ma’nolarini fors tilida faqat bir necha so‘z bilan anglatish mumkinhgini qayd qiladi. Ikkinchidan, Navoiy bu fe'llami qo‘shimchalar (affikslar) bilan qo‘shib berganki, bu hol shu so‘zlami ham grammatikjihatdan, ham fonetikjihatdan xarakterlash imkonini beradi. Masalan, biz olimning izohlaridan to‘la tushunib yetganlarimizni ham so‘zlaming oxirida qanday qo'shimchalar qo‘shilib kelganligiga qarab bilib olamiz, shu bilan Navoiyning singarmonizm qonunini yaxshi bilganligini, juft unlilami va juft affikslami yaxshi farqlay olganligini — (demak, uning tilidagi unlilar soni to‘qqizta ekanligini) va ulami to'g'ri talaffuz qilganligini ham aniq bilib olamiz. Masalaga ana shu nuqtai nazardan qaraganda, Navoiyning fonetika sohasida bergan izohlariga nisbatan, garchand ularda vov (j) , yoy (^) harflarining qanday tovushlar (fonemalar) ni anglatib kelishlari ancha durust tushuntirilgan bo‘lsa ham (chunki bu o‘rinda ham ba’zi bir aralashtirish hollari «i» bilan «e» yoki «i» ning til oldi izohlanishi uchrab turadi) tovushlarning qonuniyatlarini amalda bilishi va ulami amalda qo‘llash nuqtai nazaridan Navoiy mukammal darajadagi bilim va mahoratga ega bo'lgan. Bu fikrni, Navoiy qoilagan adabiy tilning tovush imkoniyatlarining kengligi ham to‘la isbot qiladi. Chunki Navoiy asarlarining tili o‘z davrida mavjud bo‘lgan turkiy sheva, lahja va dialektlaming deyarli hammasining vokalizmini qariyb to‘liq ravishda aks ettirgan. Chunki 9 sostavli unli tovushlar tizimi va singarmonizm qonuniyati eski o‘zbek adabiy tilining asosiy bazalari bo‘lgan qipchoq lahjalarini ham,o‘g‘uz lahjalarini ham, o‘rta (o‘zbek qorluq-chigil-uyg'ur) lahjalarini ham tovush tizimlarini to‘liq aks ettirishga imkon bergan.
Do'stlaringiz bilan baham: |