7-amaliy mashg’ulot savollari



Download 68,5 Kb.
Sana13.07.2022
Hajmi68,5 Kb.
#793142

7-amaliy mashg’ulot savollari

1. Kadrlarni kasbiy tayyorlash


2. Ta’lim sifati va ularning raqobatbardoshlig

1. Pedagog kadrlarni tayyorlash, xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Pedagog kadrlarni tayyorlash, xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 26-sentabrdagi PQ-3289-son, “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 30-sentabrdagi PQ-3305-son qarorlari ijrosini ta’minlash hamda maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari pedagog xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish samaradorligini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:


1. Quyidagilar:
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazining tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq; oliy ta’lim muassasalari huzuridagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazlarining (keyingi o‘rinlarda hududiy markaz deb ataladi) namunaviy tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq; Maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim muassasalarining pedagog xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq; Maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari pedagog xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari dasturi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi tarkibida Maktabgacha, umumiy o‘rta hamda maktabdan tashqari ta’lim muassasalari pedagog xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish jarayonlarini takomillashtirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash (keyingi o‘rinlarda Muvofiqlashtiruvchi kengash deb ataladi) tashkil qilinsin va quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilansin:
maktabgacha, umumiy o‘rta hamda maktabdan tashqari ta’lim muassasalari pedagog xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarining o‘quv-metodik bazasini shakllantirishni muvofiqlashtirish va tashkiliy-metodik rahbarlikni amalga oshirish;
o‘quv jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etishni hisobga olgan holda qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarining o‘quv rejalari va dasturlarini tizimli ravishda takomillashtirishni ta’minlash;
maktabgacha, umumiy o‘rta hamda maktabdan tashqari ta’lim muassasalari pedagog xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish jarayonlarining ilmiy muammolariga yo‘naltirilgan fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy izlanishlar olib borilishini muvofiqlashtirish;
hududiy markazlarda dars beradigan professor-o‘qituvchilar tarkibining kasbiy tayyorgarligini uzluksiz rivojlantirib borish, o‘quv jarayoniga xorijiy mutaxassislar, olimlar va o‘qituvchilarni jalb etish ishlarini tashkil etish;
hududiy markazlar faoliyati natijadorligini muntazam o‘rganib borish va o‘rganish natijalari yuzasidan tegishli takliflar ishlab chiqish;
qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha hududiy markazlar rahbarlarining hisobotlari muhokamasini tashkil etish, muhokama natijalari yuzasidan hududiy markazlar rahbarlari faoliyatiga baho berish.
3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Xalq ta’limi vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Muvofiqlashtiruvchi kengash tarkibi va u to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlasin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan hamkorlikda bir oy muddatda hududiy markaz xodimlariga oliy ta’lim muassasalarining tegishli lavozimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash miqdorlari va shartlari tatbiq etilishini nazarda tutuvchi mehnatga haq to‘lash miqdorlari va shartlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
5. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, tasarrufida maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari davlat ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar va idoralar har yili 15-noyabrgacha maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarning egallab turgan lavozimiga qarab kurslardan o‘tishi bo‘yicha belgilangan davriylikni inobatga olgan holda keyingi kalendar yilda malaka oshirish kurslarida o‘qishga yuboriladigan tinglovchilar kontingentini shakllantiradi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga taqdim etadi.
6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bir oy muddatda hududiy markazlarning moddiy-texnika bazasini xatlovdan o‘tkazsin va xatlov natijalariga asosan hududiy markazlarning bino va inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash bo‘yicha asoslangan takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligiga taqdim qilsin.
Xatlov natijalariga ko‘ra, hududiy markazlarning bino va inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash ishlari uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalari buyurtmachi etib belgilansin.
2. O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida»gi qonunlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2017-yil 20-apreldagi PQ-2909-son qarori talablari asosida ta’lim sifatini ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda olib borilayotgan islohotlar talablariga muvofiq yuksak darajaga ko‘tarish, shuningdek uzluksiz ta’lim tizimida ta’lim sifatini nazorat qilishni yanada takomillashtirish, kadrlar tayyorlash sifati va o‘quv jarayoni samaradorligining xolisona baholanishini nazorat qilish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish maqsadida “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta’lim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-iyuldagi 515-sonli qarori qabul qilindi. Qarorning 14-bandida Respublikadagi barcha oliy ta’lim muassasalari tarkibida ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limlari tashkil etilishi nazarda tutilgan. Yuqoridagi qarordan kelib chiqib Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi” tashkil qilindi.Bo‘limning asosiy maqsadi ta’lim sifatini aniqlash, ta’lim sifatini oshirish mexanizmini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish, Universitetning milliy va xalqaro reytingini oshirish yo‘nalishida ishlarni muvofiqlashtirish va olib borish, universitetning va uning tuzilmalarida ta’lim sifatini oshirishning yo‘nalishlarini belgilab berishga qaratiladi. Universitetda ta’lim sifatini nazorat qilish boshqaruv tizimining ajralmas qismi hisoblanib, uning asosiy vazifasi ta’lim sifatini davlat ta’lim standartlari talablariga muvofiqligini ta’minlash va universitetdagi o‘quv jarayonlarining samaradorligini oshirish maqsadida nazoratni tashkil etish bo‘yicha maqsadli va kelishilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishdan iborat. Bo‘lim o‘zining faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari, Davlat inspeksiyasi boshlig‘i va Universitet rektorining buyruq va ko‘rsatmalariga amal qiladi. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida 2017-yil 2-avgust kuni o`tkazilgan "Umumta`lim maktablari va o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalari o`rtasida o`zaro integratsiyani ta`minlagan holda bosqichma-bosqich 11 yillik majburiy o`rta ta`limni joriy etish masalalari haqida”gi majlisda belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta`minlash va 2017-2018-o`quv yilidan boshlab o`rta ta`lim maktablari 10- sinflarida dars beradigan fan o`qituvchilarining kasbiy bilimlarini yangilash va chuqurlashtirishni tashkil etish, shuningdek metodist o`qituvchilar maktabini tashkil etish asosida uzluksiz malaka oshirish tizimini joriy etish yo`nalishlarida Xalq ta`limi vazirligi tomonidan keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, joriy yilning 11-12-avgust kunlari A.Avloniy nomidagi xalq ta`limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish Markaziy institutida 2017-2018-o`quv yilida o`rta ta`lim maktablarining 10-sinflarida dars beruvchi o`qituvchilar uchun o`tkaziladigan qisqa muddatli malaka oshirish kurslarining respublika bosqichi o`tkazilmoqda. O`quvlarda hududiy malaka oshirish institutlari rektorlari va kafedra mudirlari, hududiy xalq talimi boshqaruvi idoralari metodika markazlari rahbarlari, Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan tashrif buyurgan 380 dan ziyod ilg`or pedagogik tajribaga ega bo`lgan o`qituvchilar ishtirok etishmoqda. O`quv kursining ochilishiga bag`ishlangan tadbirda Xalq ta`limi vazirining birinchi o`rinbosari S.Turg`unov so`zga chiqib, Prezidentimiz tomonidan maktablarda 10-11-sinflarni joriy etish bo`yicha berilgan topshiriqlar ijrosi, mamlakatimizda ta`lim-tarbiya sohasini takomillashtirish masalasi davlat siyosati darajasiga ko`ratilgani, bu borada olib borilayotgan ishlar va kelgusida amalga oshirilishi lozim bo`lgan vazifalar haqida to`xtaldi. Tadbir davomida kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan davlat ta`lim standartlari (DTS) maqsadi, vazifalari, asosiy prinsiplari, tarkibiy qismlari, joriy etish va nazorat qilish tartibi, 10-sinflarda dars o`tishning zamonaviy usullariga oid ma`ruzalar tinglandi. Qisqa muddatli o`quv kurslari 12 ta (fanlar kesimida) sho``balar asosida o`tkazilib, unda yangi o`quv yilida fan o`qituvchilari uchun muhim sanalgan masalalar bo`yicha tushuncha va tavsiyalar berildi. Trenerlarning ushbu o`quvlardan olgan bilimlarini boyitgan holda o`z hududidagi o`rta ta`limning 10-sinflarida dars beruvchi har bir o`qituvchigacha yetkazishi yuqori saviyada yo`lga qo`yiladi. Hududlarda o`quv mashg`ulotlari interfaol, amaliy, trening shaklida tashkil etilib, o`qituvchilar sonidan kelib, fanlar kesimida tashkil etiladi. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev rahbarligida 2017-yil 2-avgust kuni o`tkazilgan majlisda berilgan ko`rsatmalar asosida vazirlik tomonidan xalq ta`limi tizimida rahbar va pedagog xodimlarning uzluksiz malakasinioshirish jarayonlarini tashkil etish mexanizmi ishlab chiqilgan. Mazkur mexanizm fanlar bo`yicha har bir tuman va shaharlarda metodist o`qituvchilar maktabi faoliyatini yo`lga qo`yish, ta`lim muassasalarida yoshlar bilan ishlash jarayonlarini takomillashtirishga qaratilgan. Mexanizmning maqsadi ilg`or pedagogik tajribaga ega bo`lgan ijodkor, tashabbuskor, fidoyi rahbar va pedagoglar tajribasini ommalashtirish, pedagogika sohasida olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari samaradorligini ta`minlash, mustaqil ta`lim, qisqa muddatli va sayyor malaka oshirish jarayonlarini tizimli tashkil etish asosida xalq ta`limi tizimi rahbar va pedagog xodimlari kasbiy kompetentligini rivojlantirish vazamonaviy ta`lim muassasalari safini kengaytirishdan iborat. Uzluksiz malakasini oshirish jarayonlarini tashkil etish mexanizmini joriy etish, metodist o`qituvchilar va murabbiylarning samarali faoliyatini yo`lga qo`yish maqsadida hududiy malaka oshirish institutlari rektorlari va kafedra mudirlari uchun o`quv seminari tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17 iyul kuni umumiy o‘rta ta’lim tizimini isloh qilish va rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar tarqatdi.Keyingi yillarda ta’lim sohasining barcha bosqichlarini zamonaviy talablar asosida tashkil etish bo‘yicha farmon va qarorlar qabul qilindi. Davlatimiz rahbarining 2017 yil 30 sentyabrdagi qaroriga muvofiq Xalq ta’limi vazirligining boshqaruv tizimi takomillashtirildi, asosiy vazifa va faoliyat yo‘nalishlari belgilab berildi. Yaqinda vazirlik rahbariyatida o‘zgarishlar amalga oshirilib, o‘quv-tarbiya jarayoniga ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, o‘qituvchilarning jamiyatdagi mavqeini yuksaltirish orqali ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha ko‘plab vazifalar qo‘yildi.
Yig‘ilishda ushbu ko‘rsatmalar asosida ishlab chiqilgan xalq ta’limi tizimini isloh qilishga qaratilgan chora-tadbirlar taqdimoti o‘tkazildi.
Prezident pedagoglarning oylik maoshini, jamiyatdagi mavqeini oshirish, ularni ijtimoiy va huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha topshiriqlar berdi.
Turli nazorat organlari tomonidan o‘qituvchilar faoliyatini tekshirishlarni cheklash, pedagoglarni obodonlashtirish, majlislarda qatnashish, obuna va shu kabi kasb faoliyatiga tegishli bo‘lmagan ishlarga jalb qilmaslik kerakligi ta’kidlandi. O‘qituvchilarning haq-huquqlarini himoyalash uchun maxsus huquqiy xizmat tashkil etish vazifasi qo‘yildi.
“Umumiy o‘rta ta’lim sifatini yangi bosqichga ko‘tarish kerak. Har bir sinfda bolalarning nimalarni bilishi zarurligidan kelib chiqib, davlat ta’lim standartlari va o‘quv rejalarini qayta ko‘rib chiqish lozim. Darsliklarni eng zamonaviy metodikalar asosida yaratish va chop etish, maktablarda texnologiya, muhandislik fanlari, matematika, san’at, chet tillari yo‘nalishlarini kuchaytirish, bu boradagi laboratoriyalarni qayta jihozlash talab etiladi. Maktabgacha ta’lim va oliy ta’lim tizimlari bilan uzviylikni ta’minlashga ham e’tibor berish kerak”, dedi Shavkat Mirziyoyev.
Umumta’lim maktablari direktorlari va o‘rinbosarlariga bo‘lgan talabni qayta ko‘rib chiqish, bu lavozimga haqiqiy boshqaruvchilik – menejerlik qobiliyatiga ega shaxslarni tayinlash, ma’naviy-ma’rifiy va o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari mas’uliyatini keskin oshirish kerakligi qayd etildi.
Xalq ta’limi tizimini moliyalashtirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi. 2019 yil uchun davlat byudjetini shakllantirishda mazkur sohaga moliyalashtirishni oshirish, shuningdek, yuqori malakali mutaxassislarni jalb qilish uchun Xalq ta’limi vazirligi qoshida alohida jamg‘arma tashkil etish maqsadga muvofiqligi ta’kidlandi.
Maktablarni qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlarini sifatli bajarish uchun xalq ta’limi tizimida maxsus injiniring kompaniyasi tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.
Shuningdek, ta’lim tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish, maktablarning byudjetdan tashqari topayotgan daromadlarini ularning ixtiyorida qoldirish, maktablarda ichki jamoaviy nazorat tizimini yo‘lga qo‘yish, namunaviy maktablarni ko‘paytirish maqsadida maktablar reytingini ishlab chiqish kabi masalalarga e’tibor qaratildi.
Download 68,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish