7-sinfda kompyuter darslari uchun testlar tuzish reja



Download 325,51 Kb.
bet1/10
Sana30.09.2021
Hajmi325,51 Kb.
#189931
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
7-SINFDA KOMPYUTER DARSLARI UCHUN TESTLAR TUZISH


7-SINFDA KOMPYUTER DARSLARI UCHUN TESTLAR TUZISH
REJA:

1. 7 – SINFDA ATOM MOLЕKULYAR TA’LIMOT VA KIMYONING ASOSIY TUSHUNCHA, QOIDALARINI O’QITISH MЕTODIKASI

2. 7-SINF KIMYO DARSLARI UCHUN NOSTANDART TESTLAR TUZISH

7 – sinfda atom molеkulyar ta’limot va kimyoning asosiy tushuncha, qoidalarini o’qitish mеtodikasi.

«Moddalar va ulardagi o’zgarishlar» mavzusida o’quv-tarbiya vazifalari bilan bir qatorda modda haqida ham tushuncha beriladi. O’qitish jarayonining bu bosqichiga alohida e’tibor berish lozim, chunki kimyoni bundan keyin muvaffaqiyatli o’zlashtirilishi ko’p jihatdan ana shu bosqichga bog’liq.

7-sinf kimyo kursida o’quvchilar kimyo - moddalar va ularning o’zgarishlari haqidagi fan ekanligi bilan tanishganlaridan keyin (birinchi dars), o’qituvchi modda tushunchasiga o’tishi uchun bir necha moddalarning namunalarini olib, ularning fizi­kaviy xossalari bilan tanishtiradi. Masalan, oltingugurt sariq rangli kristall modda, suvda erimaydi, zichligi 2,08 g/sm3, suyuqlanish temperaturasi 112,8 ”C. Suvni olsak. uning zichligi 1 g/sm3 ga yaqin, 0 °C da muzlaydi, 100 °C da qaynaydi, tabiatda haroratga qarab, uch xil agregat holatida uchraydi: bug, suyuq, qattiq. O’qituvchi moddalarning fizikaviy xossalarini aniqlash uchun ularni toza holatda olish zarurligini ta’kidlaydi va faqat toza moddalargina o’zgarmas fizikaviy xossalar namoyon qilishini tu­shuntirib, modda tushunchasining ta’rifi bilan tanishtiradi.

Muayyan sharoitda o’zgarmas fizikaviy xossalarga ega bo’lgan materiyaning har bir turi modda deb ataladi. So’ngra quyidagi masalalar bilan tanishtiradi: moddalar va ularning xossalari (uchinchi dars), moddalarning tarkibiy zarrachalari (oltinchi dars), molekulyar va nomolekulyar tuzilishli moddalar (yettinchi dars), aralashmalardagi moddalarni bir-biridan ajratish usul­lari, toza modda olish (sakkizinchi dars), oddiy va murakkab mod­dalar (to’qqizinchi dars), moddalaming agregat holatlari (o’ninchi dars).

Aralashmalar va toza moddalar (sakkizinchi dars). Bu darsda o’qituvchi aralashma va toza modda tushunchasiga o’quvchilar e’tiborini jalb qiladi. O’qituvchi bu tushunchalami quyidagicha tushuntiradi.

Moddalarning ma’lum xossalarini: fizik va kimyoviy xossalari­ni esga olishni, ikkinchi darsda tanishilgan moddalarning xossalari haqida gapirib berishni o’quvchilarga taklif qiladi Toza moddalarning xossalari o’zgarmasligini eslatadi. Tabiatda toza moddalar juda kam uchrashi, ko’pincha ularga ayrim begona jinslar qo’shilgan, ya’ni bir necha xil moddaning aralashmasi holida bo’lishligi va bu darsdan ko’zlangan maqsad o’quvchilarni aralashmalarning bir nechtasi bilan tanishtirish, shu bilan birga bu aralashmalardagi moddalarni qanday qilib bilib olish mumkinligi haqida gapiradi. So’ngra o’qituvchi granit bo’laklarini ko’rsatadi, o’quvchilar stolga qo’yib chiqilgan granit bo’laklarida har xil: shaffof bo’lmagan och qizil (dala shpati), rangsiz, yarim shaffof (kvars), yupqa, yaltiroq (slyuda) donachalar borligini osongina payqab oladilar; granit birgina moddadan iborat bo’lmay, balki uchta har xil moddaning aralashmasi ekanligini aniqlaydilar. Shundan keyin o’quvchilar oltingugurtning temir bilan aralashmasini ко’rib chiqadilar. O’quvchilar oltingugurt va temirning xossalarini avvalgi darslardan bilib olganlar. Sarg’ish qora tusli kukun oltingugurt bilan temir aralashmasi o’quvchilar ish stoliga qo’yib chiqiladi. O’qituvchi bir necha moddaning aralashmasini diqqat bilan ко’rib chiqishni o’quvchilarga tavsiya etadi. O’quvchilar kukunda har xil tush -sariq va kulrang mayda zarrachalar borligini aniqlaydilar va bu kukun ikki modda - oltingugurt bilan temir aralashmasi bo’lsa kerak, degan xulosaga keladilar. O’quvchilar o’z taxminlarini isbotlash uchun oltingugurt va temirning o’ziga xos bo’lgan xususiyatlarini esga oladilar. Bu moddalarni o’qituvchining demonstratsion stolidan topadilar; ularning xossa va xususiyatlarini aytib beradilar; temirning oltingugurtdan farq qilib, magnitga to’rtinchini esga oladilar. Kukunga magnitni yaqinlashtiradilar va bu kukundan temir ajralib chiqib, qog’oz ustida oltingugurt qolishiga ishonch hosil qiladilar.

Tashqi ko’rinishi jihatidan toza moddadan farq qilish ancha qiyin bo’lgan aralashmaga misol qilib, o’qituvchi «Sutni toza modda desa bo’ladimi?», «Kundalik kuzatishlarimizdagi qanday faktlar bundan dalolat beradi?», «Sut o’z tarkibiga ko’ra qanday modda bo’lishi kerak?» degan savollarni hal qilishni o’quvchilarning o’zlariga havola qiladi. O’quvchilar sut bitta modda emas, balki bir necha moddaning aralashmasi, u asosan suvdan iborat, bu suvda juda mayda moy tomchilari, oqsil va boshqa moddalar bo’ladi, shuning uchun ham sut dan qaymoq va suzma qilinadi, degan xulosaga keladilar.

Nihoyat, o’qituvchi o’quvchilar stoliga qo’yilgan uchta probirkadagi rangsiz, juda tiniq suyuqliklarga ular e’tiborini jalb qila­di, uchala probirkadagi ham suv ekanligini uqtiradi va o’quvchilarga: «Probirkaning hammasidagi ham suvmikan? Agar shunday bo’lsa, bunga qanday ishonish mumkin?» degan savol beradi. O’quvchilar rangsiz, shaffof har xil moddalarni bir-biridan ajratishga yordam beradigan xossalarini (hidi va ta’mini) aytadilar. Probirkadagi suyuqliklarning hidi va ta’miga qarab, bu probirkalarning birida - toza suv, ikkinchisida - suv bilan sirka, uchinchisida esa suv bilan tuz bo’lsa kerak, deb taxmin qiladilar. O’quvchilarni to’liq ishontirish uchun o’qituvchi tunuka bo’lagini olib, eritmaning har biridan bir necha tomchidan tunuka ustiga tomizib, tunukani qizdiradi. Bunda birinchi va ikkinchi suyuqlik buglangandan keyin tunukada hech narsa qolmaydi, uchinchisida esa oq kukun (tuz) qoladi. O’qituvchi oldindan tayyorlab qo’yilgan termometrli probirkalarga xuddi shu suyuqliklardan solib, ularni qaynaguncha qizdiradi - birinchi va ikkinchi suyuqlik 100 °C atrofida, uchinchi suyuqlik esa birmuncha yuqoriroq temperaturada, taxminan 103 °C da qaynaydi. Dars oxirida o’qituvchi o’quvchilarga quyidagi savollarni beradi:

1. Qanday belgilariga qarab, aralashmalarni toza moddalardan farq qilish mumkin? 2. Tabiiy suv toza modda yoki aralashma ekanligiga qanday ishonish mumkin?

3. Aralashmalardagi moddalarning o’ziga xos xususiyatlari o’zgaradimi?

Shunday qilib, «Toza moddalar va aralashmalar» mavzusidagi darsning umumiy rejasi taxminan quyidagicha bo’ladi:

  1. darsdan kuzatilgan maqsad;

  2. moddalar va ularning xossalari (takrorlash);

  1. granit - moddalar aralashmasi namunasi (granit namunalari qolib chiqiladi);

  2. aralashmalarga boshqa misollar (oltingugurt bilan temir aralashmasi, sut);

  1. toza modda va aralashmani bilib olish yuzasidan eksperi­mental masalalar;

  2. aralashma va toza modda tushunchalarini; aralashmalardagi moddalarni bilib olish usullarini umumlashtirish (savollar bo’yicha) va yakunlash.

Moddalarni sinflarga ajratish ko’rsatkichi. Moddalarni faqat tarkibiga qarab sinflarga ajratish o’quvchilarning modda to’g’risidagi bilimlarini rivojlantirmaydi. Dastavval o’quvchilar moddalarning tarkibi bo’yicha ajratilgan sinflar bilan tanishadilar. Moddalar oddiy va murakkab moddalarga ajraladi, Oddiy mod­dalar, o’z navbatida, metallar va metallmaslar sinfiga bo’linadi. Moddalarning elektron tuzilishi va kimyoviy bo’glanish o’rganilgandan so’ng moddalar kimyoviy bog’lanish tabiati va kristall panjaralari bo’yicha sinflanadi. Metallar metall bog’lanish va metall kristall panjara tuzilishiga ega. Metalmaslarda qutbsiz kovalent bog’lanish, molekulyar yoki atom kristall panjaralar mavjud.

Elektrolitik dissotsiatsiyalanish nazariyasi bo’limi mavzularida moddalarning sinflanishi rivojlantiriladi. Murakkab moddalar anorganik va organik moddalarga ajratiladi. Anorganik moddalar oksidlar, asoslar, kislotalar, tuzlar sinflariga bo’linadi. Ularda ionli va qutbli kovalent bog’lanishlar mavjud bo’lib, ionli va molekul­yar kristall panjaralar tuzilishiga ega. Ular asosan elektrolitlardir. Organik moddalar uglevodorodlar, kislorodli organik moddalar, azotli organik moddalar sinflariga ajratiladi. Ular qutbli kovalent bog’langan. Noelektrolit xossalarini namoyon qiladi. Demak, moddalarni sinflarga ajratishning asosiy ko’rsatkichi ularning tarkibi va tuzilishi hisoblanadi. Okisdlanish — qaytarilish reaksiyalari o’rganilgandan so’ng moddalar oksidlovchi va qaytariluvchiIar sinfiga bo’linadi.


Download 325,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish