66-savol.
SHilimshiqlar bo‘limi
Shilimshiqlar tuban o‘simliklar оlamininng nisbatan uncha katta bo‘lmagan bo‘limi bo‘lib, tanasi хamirsimоn plazmоdiydan ibоrat. Plazmоdiy yalang‘оch, u po‘st bilan qоplanmagan. Tarkibini 75% suv, qоlgan qismi glikоgеn va qisqaruvchi vakuоladan tashkil tоpgan. Shilimshiqlar chiriyatgan barglar tagida, daraхtlar po‘stlоqining оstida daraхtlarni chiriyotgan to‘nkalarining yoriqlarida, karam ildizida uchrab, saprоfit va parazit hayot kеchiradilar.
Uning sporangiysi tuxumsimon to’da-to’da bo’lib, diametric 1 sm ga boradi, yozda to’ngak va yog’ochlarda hosil bo’ladi.
Bu bo’limga xlorofilsiz orgonizmlardan 450 turi kirib,ularning tuzilishi va hayot tarzi nihoyatda turli-tumandir..Shilimshiqlarning vegitativ tanasi mikroskopik bo’lib,bir hujayrali va bir yadroli yoki ko’p yadroli amyo’boid shakldadir.Ularning vegitativ tanasi plazmodiy deb ataladi.Plazmodiy ayrim hollarda bir necha o’n santimetrgacha boradi. Mevatana qattiq po’st bilan o’ralgan bo’lib, ichida sporalar joylashgan.Parazitlik qilib yashaydigan vakillarida mevatana hosil bo’lmaydi, lekin plazmodiy xo’jayin o’simlik hujayrasida bo’laklarga bo’linib, spora hosil qiladi.
Shilimshiqlar tuzilishi va taraqqiy etish hususiyatlariga asoslanib quyidagi sinflarga bo’linadi:
1 Oddiy tanasimonlar 2.Haqiqiy shilimshiqsimonlar 3.Plazmodiyforsimonlar- 4.Hujayrali shilimshiqsimonlar
Oddiy tanasimonlar sinfi-Profostelionmycetes.
Bu sinf vakillari keng tarqalgan bo’lishiga qaramasdan, bizning asrimiz o’rtalaridagina aniqlangan.Ularning chirigan o’simlik qoldiqlaridan, daraxt po’stloqlaridan, chirindiga boy tuproqlardan ajratib olish mumkin.
Hozirgi vaqtda ularning 10ga yaqin turkumi va ko’pgina turlari bor
67-savol Haqiqiy shilimshiqsimonlar-Muxogasteromycetes
Bu shilimshiqlar bo’limining eng kattar sinfi bo’lib, 400dan ortiq turni birlashtiradi.Ular o’rmonlardagi chiriyotgan daraxt to’pgaklarida nam yerdagi o’simlik chirindilarida va orgonik moddaga boy yerlarda yashaydi.
Vegitativ tanasi plamodiy, yani ko’p miqdordagi yadrolarga ega.Plazmodiy har xil kattalikda bo’lib, bazi turlarida bir necha mm, ayrimlada 15-20sm va undan ham katta bo’lishi mumkin.Plazmdiy tarkibida suv 30% oqsil, glikogen, yog’, har xil rang beruvchi fermentlar, vitamin, sterol va boshqa organic moddalar bo’ladi, bazilarida 30% gacha ohak to’planadi.
Shilimshiqlar chiriyatgan barglar tagida, daraxtlar po‘stloqining ostida daraxtlarni chiriyotgan to‘nkalarining yoriqlarida, karam ildizida uchrab, saprofit va parazit hayot kechiradilar.
69-savol Zamburug’lar 100000 dan ortiq turga ega bo’lib, har xil muhitda yashashga moslashgan. Zamburug’lar plastidasiz organizm bo’lib, uning sitoplazmasi bitta yoki bir nechta yadrochaga ega, hujayrasi tashqi tomondan xitinli yoki sellyulozali po’st bilan o’ralgan..
Do'stlaringiz bilan baham: |