TARQATMA MATERIALLAR
1-topshiriq: Tadbirkorlik va hayot qonunlari
Har qanday tadbirkor o’z ishini boshlar ekan, u tadbirkorlik faoliyatini
muvaffaqiyatli yuritish uchun o’zidagi bor bilim, saviya, tajriba va pul
mablag’larini ishlatadi. Bunda u ko’pincha o’zining xayot tajribasiga, o’qigan
o’quv muassasasida olgan bilimlariga, ota-onasidan yoki yaqin insonlaridan bilib
olgan bilimlar majmuasiga va qandaydir etik qoidalarga rioya qiladi. Lekin
ko’pincha tadbirkorning ishi hozirgi paytdan ko’ra muvaffaqiyatli bo’lishi va
yanada rivojlanishi uchun buning o’zi aslo etarli bo’lmaydi. Haqiqatan ham bizga
ma’lum bo’lgan olti ming yil davomidagi insoniyat tarixida barcha insonlar o’z
ota-onalaridan va ustozlaridan turli xil bilim hamda ko’rsatmalar olganlar va
buning natijasida hayot tajribasiga ega bo’lganlar, oldilariga juda katta niyat va
orzular qo’yganlar hamda juda katta narsalarni orzu qilganlar. Ammo, ming
afsuski, ularning tug’ilganliklari va orzulari haqida qabr toshidan boshqa hech
nima qolmagan. Muvaffaqiyatga erishish yo’l-yo’riqlari haqida juda ko’p kitoblar
yozilgan, anjumanlar va seminarlar o’tkazilgan, unda katta muvaffaqiyatga
erishgan insonlar o’zlari haqida to’lqinlanib gapirganlar, lekin biznesda
muvaffaqiyatga erishishning qandaydir tayyor qoidalari yoki qandaydir retsepti
hali yozib chiqilmagan. Ba’zilar muvaffaqiyatga o’z do’stlaridan va oilalaridan
ajralish hisobiga, kimdir esa o’z hayotini garovga qo’ygan xolda erishadilar.
Ba’zilar uchun esa muvaffaqiyatga erishish va boylik orttirish orzusi umr
davomida ezgu va shirin orzuligicha qolib ketaveradi. Ba’zilar esa boy bo’lishadi,
lekin oldingi kambag’al paytlaridagi oilaviy baxtni va xotirjamlikni topa
olishmaydi. Biz Sizga muvaffaqiyatga erishish yoki boylik orttirish kaliti tayyor
xolda taqdim etilmaymiz, balki unda bu yo’lda tadbirkor qilishi lozim bo’lgan
ishlar qanday bo’lishi kerakligini ko’rsatib o’tamiz. Agar bu maslahatlarga amal
qilinsa, Siz muvaffaqiyat kalitini qanday qilib topish mumkinligini o’zingiz bilib
olasiz, so’ngra esa bu sehrli kalitdan foydalanib, muvaffaqiyatga eltadigan
eshikni topishingiz va uni ochishingiz kerak bo’ladi. Kitob hayotimizdagi voqea-
323
hodisalarga ob’ektiv nazar tashlashga, maqsadlarni aniqlashga, ularga erishish
yo’llarini chamalashga bo’lgan bir urinish bo’lib, ularni baholash Sizga havola.
Agarda bu muammolarga har kim ham aniq va ravshan javoblar topa olsa, bu
albatta juda ajoyib holat bo’lib, hayot yanada go’zal bo’lar edi. Lekin bir kimsa
uchun muvaffaqiyatga erishish yo’li bo’lgan echimlar ikkinchi kimsa uchun
batamom muvaffaqiyatsizlikka eltadigan yo’l bo’lishi ham mumkin. Chunki har
bir inson o’zicha tanho, aqli, shart-sharoitlari va hayot tarzi ham qaytarilmas
bo’lib yaratilgandir. Demak, bizning asosiy maqsadimiz - har bir insondagi ichki
imkoniyatlarni uyg’otishga harakat qilish va unda muvaffaqiyatga erishish kalitini
topishga so’nmas ishtiyoq uyg’otishdir. Albatta muvaffaqiyatga erishish uchun
ma’lum bir qoidalarga, tartiblarga, ko’rsatmalarga, ogohlantirish va
ehtiyotkorliklarga rioya qilish kerak bo’ladiki, bunday tartib-qoidalar yoki boshqa
so’zlar bilan aytganda “Biznes etikasi” jamiyatning har bir qatlamida, xududlarda
va mamlakatlarda xilma-xil ko’rinishlarda bo’ladi. Ammo, afsuski, texnokratik
jamiyat rivojlanishi va uning turli sohalarga jadal kirib borishi bu muammolarga
bag’ishlangan adabiyotlar yaratishni ancha chegaralab qo’ydi va natijada
mamlakatimizda bunday kitob hamda qo’llanmalar qisman yoki umuman
yozilmadi va shuning uchun ham kerakli nushalarda nashr etilmadi. Demak,
shuning uchun ham ko’pchilik bo’lajak tadbirkorlar jamiyatda, ishxonada, chet
ellik tadbirkorlar orasida, boshqalar bilan o’zaro muloqotda va oilada qanday
qilib muomala qilish, o’zini tutish, biznes suhbatni olib borish, janjalli holatlarga
duch kelmaslik uchun nimalar qilmoq kerak ekanligini oliy ta’lim muasasasidagi
ta’lim olish jarayonida yaxshi anglay olmaydilar. Bu esa yana boshqa va kerak
bo’lmagan qo’shimcha muammolarni keltirib chiqarishga sabab bo’ladi hamda
busiz ham murakkab bo’lgan hayot tarziga salbiy ta’sir qiladi. Albatta,
tadbirkorning faoliyatidagi va jamiyatdagi qiyinchiliklarini faqatgina to’g’ri
muloqot qoidalarni yo’qligi bilan izohlash kulgili bo’lar edi, lekin bu samarali
muloqot tartib-qoidalarining yoki biznes etikasining juda katta tarbiyaviy, ahloqiy
va insoniy ahamiyatini rad qilish ham telbalik bo’lishi tushunarlidir. Xozirgi
tadbirkorlik va ishbilarmonlik jadal sur’atlar bilan rivojlanayotgan davrimizda biz
324
murakkab insoniy munosabatlarda adashib qolmasligimiz, xatolardan holi
bo’lishimiz, insonni va uning intilishlarini yaxshi tushunishimiz hamda his
tuyg’ularimizni maqsadga muvofiq ravishda jilovlab olishimiz uchun bunday
samarali muloqot tartib-qoidalari yoki biznes etikasi hayotiy zarur va muhim
bo’lgan bir ashyoga aylanib borayapti. Haqiqatan ham bizning barchamizda
o’zimizga xos bo’lgan hayot tarzimiz tufayli yuzaga kelgan ishonchsizlik,
talabchanlik, shubha, qattiqqo’llilik va nodo’stona munosabatlar o’zimiz uchun
ishimizni rivojlantirishga halaqit beradigan qandaydir kishanga aylanib
bormoqda. Ushbu kitobda bular bilan bog’liq muammolarning ko’pchiligi ko’rib
chiqiladi va holis nuqtai-nazardan tahlil qilinadi hamda tadbirkorning
muvaffaqiyatga erishish uchun nimalarga diqqat-e’tiborini qaratishi lozimligiga
urg’u beriladi. Bu esa har bir insonga va birinchi navbatda bizning muhtaram
hamyurtlarimizga ularning turfa xil murakkab muammolarini hal qilishga yordam
beradi deb umid qilamiz. Sizlar bu ma’lumotlarga muhtojsizlar, chunki Siz
hayotda albatta muvaffaqiyatga erishishingiz va munosib hayot tarziga ega
bo’lishingiz kerak. Bu ma’lumotlar Sizni yana o’ylashga, ijodiy fikrlashga majbur
qiladi va ular yangi narsalar, biznes g’oyalar kashf etishga, o’z ijodiy
potetsialingizni muvaffaqiyatga erishish yo’lida to’la safarbar etish uchun
hayotiy zarurdir.
Biz ishonamizki, ushbu ma’lumotlar barchaga qandaydir darajada ko’mak beradi
va har kimga nima bilandir yordam beradi.
Siz tug’ilganingizda hech bir aybsiz, beg’ubor inson bo’lasiz va Sizning
bundan buyon rivojlanishingiz oilangiz, atrof-muhit va o’zingizga bog’liq bo’lib
qoladi. Biroz vaqtdan keyin o’zingizni-o’zingiz va aqlingizni taniysiz hamda endi
Sizning etuk inson bo’lib etishishingiz va kamolot sari yana ham dadilroq
ravojlanishingiz faqat o’zingizga bog’liq bo’lib qoladi. Buning uchun esa ilm,
bilim, mehnatsevarlik, tirishqoqlik kerak bo’ladi. Agar insoniyat asrlar davomida
yaratgan bilimlarni yaxshilab o’zlashtirib olsangiz va ularni amalda qo’llashga
kuch-quvvat va imkoniyat topsangiz, boylik Sizga o’z-o’zidan oqib kelaveradi.
325
Shuning uchun ham ota- bobolarimiz “ Sen pulning ketidan emas, balki pul sening
Do'stlaringiz bilan baham: |