Talabni birlamchi elastikligida: bahoni foiz hisobidagi o'zgarishi tovarlami sotish hajmini o'zgarishiga teng bo'ladi. Maxsus hollarda birlamchi elastiklik bahoni o'sishi yoki kamayishi umumiy tushumni har qanday o'zgarishsiz qoldiradi. Shunday qilib, talabni belgilovchi omillar: - vaqt omili; - shu tovarning o'm ini bosuvchi tovarlar qancha ko'p, ularning foydali xususiyatlari qancha yuqori bo'lsa, talab elastikligi ham shuncha yuqoridir; - tovarlami almashtirish mumkinligi omilidir; - shu tovarni ishlatish imkoniyatlari qancha ko'p bo'lsa, unga bo'lgan talab o'zgaruvchanligi shuncha yuqori bo'ladi. Vaqt omili. Umuman olganda qarorlar qabul qilish uchun vaqt qancha uzun bo'lsa, odatda mahsulotga bo'lgan talab shuncha o'zgaiuvchan, ya’ni elastik bo'ladi. Agar mahsulot narxi oshsa, boshqa mahsulotlardan foydalanish mumkinligiga ishonch hosil qilmaguncha uni topib, tatib ko'rish uchun vaqt kerak. Agar mol go'shtining narxi 50% ga oshsa, iste’molchilar o'z xaridlarini tezda kamaytirmasalar kerak. Lekin m a’lum vaqtdan so'ng ular o'z xohishlarini parranda go'shti yoki baliq mahsulotlariga ko'chirishlari mumkin. Endi ularda bir xil mahsulotlarga did, talab paydo bo'ladi. Kuzatishlar shuni ko'rsatadiki, «qisqa muddatli» talab «uzoq muddatli» talabga qaraganda (0,7) uncha elastik bo'lm aydi (0,2). Nima uchun shunday bo'ladi? Chunki uzoq davr mobaynida benzin sarf qiladigan avtom obillar yemirilib boradi va benzinning qimmatlashib borishi bilan ular kichik, tejamkor turlariga almashinadi.
Daromad samarasi.
Daromad bo'yicha talab elastikligini topish uchun tovarlarga bo'lgan talab hajmini foiz hisobidagi o'zgarishini (DQ/Q) daromadni foiz hisobidagi o'zgarishiga (D l/1 ) nisbati olinadi. Iste’molchilar turli xil tovarlarga bo'lgan o'z talablarini turlicha yo'nalishda o'zgartirib turganlari uchun, darom ad bo'yicha talab o'zgaruvchanligi ko'rsatkichi ham turli xil ijobiy va salbiy qiymatlarga ega bo'ladi. Agar iste’molchi o‘z daromadlari oshishi bilan xarid qilish hajmini ham oshirib borsalar — daromad bo‘yicha talab o ‘zgaruvchanligi ijobiy (£,>0) bo'ladi. Agar talabning o'sishi daromadni o'sishidan ilgarilab borsa (E t> l), u holda daromad bo‘yicha talab yuqori darajada elastik bo‘ladi. Xususan, uzoq muddat xizmat qiladigan tovarlar, masalan, avtomobillar yoki kompyuterlarga talab bo'lganda. Bunday tovarlami xarid qilish uchun kishilar kreditlar ham oladilar yoki to'plagan pul mablag'larini sarf etadilar. Baho ta’sirida talabni mutlaq va nomutlaq elastikligi. Baho ta ’sirida talab elastikligining yuqoridagi holatlaridan tashqari yana ikkita holat mavjud: — talabni (absolyut) mutloq elastikligi; — talabni (absolyut) mutloqo noelastikligi. Quyida bunday holatlar bo'yicha talab chizig'i keltirilgan. T alabni (absolyut) m utlaq elastikligi talabni gorizontal egri chizig'ida ko'rsatilgan (12-chizma). Bunda iste’molchilar talab hajmidan qat’iy nazar tovar uchun bir xil haq to'laydilar (E = «). Talabni absolyut noelastikligi holatida (13-chizma) iste’molchilar har qanday baho darajasida ham bir xil hajm da m ahsulot xarid qiladilar (E = 0 ) va bunda egri chiziq to'g'ri vertikal bo'lib chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |