Byudjet (smeta) — bu ma’lum davrga qadar tayyorlangan va qabul qilingan, odatda erishish lozim bo’lgan daromadning yoki shu davr ichida qilinishi lozim bo’lgan sarf-xarajatlarning hamda ushbu maqsadga erishish uchun jalb etish zarur bo’lgan kapitalning rejalashtirilgan miqdorini pul bilan ifodalangan miqdoriy rejasidir.
Byudjet (smeta) — bu ma’lum davrga qadar tayyorlangan va qabul qilingan, odatda erishish lozim bo’lgan daromadning yoki shu davr ichida qilinishi lozim bo’lgan sarf-xarajatlarning hamda ushbu maqsadga erishish uchun jalb etish zarur bo’lgan kapitalning rejalashtirilgan miqdorini pul bilan ifodalangan miqdoriy rejasidir.
Tafsillashtirilgan byudjetlar ko’pincha kelgusi cheklangan davrga, odatda uzog’i bilan bir yilga tuzilib, ancha qisqa davrlarga: uch oy, bir oy yoki to’rt xaftalik davrlarga bo’linadi. Qisqa boshqaruvni nazorat qilish maqsadida qisqa muddatli davrga reja tuziladi. Nazorat davri oxirida joriy faoliyatni tahlil qilish va baholash uchun haqiqiy ma’lumotlar byudjetdagi ma’lumotlarga solishtiriladi. Shu munosabat bilan turli oylardagi kunlar sonidagi tafovut bo’lmasligi uchun bir oylik davrni emas, balki to’rt haftalik davrni qiyoslash afzaldir. Kunlar miqdoridagi farq qiyoslash chog’ida ma’lum qiyinchiliklarga olib kelishi mumkin.
Moliyaviy byudjet.Moliyaviy byudjet — bu moliyaviy mablag’larning faraz qilingan manbalari va kelgusi davrda ulardan foydalanish yo’nalishlari aks etadigan rejadir. Moliyaviy byudjetga kapital xarajatlar byudjeti , kompaniyaning pul mablag’lari byudjeti, ularga asoslanib tayyorlangan foyda va zararlar to’g’risida byudjet hisoboti, buxgalteriya byudjet balansi va pul mablag’larining harakati to’g’risidagi hisobot kiradi. Umuman kompaniya uchun moliyaviy ahvolning farazini yoki buxgalteriya balansi loyihasini ishlab chiqish umumiy byudjetni tayyorlash jarayonidagi so’nggi qadamdir. Unda rejalashtirilgan faoliyat haqiqatda amalga oshishi nazarda tutiladi. Pul mablag’lari byudjeti tayyorlangandan so’ng byudjet davri oxirida pul mablag’larining prognoz qoldig’ini bilib va sof foyda hamda zarur kapital yotqizish hajmini aniqlab, buxgalter prognoz balansini tayyorlash mumkin bo’ladi, bu balans asosiy byudjetni tuzish jarayonining qoldiq mahsulidir.
Moliyaviy byudjet. Moliyaviy byudjet — bu moliyaviy mablag’larning faraz qilingan manbalari va kelgusi davrda ulardan foydalanish yo’nalishlari aks etadigan rejadir. Moliyaviy byudjetga kapital xarajatlar byudjeti , kompaniyaning pul mablag’lari byudjeti, ularga asoslanib tayyorlangan foyda va zararlar to’g’risida byudjet hisoboti, buxgalteriya byudjet balansi va pul mablag’larining harakati to’g’risidagi hisobot kiradi. Umuman kompaniya uchun moliyaviy ahvolning farazini yoki buxgalteriya balansi loyihasini ishlab chiqish umumiy byudjetni tayyorlash jarayonidagi so’nggi qadamdir. Unda rejalashtirilgan faoliyat haqiqatda amalga oshishi nazarda tutiladi. Pul mablag’lari byudjeti tayyorlangandan so’ng byudjet davri oxirida pul mablag’larining prognoz qoldig’ini bilib va sof foyda hamda zarur kapital yotqizish hajmini aniqlab, buxgalter prognoz balansini tayyorlash mumkin bo’ladi, bu balans asosiy byudjetni tuzish jarayonining qoldiq mahsulidir.
Rahbariyat ayni shu nuqtada taklif etilgan umumiy byudjetni qabul qilish yoki rejalarni o’zgartirib, byudjetning ayrim qismlarini yana ko’rib chiqishni hal qiladi.