«Talaba portfoliosi» -
talabaning bilish jarayonidagi ijodiy mehnati
natijalarini o‘zi tomonidan ob’ektiv baholash instrumenti, shaxsiy faoliyati
refleksiyasidir. U hujjatlar to‘plami sifatida quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
talabaga «portfolio»ga joylashtirish uchun materiallar tanlash bo‘yicha
topshiriqlar, ko‘rsatmalar;
talabaning ijodiy faoliyatlari bilan jiddiy tanishib borish, portfelga
joylashtirilgan faoliyat turlarini baholash omillari va mezonlari;
portfolioni ob’ektiv baholash uchun ekspertlar guruhi anketasi.
Bunday «portfolio»ni an’anaviy usulda yoki elektron shaklda ta’lim muassasi
saytida, oddiy Word formatida yaratish mumkin.
Talaba o‘z xohishiga ko‘ra yoki o‘qituvchi topshirig‘i asosida o‘zining turli
ijodiy sohalardagi mustaqil ishlarini ma’lum ketma
-
ketlik asosida o‘z portfoliosiga
joylashtiradi. Materiallar bir semestr bo‘yicha, o‘quv yili bo‘yicha yoki butun
o‘quv yillari bo‘yicha olinishi mumkin. «Portfolio» yoki undagi alohida ishlar
talaba tomonidan oldindan izohlanadi, ya’ni nima uchun u aynan ushbu faoliyat
turini tanladi, bu faoliyat turi bo‘yicha u qanday natijalarga erishdi yoki erisha
olmadi, o‘qituvchining ushbu ish bo‘yicha bergan bahosidan rozimi, ushbu ish
natijalari bo‘yicha qanday xulosalarga ega. Albatta har qanday bunday ish yo‘l
263
qo‘yilgan xatolarni asosli ravishda tahlil qilishni talab etadi. Uqituvchi alohida
talabaga yoki talabalar guruhiga o‘z fani bo‘yi
cha shunday «portfolio» yaratishni
taklif qilishi va uning tarkibini ko‘rsatib berishi mumkin. Bunday «portfolio»ning
asosiy maqsadi talabaning o‘z faoliyatini fikrlab, asoslab va aniq dalillar asosida
baholash qobiliyatini shakllantirishdan iboratdir. Bel
gilangan vaqt o‘tgach (semestr
yoki o‘quv yili) yoki aniq hajmdagi ishlar tugagach, talabaning xohishi bilan ushbu
dastur yoki loyiha bo‘yicha talaba o‘z portfoliosini taqdimot qilishi mumkin.
Dastlab taqdimotni kichik guruhda, keyin esa katta auditoriyada tashkil etish
lozim. Agar «portfolio» elektron shaklda yaratilgan bo‘lsa, talaba o‘z hamkorlariga
(talabalarga) yoki o‘qituvchiga o‘z parolini oshkor qilib, ushbu «portfolio»
sahifalariga kirishiga ruxsat beradi va taqdimot tugagach parolni o‘zgartiradi.
Talaba faoliyatini, ya’ni «portfolio» mazmunini baholash uchun o‘qituvchi maxsus
ekspertlar belgilaydi. Materiallarni mashg‘ulot davrida muhokama qilish mumkin
bo‘ladi. Agar buning uchun alohida vaqt, o‘quv soati ajratilmagan bo‘lsa off
-line
telekonferensi
ya rejimida yoki darsdan tashqari vaqtda ta’lim muassasi sayti
forumida amalga oshirish mumkin. Bunday forumda talaba o‘zi tanlagan yoki
o‘qituvchi tomonidan taklif etilgan bilim sohasi bo‘yicha butun kuchini
berganligini, uning o‘z faoliyatiga bergan bahosi o‘qituvchi va ekspetlar guruhi
tomonidan berilgan bahoga mos yoki mos emasligini isbotlashi zarur. U baholarni
qaysi jihatdan to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligini ko‘rsatishi va o‘zining kelajakdagi
ushbu bilim sohasidagi ijodiy faoliyati rejalari bilan xulosalashi lozim.
