Boshqarishning asosiy funktsiyalari
№
|
Asosiy funktsiyalar
|
Funktsiyalarniig mazmuni va oʻrni
|
1.
|
Rejalash-tirish
|
Boshqarishning asosiy va dastlabki funktsiyasidir. Har qanday boshqarish reja tuzishdan boshlanadi.
Bu rejada:
boshqaruv maqsadlari va vazifalari, ularni amalga oshirish muddatlari belgilanadi;
vazifalarni amalga oshirish usullari ishlab chiqiladi;
xalq xoʻjaligi boʻgʻinlarining oʻzaro aloqalari oʻrnatiladi.
Rejalashtirishning umumiylik xususiyati shyndaki, bunda hap bir boshqaruv xodimi oʻzining shaxsiy ishini rejalashtiradi, oʻz ish joyidagi faoliyati koʻrsatkichlarini ishlab chiqadi, rejalarni qanday bajarayotganini nazorat qilishni uyushtiradi.
|
2.
|
Tashkil qilish
|
Bu funktsiya boshqaruv obʻekti doirasida barcha boshqariluvchi va boshqaruvchi jarayonlarning uyushqoqligini taʻminlaydi.
Shu nyqtai nazardan, tashkil qilish ichki va tashqi shart-sharoitlarning oʻzgarib turishiga qarab, amaldagi tizim tarkibini takomillashtirish yoki yangisini tuzish demakdir.
Bu funktsiya joriy va strategik rejalarning ijrosini taʻminlash boʻyicha birinchi qadamdir.
|
3.
|
Muvofiq-lashtirish va tartibga solish
|
Rejalashtirish boshqarishning strategiyasi hisoblansa, muvofiqlashtirish boshqarishning taktik masalalarini hal qiladi.
Bu funktsiyaning asosiy vazifasi oqilona aloqalar oʻrnatish yoʻli bilan boshqariladigan tizimning turli qismlari oʻrtasida kelishib ish olib 6orishni taʻminlashdir.
Muvofiqlashtirish mablagʻlarni tejash maqsadida boshqaruvdagi parallelizm va bir-birini takrorlashni bartaraf qilish imkonini beradi. Bundan tashqari, u turli tarmoqlar oʻrtasida resurslarni taqsimlash yoʻli bilan nisbat va mutanosiblikni, ishlab chiqarish bilan isteʻmol oʻrtasidagi munosabatni oʻrnatadi.
Tartibga solish muvofiqlashtirishning davomi boʻlib, u sodir boʻlib turadigan ogʻishlarni bartaraf qilish yoʻli bilan ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirishni maqsad qilib qoʻyadi. Uning yordami bilan vujudga kelishi ehtimol tutilgan ogʻishlarning oldi olinadi.
|
4.
|
Nazorat
|
Bu funktsiyaning maqsadi “tutib olish”, “aybini ochish”, “ilintirish” emas, balki boshqaruv obʻektida sodir bulayotgan jarayonlarni hisobga olish, tekshirish, tahlil qilish va maʻlum tartibda shu obʻekt faoliyatini oʻz vaqtida sozlab turishdir. Nazorat oʻrnatilgan meʻyoriy hujjatlardan, rejalardan ogʻishlarni, ularning joyi, vaqti, sababi va xususiyatlarini aniqlash imkonini beradi.
Taʻsirchan nazoratni tashkil qilish har bir rahbarning funktsional ishidir. Muntazam nazorat yoʻq joyda yuqori pirovard natijalarga erishib bulmaydi.
|
Boshqarish faoliyatining turlariga koʻra, funktsiyalar quyidagicha boʻladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |