8- mavzu O’zgarmas tok mashinalarining umumi masalalari Reja: 1.O’zgarmas tok mashinalari maxsus turlari. 2.Elektr mashinalarining qizishi va ularni sovitish. 3.Ijrochi o’zgarmas tok mashinalari 4.O’zgarmas tok mashinalarini sovutish
O’zgarmas tok mashinalari maxsus turlari. Maxsus maqsadli O’T mashinasining unipolyar (qutblari bir nomli) va magnitogidrodinamik turlari ham mavjud bo’lib, ular tor sohalar uchun mo’l-jallanishini ta’kidlash bilan chegaralanib mazkur bobda maxsus maqsadli o’zgarmas tok mashinalarining amalda keng qo’llaniladigan hamda istiqbolli turlariga oid ma’lumotlar keltirilgan.
O’zgarmas tok taxogeneratorlari.O’T taxogeneratorlari konstruksiyasi va ishlash prinsipi bo’yicha mustaqil elektromagnit qo’zg’atishli yoki qo’zg’atish maydoni doimiy magnit bilan hosil qilinadigan kam quvvatli kollektorli O’T mashinalaridir. Ular chiqish klemmalaridagi kuchlanish kattaligiga qarab aylanish chastotasini o’lchash uchun hamda avtomatik nazorat qilish va rostlash sxema-larida valning aylanish chastotasiga mutanosib bo’lgan elektr signallari olish uchun xizmat qiladi.
Qo’zg’atish toki o’zgarmas, ya’ni magnit oqim F = const bo’lganda taxogeneratorning chiqish klemmalaridagi EYuK Yechiq aylanish chastotasi n ga to’g’ri mutanosib ravishda o’zgaradi:
Yechiq = SEF∙n.
Bu formula magnit oqimi F = const bo’lgan doimiy magnitlar bilan qo’zg’atiladigan taxogeneratorlar uchun ham to’g’ri keladi. Uning chiqish kuchla-nishi U = Ea− IaRa = Ea – U (Ra / Ryu), bu yerda Ryu– yuklama (elektr o’lchash asbobi)ning qarshiligi.
Birorta mexanizmning aylanish chastotasini o’lchash uchun taxogeneratorning valini mexanizm vali bilan mexanik ravishda birlashtiriladi. Taxogeneratorning chiqish tavsifsi F = const va Ra= const bo’lganda oli-nadi va ishining aniqlik darajasi mazkur tavsifning to’g’ri chiziqli o’zgarishiga bog’liq bo’ladi, lekin amalda chiqish tavsifsi – Uchiq= =(n) yakor reksiyasi va cho’tkalar kontaktida kuchlanish tushishi tufayli to’g’-ri chiziqli bo’lmaydi, undan tashqari cho’tka kontaktidagi kuchlanish tushishi sababli u koordinata o’qlari boshidan chiqmay, nmin aylanish chastotadan keyingina Uchiq 0 bo’ladi.
Qarshiligi katta bo’lgan o’lchov asboblarini ishlatish bilan chiqish xa-rakteristikasining o’zgarishini to’g’ri chiziqliga yaqinlashtirib taxogenera-torning aniqlik darajasi oshiriladi. Yakor reaksiyasining ta’sirini ka-maytirish maqsadida mashinaning magnit zanjirini to’yinmagan yoki nihoyatda to’yingan qilib loyihalanadi.
Zamonaviy O’T taxogeneratorlari chiqish tavsiflari tikligi S = 3100 mV/(ayl/min) bo’ladi (kam qiymatlar doimiy magnit bilan qo’zg’atiladigan taxogeneratorlarga xosdir).
Aylanish chastota n = 0 dan nmin gacha oshganda Uchiq= 0 bo’lgan oraliqni nosezgirlik zona deyiladi va chegarasi quyidagicha aniqlanadi:
nmin = Uchiq/ (SEF).
Asosiy magnit maydoni doimiy magnit bilan hosil qilinadigan o’z-garmas tok taxogeneratorlari mustaqil O’T manbasi talab qilinmaganligi, konstruksiyasining oddiyligi va gabaritlarining kichikligi tufayli ular
amalda keng qo’llanilmoqda.