Maydoni mln. km2
|
Quruqlikka nisbatan, %
|
1
|
Muzliklar bilan qoplangan yerlar
|
16,3
|
11,0
|
2
|
Tundra va baland tog‘lardagi sahrolar
|
5,0
|
3,3
|
3
|
Tuproq va tundra o‘rmonlari bilan qoplangan yerlar
|
7,0
|
4,7
|
4
|
Botqoqliklar, ko‘l, daryolar va suv omborlari bilan band yerlar
|
7,2
|
4,8
|
5
|
Issiq (arid) xududlardagi sahrolar, qoyalar va sohillardagi qumliklarr kumliklar
|
18,2
|
12,2
|
6
|
O‘rmonlar bilan qoplangan yerlar.
|
40,3
|
27,0
|
7
|
Tabiiy utloqlar va bo‘tazorlar bilan qoplangan yerlar
|
28,5
|
19,0
|
8
|
Dehqonchilik bilan band yerlar
|
19,0
|
13,0
|
9
|
Aholi yashash joylari va sanoat binolari bilan band bo‘lgan yerlar
|
3,0
|
2,0
|
10
|
Eroziya, sho‘rlanish, botqoqlanish va boshqa omillar tufayli vujudga kelgan tashlandiq yerlar
|
4,5
|
3,0
|
Hammasi:
|
149,0
|
100,0
|
Quruqlikning tabiiy-tarixiy jarayonlarda o‘zgargan yuza, g‘ovak, unumdor qatlami tuproq deyiladi. Tuproq to‘g‘risidagi fanning asoschisi akademik Dokuchaev V.V. fikri bo‘yicha tuproq - bu mustaqil tabiiy-tarixiy jismdir va u borligicha o‘rganilishi kerak. Tuproq qo‘yidagi tuproq hosil qiluvchi agentlarning o‘zaro faoliyatlari yig‘indisi funksiyasidir: joyni iqlimi, uning o‘simliklari va tirik organizmlari, yer tuzilishi va uni yoshi, mutloq (absolyut) balandligi va tuproq hosil qiluvchi ona tog‘ jinslari.
Tuproq hosil bo‘lishi o‘ta murrkab va uzoq davom etadigan jarayon hisoblanadi. O‘rta hisobda 1,5-2 sm qalinlikdagi tuproq qatlamining hosil bo‘lishi uchun 100 yil vaqt zarur bo‘ladi. Tuproqlarning o‘rtacha qalinligi 18-20 sm ni tashkil etadi. Ba’zi xududlarda bir necha millimetrlardan 1,45-2,0 metrgacha yetishi ham mumkin.
Tuproq turlari kutblardan ekvatorga hamda tekisliklardan tog‘larga qarab iqlim o‘zgarishi bilan qonuniy ravishda o‘zgarib boradi. Mo‘tadil mintaqaning yillik yog‘ingarchiligi 500-600mm bo‘lgan o‘rmon cho‘llarida chirindi (gumus) ga boy (10%gacha) eng unumdor, qo‘ng‘ir, qora tuproqlar tarqlgan. Markaziy Osiyoning dasht va yarim dashtlarida o‘simliklarning tabiiy sharoitda rivojlanishi uchun namlik yetishmaganligi sababli, kam (1-2%) gumusli kul rang, bo‘z tuproqlar tarqalgan. Geologik zamin , relef va iqlimning o‘zgarishiga qarab, har yerning o‘ziga xos tuproqlari, o‘simlik turlari va hayvonot dunysi rivojlanadi.
Respublikamiz agrar mamlakat hisoblanib, aholining 60%dan ko‘prog‘i qishloq joylarida yashab, qishloq ho‘jaligi bilan shug‘ullanadi. Yalpi ijtimoiy mahsulotning 3/4 qismi ham shu sohada yaratiladi. Respublikamizning umumiy maydoni 44,7 mln gektar bo‘lib shundan 31 mln gektaridan agrar sohada foydalaniladi. Ammo, ularning asosiy kismi (26.5 mln gektar) cho‘l-sahro(arid) mintaqalarda joylashgan, unumdorligi past, suv bilan kam ta’minlangan, intensiv dehqonchilik uchun noqulay yerlardan iborat. Shuning uchun ulardan hozirda asosan maxalliy yaylov sifatida foydalaniladi, holos. 13,7 mln gektar maydon esa baland tog‘liklar, suvliklar bilan band bo‘lgan va boshqa shu kabi dehqonchilik uchun yaroqsiz yerlar hisoblanadi.
Qishloq ho‘jaligida foydalanilayotgan yerlarning atigi 4,5 mln gektari haydalma yerlar bo‘lib, shundan 4,2 mln gektari sug‘oriladigan yerlar hisoblanadi va mana shu maydonda yalpi qishloq xo‘jalik mahsulotlarining 97%i yetishtiriladi.
Tuproqning asosiy hususiyati – uning unumdorligi. Tuproq unumdorligi deb tuproqning o‘simlik va organizmlarning optimal yashash sharoitlari (ozuqa elementlari, suv, ildizlarini havo va issiqlik) bilan ta’minlay olish hususiyatiga aytiladi. Tuproq unumdorligi qisman tarkibidagi gumus, ya’ni chirindi mikdori bilan ta’minlanadi. Gumus tuproq hosil bo‘lishi jarayonida o‘simlik va boshqa organizmlarning qoldiqlarini murakkab qayta o‘zgarishi oqibatida hosil bo‘ladi. U tuproqning turli tashqi fizik, kimyoviy va biologik ta’sirlarga bulgan barqarorligi(chidamligi)ni ta’minlaydi.
Tabiiy jarayonlarda va inson hayotida tuproqlarning o‘rni beqiyosdir
Jadval 1
Tuproqning asosiy ekologik funksiyalari
Do'stlaringiz bilan baham: |