7-tema: Mektepke shekemgi bilimlendiriw shólkemlerin basqarɪwdɪń ulɪwma principleri



Download 27,41 Kb.
bet2/4
Sana11.04.2022
Hajmi27,41 Kb.
#542681
1   2   3   4
Bog'liq
7-tema qalligul opa

O‘quv moduli birliklari:

  1. Boshqarish tamoyillari va uslubi

  2. Rahbar va xokimiyat

  3. Rahbar va vaqt

  4. Ishontirish boshqarshining asosi sifatida

  5. Bo‘ysinuvchilar bilan o‘zaro munosabat

  6. Motivlash

  7. Nazorat

Aniqlashtirilgan o‘quv maqsadlari (talabaning vazifalari). Talaba ushbu mavzuni to‘la o‘zlashtirgandan so‘ng boshqaruv tamoyillari va usullari, rahbarning vakolatlari, rahbarning ish vaqtini rejalashtirish, boshqaruv mexanizmi, ishontirish mexanizmi, bo‘ysinuvchi shaxslar bilan munosabatlar, rag‘batlantirish, rag‘batlantirish tarkibi, mexanizmi va nazoratini o‘rganadilar.
Boshqaruv tamoyillari:

  1. Muammolarni еchishga ijodiy yo‘nalish.

  2. Sifat samaradorliklariga erishish uchun muntazam rejalashtirish.

  3. Holatga mos ravishda boshqaruv turi (holatga va qo‘l ostidagilarga moslashish qobiliyati).

  4. G‘oyalarga bir xil munosabat va bir-birini yaxshi tushunish.

  5. Barcha a’zolarning hamkorligi.

  6. Buyurtmachiga yo‘naltirilganlik.

  7. Ijobiy fikrlash, qo‘lay muxit va munosabatlar.

  8. Vakolat berish va xodimlarning malakaviy o‘sishini ta’minlash.

Ijodiy yunalish tamoyili o‘quv-tarbiya jarayonini boshqarishda qo‘llaniladi. Uni qo‘llashning zaruriyati quyidagilar orkali asoslanadi:

  • o‘quv faoliyati turlarining har xilligi (ma’ruza, seminar, amaliy mashg‘ulot, kollokivum, mustaqil ta’lim, malakaviy amaliyotlar, kurs ishlari va x.k.);

  • o‘qitiladigan fanlarning turli-tumanligi;

  • ta’lim oluvchi shaxslarning o‘ziga xosligi.

Muntazam rejalashtirish tamoyili o‘quv-tarbiya jarayonini amalga oshirishda ta’lim tashkilotining barcha bo‘linmalarida qo‘llaniladi.
Moslanuvchanlik tamoyilini holat o‘zgarib turgan sharoitda faoliyat ko‘rsatilayotgan rahbarlar qo‘llaydilar.
Hamfikrlilik tamoyili boshqaruv faoliyatini aniqlaydi (har bir munosabat).
Hamkorlilik tamoyili kafedrani, fakultetni, bo‘lim hamda rektorat tomonidan boshqaruvda qo‘llaniladi.
Buyurtmachiga yo‘naltirilganlik institutning yuqori kurslarida talabalarni xolatiga moslashtirish kasb sirlarini chukur o‘zlashtirishlariga erishishni nazarda tutadi.
Ijobiy fikrlash tamoyili hamma vaqt boshqaruvning boshka tamoyillari bilan birgalikda qo‘llaniladi.
Vakolat berish tamoyili xodimlarning malakasini oshirishda qo‘llaniladi.
Boshqaruv tamoyillarini tanlash va samarali tarzda foydalanish muvaffakiyatga erishishning asosi holos. Boshqaruv samarasining muhim omili boshqaruv usulidir.
Boshqaruv usuli.
Boshqaruv usuli rahbarning boshka qo‘l ostidagi rahbarlarga vakolatlar bershi, ularga imkoniyatlar berish, takliflaridan foydalanish, ularga ishonish va ularning harakat rejalarini amalga oshirishga bog‘liq bo‘ladi. Bularga mos ravishda rahbarning o‘zini tutishining to‘rt xil usuli mavjud:
1) Avtokratik.
2) Byurokratik.
3) Demokratik.
4) Aristokratik.
Avtokratik usul rahbar o‘z g‘oyalarini (qidirib topgan g‘oyalarni), rejalarni xech kim bilan maslahatlashmasdan amalga oshirishi bilan harakterlanadi. O‘z fikrini buyruq bilan amalga oshiradi.
Byurokratik usulda boshqaruv rasmiy tus oladi instruksiyalar, buyruklar, qo‘llanmalar, qog‘ozlar bilan ishlanadi. Demokratik usul rahbar va jamoani o‘z-o‘zini boshqarish faoliyatining hususiy munosabatiga asoslangan. Uning xususiyati - bajaruvchilarning rejalarni tuzish va amalga oshirish jarayonida faol katnashadilar. Rahbar tomonidan o‘z qo‘l ostidagilarga ishonch bildirilishi va ularni ruhlantirishi natijasida yuqori darajada unumdorlikga erishiladi. Xodimlariga «Buni biz o‘zimiz amalga oshirdik» deyish imkonini beradigan rahbar eng yaxshi rahbardir.
O‘quv-tarbiya jarayonini amalga oshirishda demokratik usul, yuqori tashkilotlarning direktiv buyruklarini amalga oshirishda avtokratik, xisob va xisobot masalalarida byurokratik usuldan foydalanish yaxshi natijalar beradi.

Rahbar va hokimlik.


Rahbarga mansab vazifalarini bajarishda hokimlik zarur bo‘ladi. ta’sir etish vositasi sifatida hokimlik besh xil bo‘ladi:

  • Qo‘rqitish orqali ta’sir etishga asoslangan hokimlik. Ishni yo‘qotish, xizmat mansabidan tushirish, mukofotni yo‘qotish va x.k. lar bilan qo‘rqitish.

  • -Mukofotlashga asoslangan hokimlik qo‘l ostidagilar extiyojlarini qoniqtirish orqali ta’sir qilish.

  • Eksport hokimlik. Bajaruvchilarni rahbarga ishonishlari orqali amalga oshiriladi. Bajaruvchilar o‘z rahbarlariga so‘zsiz ishonadilar, u eng asosiy qarorni qabul qiladi, muammoni hal qiladi. Vrach bilan bemor o‘rtasida, o‘qituvchi bilan talaba o‘rtasida shunday hokimlik mavjuddir.

  • Etalon hokimlik (o‘rnak ko‘rsatish) -- rahbarning shaxsiy hususiyatlariga asoslangan ta’sirdir. Xodimlar rahbarlariga o‘xshashga harakat qiladilar. Bunday rahbar bo‘lish uchun quyidagi maslahatlarga amal kiling:

  1. Sizni barcha kollektiv a’zolari diqqat bilan ko‘zatib turganliklarini esdan chiqarmang.

  2. O‘zingizda yo‘lboshchilik sifatlarini rivojlantiring.

  3. Zararli odatlardan ko‘tilishga harakat qiling.

  4. Nutqingizni ko‘zatib boring.

  5. O‘z qarorlaringizda muhim bo‘ling, ketma-ketlikga rioya qiling.

  6. Tashqi ko‘rinishingizni tartibga soling.

  7. Qo‘l ostingizdagilarni o‘zingizga qiziqiring.

  8. Qo‘l ostingizdagilar fikri bilan hisoblashing.

  9. Qonuniy hokimiyat (an’anaviy hokimiyat) rahbariyatga bo‘ysunish an’anasiga asoslangan. Bu tarixiy shakllangan munosabatlar usulidir. Bu usulda bajaruvchi xodim rahbar xodimga emas, balki ma’lum mansabga bo‘ysunadi. Bu rahbarni o‘z qo‘l ostidagilarga ta’sir ko‘rsatishning eng qo‘lay usulidir. Ammo, o‘zgarishlar vaqtida, bu usul samara bermaydi.

Hozirgi bosqichda ta’lim va tarbiyada novatorlik yondashuvi jadal rivojlanayotganligi ta’lim tashkiloti faoliyatining o‘ziga xos hususiyatlardandir.
Yangicha sharoitlarda «ta’lim» tushunchasi mazmunini tubdan qayta idrok etish zarur. Bu uzluksiz ta’limning o‘hshash tizimi yordamida ijtimoiy va kasbiy moslashgan yaxlit shaxs mazmunining maqsadi, vazifalari, metodlari va vositalarini shakllantirishni qayta idrok etishni bildiradi.
Shu munosabat bilan bilimlar va hayotga «ta’lim» tushunchasini shaxs tashabbusining ahamiyatini ta’kidlaydigan tarzda yondashuv sifatida tushunish lozim. Shu bois «ta’lim» tushunchasi bu tez o‘zgaruvchan dunyoda yashash uchun zarur bo‘lgan yangi metodologik usullar, ko‘nikmalar, ko‘rsatmalar va qadriyatlarni o‘z ichiga olishi kerak. Boshqacha aytganda, ta’lim shaxsiy va ijtimoiy xususiyatga ega yangi vaziyatlarni muvaffaqiyatli uddalay olishi uchun harakatlanuvchi jamiyat tomonidan bilish zarur bo‘lgan ijtimoiy-axloqiy jarayondir.
An’anaviy tarzda vujudga kelgan ta’lim tizimi strategik jihatdan yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan «qo‘llab-quvvatlovchi» ta’lim funksiyasini bajargan holda «ta’lim» so‘zining yangicha talqiniga oid maqsadli ko‘rsatmalarni amalga oshirishga yo‘naltirilmagan.
Ko‘maklashuvchi ta’lim faqat ijtimoiy munosabatlar va shaxsiy yo‘nalishlarning mavjud tizimini saqlashga, ya’ni konservativ-barqaror jamiyatning normal faoliyat yuritishiga yo‘naltirilgan. Shu bois bunda shaxs allaqachon ma’lum bo‘lgan, takrorlanuvchi vaziyatlardan chiqa olishi uchun mo‘ljallangan, qayd qilingan usullar va qoidalar ustunlik qiladi.
Uzluksiz ta’lim tizimi qaror topishi va rivojlanishining yangi strategiyasi, «ta’lim» so‘zining qayta idrok etilishi «qo‘llab-quvvatlovchi» ta’limni «innovatsion» ta’lim bilan almashtirishni talab qiladi. Innovatsion ta’lim ayni paytda kamida quyidagi ikkita vazifani hal etishga qaratilgan:
1. Voqealarni «oldindan ko‘ra bilish», o‘zini aniq voqelikda va keyingi ijtimoiy va kasbiy rolini anglab еtish qobiliyatini tarkib toptirish; shaxsni ongli, oldindan anglab еtilgan muqobillarni – umumiy xulq-atvorni, ishonch-e’tiqodni, axloqiy qadriyatlarni, umuman dunyoqarashni tanlashga yo‘naltirish.
2. Mahalliy (shaxsiy yo‘naltirilgan) tashkiliy-boshqaruv darajasidan tortib global darajasigacha shaxsga ijtimoiy ahamiyatga hamda kasbiy qimmatga ega bo‘lgan muhim qarorlarni qabul qilish jarayonida faol ishtirok etish imkonini beruvchi «qatnashish» tamoyilini ro‘yobga chiqarish.
Boshqaruv va tashkil etishning yangi tuzilmasini shakllantirish, KTMD va KTMM asosida ta’limni ta’minlash, chet el tajribasini o‘zlashtirish, turli texnologiyalar, metodikalar va hokazolarni joriy qilib, bularning hammasi innovatsiya deb nomlangan jarayon bilan bog‘liq.
Bunday hodisaning sababini ta’lim tizimi xodimlari ta’lim-kasb-hunar dasturlari va metodikalarining xilma-xil variantlarini amalga oshirish uchun keng imkoniyatlarga ega bo‘lganliklari bilan izohlash mumkin.
Boshqa sababi, jamiyatdagi ijtimoiy vaziyat o‘zgarib borayotganida, demokratlashtirilayotgani va insonparvarlashtirilayotganida, mamlakat iqtisodiyoti bozor munosabatlari yo‘lidan rivojlanishga o‘tayotganidadir. Yuqori malakali mutaxassislarga ehtiyoj sezayotgan ishlab chiqarishning talablari oshib borayotgani ham yangiliklarni o‘zlashtirishni taqozo qilmoqda. Bugungi kunda raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash mamlakatimiz ta’lim tizimini dunyo ta’lim tizimi bilan muvofiq holga keltirish yo‘llaridan biri sifatida ko‘rib chiqilmoqda.
Raqobatbardosh malakali kadrlarning eng muhim sifatlari orasida quyidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin:

  • o‘quvdagi o‘zlashtirishning yuqori darajasi va o‘zini o‘zi rivojlantirishga qodirligi;

  • mehnat va ta’lim xizmatlari bozorida tegishli ta’lim tashkilotida olingan malakani tasdiqlash;

  • ishlab chiqarishda yuqori darajadagi ijtimoiy faollik va mehnat unumdorligi;

  • ishlab chiqarishda intizomlilik, mas’uliyat, ixtirochilik, ijodkorlik;

  • o‘quv fanlari bo‘yicha olimpiadalar hamda tanlangan kasb mahorati tanlovlarida qatnashish va g‘olib chiqish;

  • ta’limni davom ettirishga ehtiyoj.

Ta’lim tashkilotining aynan shunday xislatlarga ega bo‘lgan bitiruvchisi qo‘yilgan talablarga muvofiq mahsulot tayyorlashi yoki xizmat ko‘rsatishi mumkin.
Ta’lim tashkilotlari, har tomonlama еtuk shaxsni shakllantirish uchun, rivojlanish yo‘lidan borishi kerak. Aksariyat amaliyotchi xodimlar buni anglab еtgan holda, eskicha yondashuvlarni takomillashtirishni emas, balki ta’lim tizimini innovatsion strategiya ruhida rivojlantirishni tan olmoqdalar. Yosh avlod ta’lim-tarbiyasidagi innovatsion harakat jamiyatdagi real o‘zgarishlarni va shaxs ehtiyojini hisobga olishga yo‘naltirilgan.
Innovatsion ta’lim strategiyasi ta’lim sifatini boshqarishda alohida boshqaruvchilik yondashuvini taqozo etadi. Quyidagilar bunday boshqaruvning asosiy ob’ektlari hisoblanadi:

  • pedagog mutaxassis, fuqaro shaxsini shakllantirish va rivojlantirishda professional tashkilotchi hamda yordamchi sifatida;

  • ta’limning mazmuniy negizi;

  • pedagogik jarayonni tashkil etish texnologiyasi va boshqalar.

Ilmiy-pedagogik adabiyotlarda hamda ta’lim va tarbiya amaliyotida «innovatsiya» so‘zi qanday tushuniladi?
Mamlakatimizda va xorijda o‘tkazilgan bir qator tadqiqotlar ushbu hodisani o‘rganishga bag‘ishlangan. Masalan, ayrim mualliflar «yangiliklar yaratish, ularning pedagoglar tomonidan o‘zlashtirilishi va ta’lim amaliyotida foydalanilishi jarayonlari»ni (N. Yusufbekov) innovatsion jarayonlar deb hisoblashni taklif qilmoqdalar. Ular innovatsiyani, jamiyat madaniy o‘zgarishlarining negizi sifatida ko‘rib chiqmoqdalarki, bu bizningcha, juda qimmatlidir.
Boshqalar esa «pedagogik tizimning tartibga solinmaydigan erkin maydonida rivojlanish istiqboliga oid ehtiyojga ta’sirchanligi asosida vujudga kelgan yangiliklar uning mikroboshqarishlar fondini tashkil etadi», deb hisoblamoqdalar (V. N. Vinogradov).
Ayrim olimlar yangi maqsadlarni, metodlarni, metodikani, dasturlarni, vositalarni, mazmunni, faoliyatni tashkil etish shakllarini, boshqaruv turlarini va boshqalarni yangilik sifatida talqin qilmoqdalar.
«Yangilanish – yangi hodisa, yangi odat, yangi metod, ixtiro», – degan ta’rif ham mavjud (Yu. Krasovskiy). Ta’limda innovatsiyalar yangi jarayonlar, konsepsiyalar, ta’lim texnologiyalarini yaratish va o‘zlashtirishni ko‘zda tutadi va h. k.
Ta’lim sifatini boshqarish, eng avvalo, boshqaruv kadrlari tomonidan ta’lim va kadrlar tayyorlash jarayonini kuzatish kabi faoliyat turidan foydalanishni ko‘zda tutadi. Buning uchun ular tegishli metodlarni, jumladan, kvalimetriya asoslarini, ya’ni sifatni miqdoriy baholash metodini qo‘llash orqali ta’lim sifatining boshlang‘ich va berilgan holatini aniq belgilashlari lozim bo‘ladi. Ilmiy adabiyotlarda ma’sulot, xizmatlar sifatini baholash, boshqaruv faoliyatining baholash obyekti to‘g‘risida qadriyat borasidagi mulohazalarni shakllantirishga qaratilgan funksiyasining alohida tipiga kiritiladi.
Ta’lim sifatini o‘lchash sifat o‘lchovini belgilash va uning qiymatini maxsus algoritmlar yordamida olishni ko‘zda tutadi.
Bunday jarayonning samaradorligi baholashning statistik metodlarini qo‘llash orqali ta’minlanadi. Bu baholanayotgan ob’ektning sifat ko‘rsatkichlari qiymati aksariyat hollarda tasodifiy kattaliklar deb hisoblanishi bilan bog‘liqdir. Bunday holat ana shu sifatga bevosita yoki bilvosita ta’sir ko‘rsatuvchi ko‘plab omillar va shart-sharoitlar bilan izohlanadi. Shu bois boshqaruv tarkibi ta’lim sifati haqidagi axborotni olish va ishlashning statistik metodlarini qo‘llay bilishi kerak.

Download 27,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish