mumkin. Shubhasiz, monologik nutqni tinglab tushunish amaliy jihatdan muhimdir,
chunki koʻpincha dialogik nutq ichiga monologik nutq elementlari kirib qoladi.
Bundan tashqari, qisqa monologlarni idrok etishga doir nutq koʻnikmasining oʻ
zi
keng tarqalgan. Tovush yozish texnikasi rivojlangan hozirgi sharoitda yozib
olingan nutqni tinglab tushunishni talab sifatida qoʻyish lozim. Binobarin, yozib
30
olingan nutqni tinglab tushunish koʻnikmasi til ustida mustaqil ishlashning eng
muhim vositasidir.
Shu bilan birga chet tilini oʻrganishga ajratilgan soatlar
miqdori cheklangan sharoitda til materialini muayyan doirada cheklamay,
oʻquvchilarning hamma yoki koʻpchilik mavzularga doir ovozli nutqning har xil
turlarini eshitib tushunishini talab qilib boʻl
masligi ayondir. Hozirgi vaqtda nutqni
idrok etish qiyinligini va amaliyot hajmining kamligini hisobga olib, birmuncha
kichikroq talablar qoʻyish maqsadga muvofiqdir: oʻquvchilar oʻrganilgan
materiallar boʻyicha turmush mavzusidagi shaxsan oʻ
zlariga yoki bevosita
muloqot jarayonida auditoriyaga qaratilgan ovozli (dialog) nutqni yoki normal
temp va so
ʻ
zlovchining aniq diksiyasi bilan magnit plyonkasiga yozilgan
(monolog) nutqni tushuna olishlari kerak. Tinglovchilar nutqni tinglab tushunishni
amalga oshirish uchun o
ʻzlashtirishlari lozim boʻlgan konkret koʻnikmalarni
belgilashga harakat qilamiz. Bunda koʻnikmalarning ikki guruhini: ogʻzaki
tushunish bilan bogʻliq koʻnikmalar va predmet hamda man
tiqiy tushunish uchun
zarur boʻlgan koʻnikmalarni koʻrsatish mu
mkin. Birinchi guruhni bilish protsessni,
tovush kodini tovush motor kodiga aylantirishni va tasviriy tekstlarni ogʻzaki
tushu
nishni ta’minlovchi koʻnikmalar tashkil qiladi.
Hozirgi
zamon
metodikasi
tanish va notanish
doirada oʻrganilgan
leksika asosida
tuzilgan nutq
namunalarini bilish
koʻnikmasi
yangi leksik ma’no
bilan toʻldirilgan
nutq namunalarini
bilish va tushunish
koʻnikmasini
nutq vaziyatiga
tayanib kontekstdagi
kam uchraydigan
notanish soʻzlarni
tushunish koʻnikmasi
kontekstga
tayangan holda
oʻxshash soʽzlarni,
nutq namunalarini
differensiallash
koʻnikmasi
31
Hozirgi zamon metodikasi ana shu guruhga quyidagilarni kiritadi: 1) tanish va
notanish doirada oʻrganilgan leksika asosida tuzilgan nutq namunalarini bilish
koʻnikmasini; 2) yangi leksik ma’no bilan toʻldirilgan nutq namunalarini bilish va
tushunish koʻnikmasini; 3) kontekstga tayangan holda oʻxshash soʽzlarni, nutq
namunalarini differensiallash koʻnikmasini; 4) nutq vaziyatiga tayanib
kontekstdagi kam uchraydigan notanish so
ʻzlarni tushunish koʻnikmasini.
Eng avvalo shuni aytish kerakki, dialog jarayonidagi idrok etish gapirish bilan
uzviy bogʻlangan holda ishlab chiqiladi. Biroq shunga ham oʻ
ziga xos
xususiyatlarga ega boʻlgan mashqlarni ajratish mumkin.
Eng avvalo dialog olib borish uchun luqmaga tez javob qaytarish lozim.
Dialoglarni toʻldiri
sh mashqlari ham juda qimmatli omil hisoblanadi. Bunda bir
suhbatdoshning jumlalari olinib oʻquvchilarga ularni boshqa jumlalar bilan
toʻldirish tavsiya etiladi.
Tinglab tushunish mashqlari dialog protsessida gapirishni ham shakllantirishi
tufayli ikki xil vazifani bajaradi. Zotan, dialogda tinglab tushunish va gapirish bir-
biriga uzviy bogʻliqdir. Monologik nutqni tinglab tushunishga doir nutq mashqlari
eng avvalo, matnni tushunish bilan bajariladigan didaktik vazifaga koʻra
belgilanadi. Agar eshitilgan matn ichidan eng muhimini ajratib olish vazifasi
qoʻyilsa, quyidagi vazifalar beri
lishi mumkin: ona tili yoki chet tilidagi matn
mazmunini o
ʻ
z so
ʻ
zlari bilan qisqacha gapirib berish, reja tuzish, matn yuzasidan
berilgan savollarga javob qaytarish, audiotek
st qismlariga sarlavhalar qoʻyish va
hokazo. Agar tinglab tushunish vaqtida oʻquvchilar diqqatini detallarga jalb etish
vazifasi qoʻyilsa, unda matnga yaqin mazmunda soʻ
zlab berish, ayrim gaplarga
savollar qoʻyish, gaplar tanlab olish, qahramonni, voqealar
boʻlgan joyni
ifodalovchi gaplarni ajratib olish foydalidir. Ammo shu faktorni hisobga olishning
o
ʻ
zi yetarli emas. Didaktik vazifaning xarakteri yuqoridagilardan tashqari,
oʻqitishning bosqichi va oʻquvchilarning tayyorgarlik darajasiga qarab ham
belgilanadi. Monologik nutqni tinglab tushunish mashqlari gapirishga
dialoglardagidek yaqin boʻlmasada, yetarli darajada bogʻliqdir.
Muloqotning tashqi va ichki shakllari mavjud.
32
Tashkilotdagi xodimlar tashkilotdan tashqaridagi shaxslar bilan muloqotlari
Do'stlaringiz bilan baham: |