36-savol Kambiy. Kambiy yupqa qobiqqa ega bo’lgan cho’ziq to’g’ri to’rtburchak shakldagi hujayralardan iborat. Uning tangental yo’nalishida bo’linishi natijasida yog’ochlik va lub elementlari hosil bo’ladi. Shuni ta'kidlab o’tish lozimki, yog’ochlik elementlari ko’proq sonda hosil bo’ladi. Kambiy halqasida hujayralar soni ortishi ularning radial yo’nalishida bo’linishi hisoblanib, natijada poyaning cheksiz yo’g’onlashish imkoni yaratiladi. Kambiyning ishlash faoliyati yil davomida bir xil emas. U ayniqsa bahor faslida ancha aktiv bo’lib, keyinchalik uning faoliyati sekin-asta susayadi va kuzga borib butunlay to’xtaydi
Do'stlaringiz bilan baham: |