Agar talabalar o‘qituvchining o‘ziga nisbatan yaxshi, ochiq va samimiy
munosabatda ekanliklarini his qilishsa, albatta o‘z fikrlari, tajribalari va kuzatish
natijalari bilan o‘rtoqlashadilar. Chunki, har qanday talaba yoki shaxs o‘z ijodiy
mehnati natijalari bo‘yicha boshqalar fikriga bee’tibor bo‘lishmaydi. Faqat shu
yo‘l bilangina shaxsni kamol toptirish, o‘stirish mumkin. Agar talabada bunday
ishonch bo‘lmasa, ochiq muloqat yuzaga kelmaydi. Talaba yuqorida ko‘rsatilgan
«portfolio»ni yuritganda ham odatdagidek sukut saqlaydi.
Talabalarni bunday texnologiya asosida tarbiyalash va ularga ta’lim berish
rivojlangan davlatlarda allaqachon o‘z o‘rnini topgan, chunki Internet bu
264
texnologiyani joriy etish uchun bir qancha qulayliklarni yarata oladi.
«Talaba portfoliosi» nafaqat akademik o‘zlashtirish, balki talabaning
kommunikativ muvaffaqiyatlari, muomula madaniyati, sport va jamoat ishlaridagi
faolligi bo‘yicha ham yuritilishi mumkin. Bunday «portfolio» muhokamasida
(taqdimotida) ota- onalarni ha
m faol ishtirok etishlarini ta’minlash yanada yaxshi
natijalarga olib keladi. Ota-
onalar o‘z farzandlari faoliyati natijalarini baholashlari
uchun o‘qituvchi tomonidan yoki ekspert guruh tomonidan taklif etilgan baholash
mezonlari va parametrlaridan foydalanishlari mumkin.
Bunday «portfolio» muallifining o‘z fikrlari va o‘z
-
o‘zini baholash natijalari
muhokamasida ushbu texnologiya prinsiplari va baholash mezonlarini quyidagicha
belgilash mumkin:
1.
Aniq bilim sohasidagi faoliyat bo‘yicha o‘z
-
o‘zini baholash na
tijalari
quyidagi omillar bilan asoslanadi:
ma’lum fan sohasi bo‘yicha bilimlarni o‘quv dasturiga mos kelishi;
bilish jarayonida talabaning mustaqil qarorlar qabul qilish qobiliyati, o‘z
qarorlarining oqibatlarini bilish darajasi;
talabaning kommunikativ qobiliyatlarini xususiyatlari (bahslarda
qatnashish, o‘z qarorlarini asoslay olishi, materiallarni ravon va sodda tilda
tushuntirib bera olishi).
2.
Tizimli va muntazam o‘z monitoringini olib borishi. Talaba biror fan
bo‘yicha o‘z yutuqlarini nazorat qilib
borishni maqsad qilib olsa, u ushbu fan
bo‘yicha muhim deb hisoblagan bilimlarini tizimiy ravishda «portfolio»ga
joylashtirib boradi. Uning vazifasi- ushbu ishlarni diqqat bilan tahlil qilib borish,
kerakli o‘zgartirishlar kiritish, unga tushuntirishlar berish, o‘z
-
o‘zini baholash
bo‘yicha qisqa hisobot tayyorlash, ya’ni ushbu bilim sohasi bo‘yicha u nimalarni
o‘zlashtirdi, nimalarni o‘zlashtira olmadi yoki tushunmadi, kelajakda nimalarga
e’tibor qaratishi lozim. Shuningdek u bu erda o‘z bilimlariga o‘qituv
chi, ekspertlar
va ota-
onasi tomonidan qo‘ygan baholarga ham fikrini bildirishi mumkin.
3.
«Portfolio» materiallari tarkibi, barcha yozma tushuntirishlarning
mantiqiyligi va aniqligi.
265
4.
«Portfolio»da keltirilgan
materiallarni to‘liqligi
va
mazmunan
tugallanganligi.
5.
«Portfolio»ni tartib bilan va estetik jihatdan did bilan yaratilganligi.
6.
«Talaba portfoliosi» taqdimotini ko‘rgazmali, yaqqol va asoslangan holda
bo‘lishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |