8- ma’ruza: Bronza davri va uning o‘rganilishi



Download 36,87 Kb.
bet3/8
Sana04.02.2022
Hajmi36,87 Kb.
#428417
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
9-Ma\'ruza AA

Zamonbobo madaniyati Zarafshon daryosining quyi havzasida topilgan motiga dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullangan qabilalarning yodgorligi hisoblanadi. U yerda 1950–1960 yillarda Ya.G‘.G‘ulomov boshliq Mohondaryo otryadi tadqiqot ishlarini olib bordi. Ular quyi Zarafshon xududidan ikki xil madaniyat izlarini topishdi. Biri Zamonbobo madaniyati bo‘lsa, ikkinchisi Andronova madaniyati izlari hisoblanadi.
Zamonbobo madaniyati mahalliy tub aholining janubdagi o‘troq dehqon jamoalari ta’sirida shakllangan bronza davri madaniyati bo‘lib, uning xo‘jalik asosini xonaki chorvachilik va motiga dehqonchiligi tashkil etgan. Andronova madaniyati tipi esa Amudaryo deltasida tashkil topgan Tozabog‘yob madaniyati ta’sirida shakllangan.
Zamonbobo madaniyatiga tegishli birinchi yodgorlik –qabristonni 1950 yilda Ya.G‘.G‘ulomov topdi. U Buxoro viloyati Qorako‘l tumanining cho‘l zonasida joylashgan Zamonbobo ko‘li yoqasida edi. Qabristonda 1951–1952 yillarda qazishma ishlari olib borilib, bronza davriga oid 40ga yaqin qabr ochildi. 1960 yildan qabristonda A.Asqarov tadqiqot ishi olib borib yana 6 ta mozorni ochdi.
Mozorlar tuzilishi jihatidan katakomba (laxat) shaklida bo‘lib, ko‘p xollarda usti shamol ta’sirida ochilib qolgan. Zamonbobo qabristonidan yaproqsimon shaklda ishlangan tosh paykonlar, osti yassi va tuxumsimon bo‘lgan sopol idishlar, bronzadan ishlangan sopol kurakchalar, halqasimon bilakuzuklar, qimmatbaho toshlardan yasalgan juda ko‘p munchoqlar, jez oyna, igna, bigiz, terrakota haykalchalar, boshqa madaniyatlarga oid sopol buyumlari va boshqa narsalar topilgan.
1961 yili A.Asqarov Zamonbobo qabristonidan uncha uzoq bo‘lmagan joydan, Zarafshonning qadimgi o‘zani Gurdush–Gujayli sohilidan shu madaniyatga tegishli qishloq topdi. U yerda olib borilgan arxeologik tadqiqotlar natijasida zamonboboliklarning xo‘jaligi va turmushiga doir yangi materiallar to‘plandi. U yerdan yerto‘la tipidagi kulba xarobasi, bir nechta yengil chayla o‘rni, ikki yarusli xumdon xarobasi va ko‘tarma devor qoldiqlari topib o‘rganildi. Yerto‘la maydoni 200 kv.mga yaqin bo‘lib, uning maydonida qator o‘choqlar, kulba karkasining ustun chuqurchalari saqlangan.

Download 36,87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish