79-son umumiy o’rta ta’lim maktabining Biologiya fani o’qituvchisi Lutfullayev Axliddinning,,havaskor biolog” nomli



Download 432,46 Kb.
bet32/64
Sana18.02.2022
Hajmi432,46 Kb.
#452385
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   64
Bog'liq
Havaskor biolog konspekt

3. Yangi mashg’ulot bayoni:
Ovqatdan zaharlanish va birinchi yordam! Ko‘p hollarda ovqatdan zaharlanishga mahsulotlarni tayyorlash, saqlash va transportirovka qilishda ularning bakterial ifloslanishi sababchi hisoblanadi. Ularni salmonella, stafilokokk, ichak tayoqchasi va botulizm tayoqchasi keltirib chiqaradi. Bu haqda "Ovqatdan zaharlanish” deb nomlanuvchi maqolada batafsil aytib o‘tgandik. Quyidagi postimizda esa ushbu zaharlanishlarda birinchi yordamni qanday ko‘rsatish kerakligi haqida boradi. Zaharlanish asosan ko‘ngil aynishi, qusish, ich ketishi, oshqozon va ichak sohasidagi og‘riqlar bilan birga kechadi. Kasallik 2-5 kun davom etadi, keyin deyarli barcha holatlarda organizm o‘zini-o‘zi davolaydi. Ovqatdan zaharlangan kishiga orom olish, ko‘p miqdorda suyuqlik ichish va och qolish tavsiya etiladi. Ovqat iste’mol qilish odatda umumiy holatning yomonlashuviga olib keladi. Quyidagi zaharlanish holatlarida tibbiy yordamga murojaat etish zarur:
• agar bir hafta davomida zaharlanish o‘tib ketmasa; .
• agar zaharlangan kishining tana harorati 37,5 °C dan yuqori bo‘lsa;
• 1-2 kun davomida uy vositalari qo‘llanganidan keyin ham kuchli qusish va ich ketishi qayd etilsa;
• agar zaharlangan bola yoki keksa kishi bo‘lsa. Har qanday zaharlanishda tezkorlik bilan quyidagi choralarni ko‘rish:
• zaharlanganlik haqida davolovchi shifokorga ma’lum qilish;
• zaharlanish sababini aniqlash; • birinchi yordamni ko‘rsatish bo‘yicha choralarni ko‘rish;
• zaharlangan kishining organizmi suvsizlanib volishiga yo‘l qo‘ymaslik. Yaxshi sauna yoki hammom ter bilan birga organizmdagi toksinlarni ham chiqarib tashlaydi. Zaharlar bilan zaharlanganda xalq tabobati o‘simlik yog‘i solingan sut, qora choy, limonli suv, magneziya suspenziyasini ichish, piyoz iste’mol qilishni tavsiya etadi. Ovqatdan zaharlanishda turli vositalardan foydalaniladi. Aktivlashtirilgan ko‘mirni (barcha dorixonalarda sotiladi va juda arzon turadi) bir soat davomida har 15 daqiqada 3-5 g dan qabul qilish kerak (shuningdek, maxsus ishlovdan o‘tgan kukunsimon loy ham bor, uni ham adsorbent sifatida qo‘llash mumkin). Qushqo‘nmas (chertopolox) o‘simligi urug‘larining suti organizmga tushgan toksik moddalarni tezroq qayta ishlashda jigarga yordam beradi. Har 30 daqiqada 10-15 tomchidan qabul qilish lozim. Qushqo‘nmas o‘simligi urug‘larining ekstraktini ham tayyorlash va xuddi shu dozada qabul qilish mumkin. Shuningdek, zanjabil (imbir)ning konsentratsiyalangan tomchilari yoki ekstrakti, sarimsoq piyoz, qoqi o‘t ildizidan tayyorlangan damlama va qaynatmalar, bargizub (podorojnik) dan tayyorlangan choy ham yordam beradi. C vitamini — 2 soat davomida har bir soatda 1 g dan. Bundan tashqari, bir stakan iliq suvda aralashtirilgan 1 choy qoshiq xantal kukuni (gorchitsa) ham foydali. Aralashma birdan ichib yuboriladi va u deyarli darrov qusish vositasi sifatida ta’sir qiladi. Suvga aralashtirilgan kanakunjut moyi (kastorovoye maslo) ichilsa, zaharlanish xavfini kamayadi. Buning uchun 1-2 osh qoshiq kanakunjut moyi limon sharbati solingan stakanga solinadi va har 3-5 daqiqada bir qultumdan ichiladi. Astragal, eleuterokokk o‘simliklari, dengiz mikro-suvo‘tlari ham organizmni toksinlardan tozalashga yordam beradi. Har qanday zaharlanishda tabiblar yotmaslikni maslahat beradi, qancha ko‘p oyoqda u yoqdan bu yoqqa yurilsa, shunchalik yaxshi. Bitta zahar bilan zaharlangan 2-3 kishidan 90% holatlarda chiday olmasdan to‘shakka yotgan kishi nobud bo‘lar ekan. Oxirigi kuchini to‘plab, yurishga va hatto yugurishga harakat qilgan kishi esa, tirik qolar ekan, chunki yurilganda organizm o‘zini tozalan holda zaharni ter bilan birga chiqarib tashlarkan. Shuningdek, iliq vannalar, yeridan zaharlanish mahsulotlarini yuvib tashlash uchun dush qabul qilish ham foydali. Xitoy tabobatida o‘tkir ovqat zaharlanishlarida va reabilitatsiya davrida bir necha kurs massaj protsedurasini o‘tkazish tavsiya etiladi. Bunda: - bemor kushetkaga yuzini pastga qilib yotadi, uqalovchi kishi esa umurtqani va u bo‘ylab joylashgan tana a’zolarini massaj qiladi; - bemor yuqoriga qarab yotganida bosh barmoqning uchi bilan kindik ustidagi soha uqalanadi (3 daqiqa); - qoshlar o‘rtasida joylashgan maxsus nuqta bosh barmoq yordamida nuqta massaj qilinadi. Nuqta 30-40 marta bosiladi; - qoshning tashqi uchidan bitta barmoq kengligidagi masofada joylashgan nuqta massaj qilinadi. Baliqdan zaharlanish. Zaharlanishning klinik manzarasi baliq turi va zaharlanish sharoitlariga bog‘liq. Zaharlanishning ikkita asosiy shakli ajratiladi: vabosimon va paralitik. Vabosimon shaklida ko‘ngil aynishi, oshqozon va butun qorin sohasida og‘riq, qusish, ich ketishi, og‘izning qurib qolishi, chanqash, siydikning ushlanib qolishi, tomir tortishishikuzatiladi. Paralitik shaklda markaziy asab tizimining shikastlanish alomatlari birinchi o‘ringa chiqadi. Boshlang‘ich bosqichdako‘ngil aynishi, qusish, ich ketishi, og‘izning qurib qolishi, chanqash alomatlari kuzatiladi. Bu holatlar kuchayganida, teri qurib qoladi, harorat tushib ketadi, tomir tortishadi va u odatda qisman yoki to‘liq falajlik bilan yakunlanadi. Ovqatdan zaharlanishda birinchi yordamni ko‘rsatish uchun quyidagilar zarur:
• shifokor yetib kelgunga qadar oshqozonni iloji boricha tezroq ko‘p miqdordagi suv bilan yuvish lozim;
• ich suradigan dori berish kerak (masalan, 2 osh qoshiq kanakunjut moyi);
• 2 qoshiq kanakunjut moyi yoki moychechakning achchiq damlamasi yordamida chuqur klizma qilinadi;
• har yarim soatda issiq ichimlik, achchiq choy, qahva, issiq musallas beriladi; • iliq vannalar va umumiy isinish foydali bo‘ladi;
• tana sirka yoki aroqda namlangan movut mato bilan ishqalash kerak;
• «tez yordam» chaqiriladi. Go‘sht va go‘sht mahsulotlaridan zaharlanish. Bunday zaharlanish bosh aylanishi, ko‘krak chuqurchasidagi og‘riq, nafas olishning qiynalishi bilan xarakterlanadi. Ko‘z qorachiqlari kengayadi, yorug‘likni sezmaydi. Birinchi yordam:
• qusishni keltirib chiqarish kerak, buning uchun sovunli (kir sovunli) suv ichiriladi; shuningdek, qusishga yordam beradigan vosita sifatida tuzli suv yoki dengiz suvidan ham foydalanish mumkin;
• qusish iloji boricha ko‘p miqdorda bo‘lishi lozim, qusishdan keyin istalgan ich suruvchi vositani berish kerak;
• klizma qilinadi;
• tana jun mato bilan ishqalanadi, qoringa issiq suvli grelka qo‘yiladi;
• yurak faoliyati sustlashganida qahva, efir-valerianali tomchilar, do‘lana damlamasi, korvalol yoki valokordin beriladi;
• bemorning ustiga grelkalar qo‘yiladi, unga ko‘p miqdorda issiq ichimlik beriladi. Keyingi sutkalarda och yurish tavsiya etiladi. Keyin asta-sekin shilliq qaynatmalar, guruchli va zig‘ir urug‘lari solingan sho‘rva bera boshlanadi. Botulizm. Ushbu kasallikni ba’zi bir bakteriyalar kislorodsiz muhitda (konservalangan bankalarda, baliq bo‘laklarining ichida, vetchinada) ishlab chiqaradigan toksin keltirib chiqaradi. Botulizm toksini turg‘un emas, 15 daqiqa davomida qaynatilganida parchalanib ketadi, ammo barcha ma’lum toksinlar orasida eng kuchlilaridan biri hisoblanadi. Odam uchun o‘limga keltiradigan doza – 8-10 mkg. Botulizm toksini kishining barcha organlarini – markaziy asab tizimi, jigar, buyragini shikastlantiradi va shuning uchun juda xavfli hisoblanadi. Kasallikning ilk alomatlari zaharlangan mahsulotlarni iste’mol qilgandan so‘ng 2-3 soatdan keyin paydo bo‘ladi. Zaharlangan kishi ko‘ngil aynishi, qusish, qo‘shaloq ko‘rish (juda muhim diagnostik belgi), tanglay, til, halqum, yuz, nafas olish mushaklari falaj bo‘lib qolganligidan shikoyat qiladi. Botulizm borasida shubha paydo bo‘lishi bilan bemor darhol kaslxonaga yotqizilishi kerak. Birinchi yordamni ko‘rsatishda quyidagilar muhim:
• oshqozonni darhol va ko‘p marta yuvish;
• aktivlashtirilgan ko‘mirni har 15 daqiqada 3-5 g dan berish;
• tuzli ich suradigan vositani berish;
• ko‘p miqdorda suyuqlik ichirish;
• botulizmga qarshi zardobni kiritish. Zardob iloji boricha tezroq kiritilishi zarur. Danakli mevalar mag‘izidan zaharlanish. Olcha, o‘rik, olxo‘ri danaklari mag‘izida ichakda parchalanganda tsianid kislotasini hosil qiladi, u esa, o‘z navbatida, nafas olish jarayonini buzadi. Ayniqsa, achchiq bodom mag‘izi xavfli. Katta kishida 35-40 ta mag‘iz, bolada esa 10-15 ta mag‘iz qabul qilinganida og‘ir zaharlanish yuz berishi mumkin. Zaharlanishning ilk alomatlari iste’moldan keyin 3-4 soatdan so‘ng paydo bo‘ladi. Zaharlangan kishi zaiflik, bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishini his etadi. Og‘irroq holatlarda qusish, hushdan ketish, tomir tortishishi, nafas siqilishi, kollaps, shok holati paydo bo‘ladi. Birinchi yordam:
• oshqozonni ko‘p miqdordagi suv bilan yuvish;
• aktivlashtirilgan ko‘mir, tuxum oqi, sut va boshqa qoplab oluvchi vositalarni ichirish;
• chuqur klizmani amalga oshirish;
• zarurat tug‘ilganida, sun’iy nafas oldirish va yurakni bavosita massaj qilish;
• «tez yordam»ni chaqirish. Qo‘ziqorinlardan zaharlanish. Qo‘ziqorinlar yuqori oziqlantiruvchi va shifobaxsh xususiyatlarga ega. Ular qadim zamonlardan buyon odamlarning ozuqasi hisoblangan. Qo‘ziqorinlarni marinadlash, qovurish, qaynatib pishirish, tuzlash, quritib qo‘yish mumkin. Qo‘ziqorinlarning barchasi juda tez buziladi, shu bois ularni yig‘ilgan kuniyoq ovqatga ishlatish yoki marinadlash kerak.Qo‘ziqorinlarga qiziquvchi kishiga quyidagilarni tavsiya etamiz:
• shubhali ko‘ringan qo‘ziqorinlarni termang, ularning ta’mini tatib ko‘rmang;
• ularni tayyorlashdan oldin albatta hammasini birma-bir ko‘rib chiqing; barcha shubhali, qurt yegan va chirigan ko‘ziqorinlarni tashlab yuboring;
• qo‘ziqorinlarni yaxshisi ertalab, hali ulardan shudring ketmay turib tergan ma’qul; • plastinali qo‘ziqorinlarni kesib olar ekansiz, oyoqlarini qoldirmang, qo‘ziqorinni oyoqchasi bilan kesib oling; unda plyonkali gardish yo‘qligiga ishonch hosil qiling, bunday gardish faqat opyata, shampinonlar va olachipor soyabonli qo‘ziqorinlarda mavjud;
• shampinonlarni terar ekansiz, albatta plastinasining rangiga e’tibor qarating (ular pushtirang-oq yoki qo‘ng‘ir-jigarrang bo‘lishi kerak, ammo oq emas). Qo‘ziqorindan zaharlanishning ilk alomatlari uning naviga qarab turli vaqt oralig‘ida namoyon bo‘ladi. Qurbaqasalladan zaharlanganda buning belgilari odatda 5-7 soatdan keyin seziladi, muxomor bilan zaharlanganda alomatlar 20-30 daqiqadan so‘ng paydo bo‘ladi. Qo‘ziqorindan zaharlanganda asosiy belgilar: qorindagi og‘riqlar, ko‘ngil aynishi, qusish, ich ketishi, bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, tomirning sekin urishi, tomir tortishishlari. Birinchi yordam:
• bemorning oshqozonini tezda yuvish;
• istalgan usulda qusishni keltirib chiqarish (bemor ko‘p qusgan taqdirda ham, oshqozonni yuvish shart!);
• moychechak damlamasi qo‘shilgan klizmani qo‘yish (500 ml suvga bir osh qoshiq moychechak gullari);
• klizmadan keyin istalgan ich suruvchi vositani berish;
• bemorni isitish, achchiq qahva, choy ichirish, tanani movut mato bilan ishqalash, boshga sovuq kompress qo‘yish, qoringa grelka qo‘yish;
• «tez yordam»ni chaqirish. Qo‘ziqorindan zaharlanganda spirtli ichimliklarni ichish mumkin emas, chunki ular qo‘ziqorin zaharlarining tezkorlik bilan organizmga singishiga yordam beradi.

Download 432,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish