Amaliyotchi talaba: ______________ Rajabova Nilufar
Sinf rahbari: ___________ Sa’dullayeva Dilnoza
Termiz shahar 16-sonli Informatika va axborot texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan tayanch maktabida 7,,B’’sinf o’quvchisi Sodiqova Niginaga pedagogik-psixologik
T A V S I F N O M A
Sodiqova Niginaga 2008-yil Termiz shahrida tug’ilgan. Millati o’zbek. Ayni paytda Termiz tumani Navro'z mahallasida istiqomat qiladi. Oilada uchinchi farzand. Tabiatan chiroyli, sho’x, hamma narsaga qiziquvchan, ma’suliyatli beg’ubor qiz. Maktabga 2010-yilda birinchi sinfga qabul qilingan. Sinfda eng a’lochi o’quchilardan biri. Barcha fanlarni yaxshi o’zlashtiradi. Berilgan savollarga juda tez javob beradi. Zehni judayam o’tkir boshqa o’quvchilardan ziyrakligi bilan ajralib turadi. Yozuvi juda chiroyli, o’zini tutishi, kiyinish madaniyati qoidalariga doim rioya qiladi. Jamoa bilan o’tkaziladigan o’yinlar tadbirlarda faol ishtirok etadi. Shuning uchun sinfdagi barcha bolalar bilan juda ahil. Shaxsga xos psixik xususiyatlari (aql, idrok, xotira, tafakkur, hayol)ga ega. Tengdoshlari bilan normal rivojlanishda. diqqati, kuch ko’lami keng, irodasi kuchli. Bir ishni boshlasa albatta oxiriga yetkazmasdan qo’ymaydi. U sportning basketbol turiga qiziqadi va qatnashadi.
Oilaviy muhitiga ko’ra tarbiyasi, kiyinishi, o’qishi qattiq nazorat qilinadi. Ota-onasi ajrashgan. Qiziga ona vaqt ajratadi ular judayam e’tiborli. Mahallasida ham boshqa tengdoshlaridan ajralib turadi. Aniq fanlarga qiziqish va qobiliyati juda kuchli. Kelajakda o’qituvchi bo’lmoqchi. Kelajakda undan tajribali o’qituvchi chiqishiga ishonaman.
Amaliyotchi talaba: ______________Rajabova Nilufar
Sinf rahbari: ___________Sa’dullayeva Dilnoza
Sho’rchi tumabidagi 68-Aqli zaif bolalarni o’qitishga ixtisoslashtirilgan maktab 4 ,,A’’sinf o’quvchisi Chorshanbiyeva Dilnoza pedagogik-psixologik
T A V S I F N O M A
Sayilov Bobur 2010-yil 19-sentabr kuni Oltinsoy tumani Yoshlik mahallasida tug’ilgan. Millati o’zbek. Oilada birinchi farzand. Tabiatan og’ir o’quvchilardan biri. Maktabga 2017-yilda 1-sinfga qabul qilingan. Sinfda o`rtacha bahoga o’qiydigan o’quvchi. Barcha fanlarni yaxshi o’zlashtirolmaydiyu lekin o’zi yoqtirgan fanni yaxshi biladi. Berilgan savollarga juda tez javob berolmaydi lekin yozuvi chiroyli. Zehni judayam o’tkir-u lekin nutqi ravon emas. O’zini tutishi, kiyinish madaniyati qoidalariga doim rioya qiladi. Jamoa bilan o’tkaziladigan o’yinlar tadbirlarda faol ishtirok etmaydi. Darsni ko’p qoldiradi, sinfdagi o’quvchilar bilan erkin muloqot qilolmaydi. Tengdoshlari bilan normal rivojlanishdan orqada.
Do'stlaringiz bilan baham: |