7398b1cc-0a47-4d0e-b58e-dd2544d80cac pdf



Download 4,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet334/397
Sana14.01.2022
Hajmi4,38 Mb.
#363447
1   ...   330   331   332   333   334   335   336   337   ...   397
Bog'liq
Akademik yozuv majmua

«Siz  mijozlar  to’g’risida  qayg’ursangiz,  bozor  Sizning  xaqingizda 
qayg’uradi». 
Shunga  bog’liq  ravishda  g’arb  tadbirkorlarining  muvaffaqiyatga 
erishish formulasi juda ham oddiy: 
«mablag’ 
- harakat - malakalilik - odamiylik» 
 
Insonlar  orasida  yaxshi odam  degan  fikr  uyg’otish  juda  ham  murakkab, 
buning uchun o’nlab yillar ketishi mumkin. Buni ko’pincha reputatsiya yoki imidj 
deb  atashadi,  ya’ni,  ma’lum  bir  insonning  jamiyatdagi  bahosi,  xurmati,  e’tibori 
qanday,  unga  boshqa  insonlar  qanday  muomala  qiladilar.  Lekin,  ushbularni 
birgina  qaltis  harakat,  gap  yoki  ish  bilan  bir  zumda  va  tamomila  yo’qotish 
mumkin.  Masalan,  biror-
bir  ishni  o’z  vaqtida  bajarmadingiz,  vaqtida  birovga 
qo’ng’iroq  qilmadingiz,  xatiga  javob  berma
dingiz,  odobsizlik  namunalarini 
bisyor  qilib  ko’rsatdingiz  va  xokazolar.  Reputatsiyani  yuqori  darajada  ushlab 
turish  uchun  hamma  narsa  muhimdir.  Masalan,  kiyinish  madaniyati,  gapirish 
madaniyati,  jamoada  o’zini  tutish  madaniyati,  ofisning  ko’rinishi  va  int
ereri 
hamda  boshqa  bir  qancha,  ko’rinishdan  mayda
-chuyda  tuyulgan  elementlar  juda 


335 
 
katta  va  hal  qiluvchi  ahamiyatga  molik  bo’lib  qolishi  mumkin.  Shuning  uchun 
ham etakchi tadbirkorlarning quyidagi fikriga qo’shilmasdan aslo ilojimiz
 
yo’q:
 
“Foyda biz uchun j
uda muhim, lekin jamiyatdagi obru-
e’tiborimiz bizga 
undan ham muhimdir”
 
Barchaning  ko’ziga  birinchi  bor  va  yaqqol  tashlanadigan  liboslar  va 
kiyinish  madaniyati  qisqacha  haqida  so’zlashib  olamiz.  Ko’pchilikka  ma’lumki, 
ko’p joylarda  Sizni kiyimingizga qarab
  kutib olishadi  yoki  mulozamat qilishadi. 
«
To’nim  eya  qol
»  degan  maqolni  eslang.  Sizning  kiyimingiz,  tashqi 
ko’rinishingiz  Sizning  o’ziga  xos  va  juda  muhim  tashrif  qog’ozingiz  bo’lib 
hizmat  qilishi  hech  kimga  ham  sir  emas.  Biror-bir  kishi  bilan  uchrashganda, 
uning bir  og’iz  ham  gapini eshitmasdan turib,  uning kiyimi, ko’rinishi  va o’zini 
tutishiga  qarab,  u  to’g’risida  ma’lum  bir  tushunchaga  ega  bo’lishingiz  mumkin. 
Shuning uchun ham ko’pgina muvaffaqiyatli ish yuritayotgan va rivojlanayotgan 
firmalar  o’z  xodimlaridan  chiroyli  kiyinishni  hamda  o’z  tashqi  ko’rinishlarini 
yaxshi  saqlashni  talab  qiladilar.  Bunda  tashqaridan  tashrif  buyurgan  insonlar 
kompaniya xodimining tashqi 
ko’rinishini tashkilotning jonli timsoli
 
sifatida qabul qiladilar. 
Ishbilarmon  va  muva
ffaqiyat  qozonayotgan  inson  harakatchan  bo’lib, 
unda  faqat  o’zininggina  emas,  balki  boshqalarning  ham  muvaffaqiyatini 
ta’minlab  berish  uchun  etarli  bo’lgan  kuch  va  ichki  energiya  mavjuddir.  Agar 
Sizda  o’zingizning  tashqi  ko’rinishingizni  sarishta  qilib  yur
ishga  vaqt,  kuch  va 
imkoniyat  hamda  aql-farosat  topilgan  ekan,  demak  Siz  xaqiqatan  ham 
muvaffaqiyat  qozonishi  aniq  bo’lgan  insonsiz.  Yaxshi  va  sarishta  kiyingan 
holatda Siz o’zingizning  fikringiz  va qalbingizdagi  idealga tobora  yaqinlashasiz, 
ya’ni, shu kiyimingiz bilan shu bugunning o’zida o’zingiz intilayotgan ideal sifat 
bo’lib qolasiz.
 
Sizning  asosiy  vazifangiz  har  bir  turga  mansub  insonlar  ichki  dunyosiga  yo’l 
topish, ularga o’zingizni muvaffaqiyat qozonishi aniq bo’lgan va ishonchli inson 


336 
 
sifatida ko’rsatishdir. Xuddi shu vaqtning o’zida ular Sizni o’zlaridek omadli va 
aqlli  deb  qabul 
qilishlariga  intilishingiz  lozim.  Boshqa  so’zlar  bilan  aytganda, 
Siz  o’zingizni  shunday  ko’rsatishingiz  kerakki,  ular  Sizda  o’z  ideallarining  bir 
qismini ko’rsinlar.  Ustki kiyimning  did  bilan  tanlanishi bu  xolda  katta  yordam 
beradi.  Agar  Siz  qanday  turdagi  insonlar  orasiga  borishingizni  oldindan 
bilsangiz,  iloji  boricha  ular  kabi  va  o’sha  erda  qabul  qilingan  libos  tanlash  va 
kiyinish  harakatini  qiling,  shunda  ular  Sizni  o’z  odamlaridek  qabul  qiladilar. 
Agarda bunga qo’shimcha ravishda salgina did bilan kiyi
nsangiz, Sizni juda ham 
omadli  inson  sifatida  qabul  qiladilar.  Kezi  kelganda  shuni  ham  aytib  o’tish 
kerakki, boy  insonlar bilan, davlat apparati  xodimi bilan,  uy bekasi  yoki talaba 
bilan  uchrashuvga  borilganda,  albatta  shunda  mos  ravishda  kiyinish  lozim 
bo
’ladi.  Lekin  shuni  ham  yoddan  chiqarmaslik  kerakki,  qimmat  va  didsiz 
kiyingandan ko’ra, oddiy, lekin did bilan tanlangan libos kiyish ma’qulroqdir. 
 
Insonning  o’zini  tutishi,  mimikasi  va  o’tirish  usuli  ham  muzokaralar 
natijasining  ijobiy/pozitiv  va  muvaffa
qiyatli  bo’lishiga  bevosita  ta’sir  qiladi.  Siz 
bilan  muzokara  olib  borayotgan  tomonning  ruxiy/psixologik  holatiga  Sizning  u 
yoki bu harakatingiz ijobiy yoki salbiy ta’sir o’tkazishi mumkin. Avvalo, Sizning 
emotsional  holatingiz  unga  bevosita  ta’sir  o’tkaza
di.  Agarda  Siz  unga  nisbatan 
sokin  va  qiziqish  munosabatida  bo’lsangiz,  u  ham  Sizga  shunday  munosabatda 
bo’ladi.  Mabodo  Siz  unga  nisbatan  qo’rqinch,  ishonchsizlik  bilan  muomala 
qilsangiz,  unga  ham  bu  munosabat  virusli  kasallikka  o’xshab  o’tib  qolishi 
mumki
n.  Oyoqlarni  chalishtirib  o’tirish,  qo’llarni  ko’krakda  birlashtirib  o’tirish, 
barmoqlarni musht qilib tugish insonning xarakteri ochiq emasligini, qo’rqinchni 
va xavfni bildiradi. Qo’l bilan tez
-
tez harakatlar qilish, ko’rsatgich
  barmoq 
bilan so’zini tasdiqlash muzokara olib borilayotgan tomonga qo’shimcha  manfiy 
ta’sir  ko’rsatadi.  Ishonch  va  yaqinlik  xissiyotlari  qo’lni  ochiq  tutish  bilan,  tana 
a’zolari  harakatlarini  engillik  bilan  bajarish  orqali  va  o’zini  sokin  tutish  bilan 
hosil  qilinishi  mumkin.  Agarda  harakatlar  yurakdan  chiqarilsa,  u  sahiylikni, 
ko’ngli tozalikni va sevgini bildiradi. Sevgi bor joyda hasadga va qo’rqinchga joy 


337 
 
yo’q deb bejiz aytmaganlar, albatta. «
Har kim o’ziga mos suhbatdosh bilan birga 
bo’lishni  xohlaydi
»,  - 
degan  fikrni  qo’llash 
ham  yaxshi  natijalarga  olib  keladi. 
Masalan,  Siz  o’z  suhbatdoshingizning  diqqat
-
e’tiborini  o’zingizga  qaratmoqchi 
bo’lsangiz,  uning  falsafasini,  intilishlarini  va  qiziqqan  narsalarini  o’rganib 
chiqing hamda iloji bo’lsa, suhbat paytida uning qo’l va tana a’zolarining maxsus 
va  diqqatga  sazovor  harakatlaridan  nusxa  oling  hamda  uni  maqsadga  muvofiq 
tarzda qo’llang.  Lekin buni shunday qilish kerakki,  bu  harakatlar  yaqqol ko’zga 
tashlanmasin,  ya’ni,  me’yor  bilan  va  odob  doirasida  amalga  oshirilsin. 
Muzokaralar  olib  borayotganda  suhbatdoshingiz  bilan  qanday  masofada 
gaplashayotganingiz ham muhim ahamiyat kasb qiladi. Har bir insonning shaxsiy 
biomaydoni  xilma-
xil  bo’lgani  uchun,  shunday  masofa  tanlash  kerakki,  bunda 
uning  biomaydoniga  kirib,  uni  noqulay  ahvolga  s
olib  qo’ymaslik  kerak.  O’z 
ahamiyatingizni  oshirish  uchun,  masalan,  o’zingiz  kresloga  o’tirib, 
hamsuhbatlaringizni  stullarga  o’tqazib  qo’yishingiz  mumkin.  Hamsuhbatlar  bir 
xil  balandlikdagi  stullarda  o’tirishganda,  Siz  sal  balandroq  stulda  o’tirishingiz 
yoki tik turib gaplashishingiz mumkin. 
Tadbirkor sifatida biror-bir tovar yoki xizmatni kimgadir taklif qilayotganda 
aksariyat ko’pchilik xollarda taklifingiz nayzalar bilan qarshi
 
olinadi va ba’zilar taklifingizga qat’iyan qarshi bo’ladilar. Bu xol Sizga ham ta’sir 
qilib,  ishingizga  ishonchsizlik  tug’dirishi,  olg’a  qadam  bosishga  halaqit  berishi, 
noumidlik  xolatini  yuzaga  keltirishi  mumkin.  Bunda  Sizdan  bir  narsa  talab 
qilinadi,  ya’ni  bu  xolatlarga  falsafiy  yondashish  va  ulardan  tegishli  xulosa 
chiqarish. 

Download 4,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   330   331   332   333   334   335   336   337   ...   397




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish