Qonunda nazarda tutilgan tartibda tuzilgan hamda muayyan yuridik oqibatlarni yuzaga keltiruvchi turli xil boshqa hujjatlar ham dalolatnoma hisoblanadi. Ular muassasa yoki ayrim shaxslar faoliyati bilan bogʻliq biron-bir boʻlib oʻtgan (sodir boʻlgan) voqea, hodisa, ish-harakatni yoki mavjud holatni tasdiqlash, unga guvohlik berish maqsadida bir necha kishi tomonidan tuziladi. Bunday dalolatnomalar deyarli barcha hollarda pul mablagʻlari va moddiy boyliklarga bogʻliq boʻladi, binobarin ular koʻproq tadbirkorlik, moliya-xoʻjalik faoliyatida, hisob-kitob, oldi-sotdi va savdo sohalarida keng qoʻllanadi.
QONUNIY DALOLATNOMA(AKT)LAR
Do'stlaringiz bilan baham: |