7398b1cc-0a47-4d0e-b58e-dd2544d80cac pdf


Odamlarni o’ziga moyil qilishga qanday erishish



Download 4,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet353/406
Sana10.07.2021
Hajmi4,38 Mb.
#114799
1   ...   349   350   351   352   353   354   355   356   ...   406
Bog'liq
Akademik yozuv majmua(1)

Odamlarni o’ziga moyil qilishga qanday erishish 
mumkin? 


344 
 
Inson  hulq-atvorida  eng  muhim  bo’lgan  bir  qonun  bor,  agar  biz  bu 
qonunga amal qilsak, hech qachon ko’ngilsiz holatlarga tushmaymiz. Chunki bu 
qonun  bizga  juda  ko’p  do’stlar  orttirishda  yordam  beradi.  Lekin  biz  uni  ozgina 
buzish bilan darrov ko’ngilsizlikka uchraymiz. Bu qoida quyidagichadir: odamlar 
bilan  shunday  muomalada  bo’lingki,  ular  bu  muomaladan  o’zlarining 
ahamiyatliroq  ekanliklarini  his  qilishsin.  Boshqalarning  ko’z  o’ngida  ahamiyatli 
bo’lish  xohishi  inson  tabiatining  eng  asosiy  belgilaridan  biridir.  Psixolog 
Jeymsning  fikricha,  inson  tabiatining  chuqur  printsiplaridan  bittasi,  boshqalar 
tomonidan tan olinishga bo’lgan xohishdir. Bu xohish bizni hayvonlardan ajratib 
turadi. Haqiqat shundaki, Siz bilan  har bir uchrashgan odam o’zini sizdan  ustun 
qo’yishga  harakat  qiladi  va  bunda  uning  yuragiga  yo’l  topishning  eng  to’g’ri 
usuli diplomatlarcha noziklik bilan uning ustunligini tan olishingizdir. Ammo bu 
ishni  shunday  amalga  oshiringkn,  u  sizning  samimiyligingizga  aslo 
shubhalanmasin.  Donishmandlar  ming  yillar  davomida  odamlar  o’rtasidagi 
munosabatlarning  qoidalari  haqida  fikr  yuritishgan.  Ana  shu  fikrlardan  bittasi 
hozirga  qadar  yashab  keladi.  Bu,  «boshqalar  Sizga  qanday  munosabatda 
bo’lishini  istasangiz,  Siz  ham  ularga  nisbatan  har  doim  shunday  munosabatda 
bo’ling», degan fikrdir. 
Siz  albatta,  hamma  sizning  qadringizga  etishini  va  g’ururingizni  to’g’ri 
tushunishini  istaysiz.  Qolaversa,  Siz  nosamimiy  maqtovga  nisbatan  o’zingiz 
haqingizda  bor  gapni  eshitishni  xohlaysizmi?  Do’stlaringiz  Sizni  chin  dildan 
hurmat  qilishini  va  hotamtoylik  bilan  maqtashlarini  istaysizmi?  Bilingki,  bu 
narsalarni  boshqalar  ham  istaydilar.  Shuning  uchun  yuqorida  aytilgan  oltin 
qoidaga og’ishmay amal  qilish  kerak  va boshqalardan  istagan  narsangizni aynan 
boshqalarga  ham  ravo  ko’rishingiz  lozim  bo’ladi.  Qanday  qilib?  Qachon? 
Qaerda?! Javob bitta! Har doim  va har erda. Bunga bir misol keltiramiz: axborot 
xizmati  radio  tarmog’i  xizmatchisidan  men  Genri  Suveyn  xonasining  tartib 
raqamini  aytib  berishni  iltimos  qilgandim.  U  o’zining  axborot  berish  imkonidan 
mag’rurlanib,  aniq  va  tushunarli  qilib:  «Genri Suveyn  (pauza)...  O’n  sakkizinchi 


345 
 
qavat  (pauza)...  1816  xona»,  —  deb  javob  berdi.  Men  liftga  yugurdim,  lekin 
to’xtab  orqaga  qaytdim  va:  «Men  chiroyli  javobingiz  uchun  o’z 
minnatdorchiligimnn bildirmoqchiman. Sizning javobingiz ravshan va aniq bo’ldi, 
Siz  artistlardek  gapirdingiz.  Bu  fazilat  har  kimda  ham  bo’lavermaydi»,  dedim. 
So’zlarimdan uning yuz-ko’zi porlab ketdi va nima uchun bunday pauza qilishini 
so’zlab  berdi.  Mening  bir  og’iz  gapim  uni  o’z  galstugini  to’g’rilab  qo’yishga 
majbur qildi. Men esa 18-qavatga ko’tarilar ekanman, bugun odamlarga ajratilgan 
kuvonchga,  baxtga  yana  ozgina  quvonch  va  baxt  qo’shganimni  his  qildim. 
O’zingizning  qandaydir  katta  amaldor  bo’lishingizni,  elchi  yoki  qaysidir 
qo’mitaning raisi bo’lib o’tirishingizni kutmang. Siz ana shu ajoyib qoidaga kim 
bo’lishingizdan qat’i nazar amal qila boshlang va Sizni o’rab turgan odamlarning 
qadriga  eting.  Masalan,  ofitsiantka  Siz  buyurgan  qovurilgan  kartoshka  o’rniga 
pyure  olib  keldi.  Siz  shunda:  «Tashvishga  qo’yganim  uchun  kechirgaysiz,  lekin 
menga  qovurilgan  kartoshka  ma’qulroq  edi»,  deb  murojaat qiling-chi.  U  albatta 
Sizga: «Hech  hijolat bo’lmang», 
— deydi-yu,zudlik bilan  va 
hech  bir
 
malomatsiz  ovqatingizni  almashtirib  beradi,  chunki  Siz  unga  hurmat 
ko’rsatdingiz.  «Tashvishga  qo’yganim  uchun  uzr»,  «marhamat»,  «agar  qarshi 
bo’lmasangiz»,  «tashakkur»...  kabi  ifodalar  deyarli  bir  xil  kechadigan  kundalik 
turmushimizni  bezaydi,  uni  go’zal  qiladi  va  bu  sizning  tarbiyalanganligingiz 
belgisi  bo’lib  hizmat  qiladi.  Shunday  qilib,  samimiy  va  chin  dildan  aytiladigan 
so’zning qiymati juda yuqoridir. 
Har  bir  odam  o’zining  qadr-kimmatini  ancha  yuqori  deb  biladi.  Chunonchi, 
har bir  millat ham xuddi shunday fikrlaydi. Siz o’zingizning qadr-qimmatingizni 
yaponlardan  ustun  deb  bilasizmi?  Gapning  indallosini  aytganda  yaponlar  ham 
o’zlarini  Sizdan  ustun  deb  bilishadi.  Siz  hindlardan  o’zingizni  ustun  deb 
bilasizmi? Bu sizning ishingiz. Lekin millionlab hindlar o’zlarini Sizdan shunday 
yuqori  qo’yishadiki,  ular  hatto  Sizning  soyangiz  tushgan  ovqatni  harom  bo’ldi 
deb, og’izlariga ham olishmaydi. 


346 
 
Siz o’zingiznn eskimoslardan ustun deb bilasizmi? Siz haqingizda eskimoslar 
nima  deb  o’ylashini  bilish  Siz  uchun  qiziqdir,  balki.  Eskimoslar  ichida  ham 
ba’zan ishyoqmaslar, dangasalar uchrab turadi. Eskimoslar ularni «oq tanli» deb 
haqorat  qilib,  ularga  o’z  nafratlarini  bildiradilar.  Har  bir  millat  o’zini  boshqa 
millatdan  yuqori  qo’yadi.  Bu  esa  vatanparvarlik  hissini  uyg’otadi  va  ko’plab 
urushlarni  keltirib  chiqaradi.  Eng  oddiy  haqiqat  shundan  iboratki,  Sizning 
yo’lingizda  uchraydigan  deyarli  har  bir  odam  Sizdan  o’zini  u  yoki  bu  sohada 
ustun  deb  biladi  va  agar  Siz  samimiylik  bilan  ana  shu  ustunlikni  tan  olsangiz 
hamda uning ko’z oldida bu narsani mohirlik bilan ta’kidlasangiz, uning yuragiga 
to’g’ri  yo’l topgan bo’lasiz. Doimo  yodda tuting: Siz  uchratadigan  har bir odam 
Sizdan  nimasi  bilandir  yuqori  turadi  va  shak-shubhasiz,  ma’lum  ma’noda  siz 
uning shogirdisiz va eng ajoyib narsa shunday iboratki, o’z yutuqlaridan juda ham 
qanoatlanadigan odamlar o’zlaridagi kamchilik hissini  shang’ilik, xovliqmalik va 
dimog’dorlik  bilan  qoplashga  intiladilar.  Qaerdan  boshlab  boshqalarning  qadr-
qimmatini e’tirof etishdek bu sirli qoidaga rioya qila boshlashimiz kerak bo’ladi. 
Dastlab  o’z  uyimizdan  boshlasak-chi?  Sizning  xotiningizda  albatta  qandaydir 
yaxshi hislat bor yoki hech bo’lmaganda, siz unga uylanishdan oldin shunday deb 
hisoblagansiz.  Lekin  eslang-chi,  oxirgi  marta  qachon  o’z  xotiningizga  iltifot 
ko’rsatgansiz  yokn  undan  zavqlanganingizni  ochiq  aytgansiz.  Doroti  Diks 
shunday  yozadi:  «Maqtashni  o’rganmasdan  turib,  hech  qachon  uylanmangiz. 
Turmushda  oshkoralik  emas,  balki  ustomonlik  kerak».    Agar  Siz  har  kuni  shirin 
ovqat  eyishni  istasangiz,  hech  qachon  xotiningizni  uy  yumushlarini  qanday 
bajarishini  tanqid  qilmang  va  uni  o’z  onangiz  bilan  ko’ngilga  tegadigan  qilib 
solishtirmang.    Aksincha,  siz  uning  ishlarini  doimo  maqtang  va  ovozingizni 
balandlatib,  o’zingizning  dunyodagi  eng  go’zal  va  mehribon  ayolga 
uylanganingizni  ayting.  Agar  qovurilgan  go’sht  tagcharmga,  non  esa  ko’mirga 
o’xshab  qolgan  bo’lsa  ham  norozilik  bildirmang.  Ammo  bu  usulni  birdaniga 
qilmang,  chunki  xotiningiz  Sizdan  shubhalanishi  mumkin.  Insonlar  Snzni  sevib 
qolishini istaysizmi? Marhamat, buning sirini o’rtoqlashaman. Bu narsani men D. 
Diksdan  o’zlashtirib  olganman.  Bir  kuni  u  uch  insonning  sevgisiga  sazovor 


347 
 
bo’lib,  kattagina  pul  daftarchasiga  ega  bo’lgan  ko’p  do’stlari  bor  mashhur 
erkakdan intervyu olgandi. Qanday qilib shuncha  insonlarning sevgisiga sazovor 
bo’ldingiz deb so’ralganda, u shundan javob bergan ekan: «Bu unchalik qiyin ish 
emas,  faqat  bitta  narsani,  ya’ni,  insonlar  bilan  ularning  o’zlari  haqida  suhbat 
yuritishni bilish lozim, xolos». Menimcha, barcha  bilan ham xuddi shunday qilish 
kerakdir  balki.  Shunday  qilib,  agar  Siz  odamlarga  yoqishni  istasangiz, 

Download 4,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   349   350   351   352   353   354   355   356   ...   406




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish