DARSNING BLOK-SXEMASI
-
№
|
DARSNING BOSQICHLARI
|
VAQT
|
1.
|
Tashkiliy qism
|
5
|
2.
|
0’tilgan mavzuni so’rash
|
10
|
3.
|
Yangi mavzu bayoni
|
10
|
4.
|
Yangi mavzuni mustahkamlash. Darslik ustida ishlash
|
10
|
5.
|
Dam olish daqiqasi
|
2
|
6.
|
“Kim topag’on” o’yini, “Baliq skeleti” metodi , “So’z tuz” o’yini
|
4
|
7.
|
Dars yakuni
|
2
|
8.
|
Uyga topshiriqlar
|
2
|
Darsning borishi:
Tashkiliy qism.
O'quvchilarning darsga tayyorgarligini kuzatish.
1. Diqqatni jamlash mashqini bajarish. Buning uchun o‘qituvchi 2 satrli she’r aytaman:
Tinchlikni biz saqlaymiz, (1-qatori o'qituvchi aytadi)
Bilim olishni xohlaymiz. (2-qatorni o’quvchilar aytadilar)
O‘quvchilarga yaxshi kayfiyat tilash va darsning “Do’stona kelishuv” qoidalarini eslatib o‘tish.
III. Yangi mavzu bayoni.
Unli tovushlarni talaffuz qilganimizda havo og‘izdan erkin o‘tadi: [a], [e], [i], [o], [u], [o‘].
Unli tovushlar ovozdan tashkil topadi. Unli tovush bo‘g‘in hosil qiladi.
23- mashq. So‘zlarni o‘qing. Unli va undosh bilan boshlanuvchi so‘zlarni aniqlang. Ularni ikki ustunga ajratib yozing.
Osmon, baxt, vergul, anor, o‘rmon, qishloq, cho‘yan, oltin, shabada, ulug‘, e’lon, fabrika.
Daftarga yozdiraman.
Undosh tovushlarni talaffuz qilganimizda havo to‘siqqa uchraydi: [b], [m], [l].
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
24- mashq,, Topishmoqni o‘qing, javobini ayting
Marjon-marjon yumaloq,
Yaproqlari shapaloq.
Qora, qizil, sariq, oq,
Yeb ko‘rmasdan o‘ylab boq.
Ko‘chiring. Har bir so‘zda nechta bo‘g‘in borligini sanab ko‘ring. So‘zda nechta bo‘g‘in borligini qanday bilish mumkin?
O’quvchi javobi: So’zda nechta unli bo’lsa shuncha bo’g’in bo’ladi.
Dam olish daqiqasi
Yozib charchar qo ‘limiz,
O ‘qib tolar ko ‘zimiz.
Boshimiz qo ‘yib asta,
Dam olamiz ohista.
«Baliq skeleti» metodi.
Bu metod orqali o‘quvchilarning unli va undosh tovushlarni qanday o‘zlashtirganliklari, undosh va unli harflarni farqlashlari mustahkamlanadi. Har bir o‘quvchiga baliq skeleti chizilgan A4 qog‘ozi tarqatiladi. 0‘qituvchi baliqning pastki qismiga o‘zbek alifbosidagi barcha harflarni beshtadan yozishlari, yuqori qismiga harflar ichidan faqat unli harflarni topib yozish topshirig’i beriladi. Baliqning dumiga esa xulosa, ya’ni nechta unli tovush-harf borligi yoziladi. O’quvchilar javobi tekshirilib, umumlashtiriladi.
V. Uyga vazifa: 25- mashq
Berilgan harflardan so‘zlar hosil qiling va yozing Har bir so‘zdagi unli va undosh tovushlarni aniqlang.
D, I, B, M, O, L, N
Masalan: limon, olma, don, in, nom…
VI. Dars yakuni.
Musobaqa g’olib bo’lgan guruh rag’batlantiriladi. “Bugungi darsning eng faol o‘quvchisi”, “Bugungi darsning eng tirishqoq o’quvchisi”, “Bugungi darsning eng intiluvchan o‘quvchisi” nominatsiyalari g’olibi aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |