20-mavzu
1. Qachon "Bayt ul-hikma" - "donishmandlik uyi" tashkil etilgan edi?
A) IX asrda S) XI asrda
B) X asrda D) XII asrda
2. Qaysi shaharda "Bayt ul-hikma" - "donishmandlik uyi" tashkil etilgan edi?
A) Madina S) Makka
B) Damashq D) Bag’dod
3. Arab xalifaligining qaysi shaharlarida astronomik kuzatishlar olib boriladigan rasadxonalar mavjud edi?
A) Makka va Madina S) Qohira va Quddus
B) Bag’dod va Damashq D) Samarqand va Buxoro
4. "Bayt ul-hikma" - "donishmandlik uyi ”da qaysi olimlar ijod qilgan?
1. Abu Nasr ibn Iroq. 2. Al-Xorazmiy 3. Abulxayr ibn Hammor. 4.Yahyo bin Abu Mansur. 5. Abu Sahl Masihiy. 6. Ahmad al-Marvaziy. 7. Abu Rayhon Beruniy. 8. Al-Abbos Javhariy. 9. Abu Ali ibn Sino.
A) 1-2-3-4-5 S) 1-3-5-7-9
B) 6-7-8-9-10 D) 2-4-6-8-10
5. Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy yashab ijod qilgan yillar?
A) 783-850-yillar S) 810-870-yillar
B) 797-865-yillar D) 824-894-yillar
6. 813-833-yillarda kim Arab xalifasi bo’lgan?
A) Mu'tazid S) Mansur
B) Ma'mun D) Mo’min
7. Kim xalifa Ma'mun zamonida "Bayt ul-hikma" da mudir sifatida faoliyat ko’rsatadi?
A) Abu Ali ibn Sino S) Abu Rayhon Beruniy
B) Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy D) Abu Nasr Farobiy
8. Kim 20 dan ortiq asarlar yozdi?
A) Abu Ali ibn Sino S) Abu Rayhon Beruniy
B) Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy D) Abu Nasr Farobiy
9. Muhammad ibn Muso al-Xorazmiydan faqat nechta asar bizgacha yetib kelgan?
A) 8 S)12
B) 10 D)14
10. Muhammad ibn Muso al-Xorazmiyning matematikaga doir asarlari?
A) "Zij", "Usturlob bilan ishlash haqida kitob".
B) "Al-jabr val-muqobala", "Hind hisobi haqida".
S) "Kitob at-tarix", "Yahudiylarning taqvimi va bayramlarini aniqlash haqida risola"
D) ''Kitob surat ul-arz", "Samoviy harakatlar va umumiy ilmi nujum"
13. Kim "Al-jabr val-muqobala" kitobi bilan matematika tarixida birinchi bo’lib algebra faniga asos soldi?
A) Abu Ali ibn Sino S) Abu Rayhon Beruniy
B) Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy D) Abu Nasr Farobiy
15. Kimning nomi matematika fanida "algoritm" atamasi shaklida o’z ifodasini topdi?
A) Abu Ali ibn Sino S) Abu Rayhon Beruniy
B) Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy D) Abu Nasr Farobiy
16. Muhammad ibn Muso al-Xorazmiyning "Al-jabr" asari qachon Ispaniyada lotin tiliga tarjima qilinadi?
A) IX asrda S) XI asrda
B) X asrda D) XII asrda
17. Kimning arifmetik risolasi hind raqamlariga asoslangan o’nlik hisoblash tizimining Yevropada, qolaversa, butun dunyoda tarqalishida buyuk ahamiyat kasb etdi?
A) Abu Ali ibn Sino S) Abu Rayhon Beruniy
B) Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy D) Abu Nasr Farobiy
18. Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Kasir al-Farg’oniy yashab ijod qilgan yillar?
A) 783-850-yillar S) 810-870-yillar
B) 797-865-yillar D) 824-894-yillar
19. Ahmad al-Farg’oniy Farg’ona vodiysidagi qaysi shaharda tavallud topgan?
A) Koson S) Quva
B) Axsikat D) Farob
20. Kim Damashqdagi rasadxonada osmon jismlari harakati va o’rnini aniqlash, yangicha zij yaratish ishlariga rahbarlik qildi?
A) Abulqosim Mahmud az-Zamaxshariy S) Ahmad al-Farg’oniy
B) Abu Bakr ar-Roziy D) Abul Qosim Firdavsiy
21. Kim 832-833-yillarda Suriyaning shimolida Sinjor dashtida va ar-Raqqa oralig’ida yer meridiani bir darajasining uzunligini o’lchashda qatnashdi?
A) Abulqosim Mahmud az-Zamaxshariy S) Ahmad al-Farg’oniy
B) Abu Bakr ar-Roziy D) Abul Qosim Firdavsiy
22. Kimning rahbarligida Nil daryosi sohilida qurilgan qadimgi gidrometr – daryo oqimi sathini belgilaydigan “Miqyos an - Nil” inshooti va uning darajoti qayta tiklandi?
A) Abulqosim Mahmud az-Zamaxshariy S) Ahmad al-Farg’oniy
B) Abu Bakr ar-Roziy D) Abul Qosim Firdavsiy
23. Qachon "Miqyos an-Nil" inshooti va uning darajoti qayta tiklandi?
A) 855 yil S) 872 yil
B) 861 yil D) 884 yil
24. Kimning "Astronomiya asoslari” nomli kitobi bir necha asrlar davomida Yevropa universitetlarida astronomiya fani bo’yicha asosiy darslik sifatida foydalanildi?
A) Abulqosim Mahmud az-Zamaxshariy S) Ahmad al-Farg’oniy
B) Abu Bakr ar-Roziy D) Abul Qosim Firdavsiy
25. Ahmad al – Farg’oniyning nechta asari bizgacha yetib kelgan?
A) 8 S) 12
B) 10 D) 14
26. “Samoviy harakatlar va umumiy ilmi nujum” asarining muallifi?
A) Abulqosim Mahmud az-Zamaxshariy S) Ahmad al-Farg’oniy
B) Abu Bakr ar-Roziy D) Abul Qosim Firdavsiy
27. Qachon Ahmad al-Farg’oniy tavalludining 1200 yilligi nishonlandi?
A) 1997-yil oktabr S) 1999-yil noyabr
B) 1998-yil oktabr D) 2000-yil noyabr
28. Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy yashab ijod qilgan yillar?
A) 783-850-yillar S) 810-870-yillar
B) 797-865-yillar D) 824-894-yillar
29. Abu Iso Muhammad at-Termiziy yashab ijod qilgan yillar?
A) 783-850-yillar S) 810-870-yillar
B) 797-865-yillar D) 824-894-yillar
30. Kim islom ta'limotiga oid 20 dan ortiq asar yozdi?
A) Imom al-Buxoriy S) Abu Mansur al-Moturidiy
B) Imom at-Termiziy D) Burhonuddin al-Marg’inoniy
31. Imom al-Buxoriyning asari?
A) "Kitob surat ul-arz" S) "Kitob at-Tavhid"
B) "Al-jome' as-sahih" D) "Ta'vilot ahl as-sunna"
32. Imom al-Buxoriyning "Al-jome' as-sahih" asariga necha hadis kiritilgan?
A) 7275 S) 7677
B) 7572 D) 7776
33. Qachon Imom al-Buxoriy tavalludining 1225-yilligi nishonlandi?
A) 1997-yil oktabr S) 1999-yil noyabr
B) 1998-yil oktabr D) 2000-yil noyabr
34. Imom al-Buxoriyga qayerda "Imom al-Buxoriy yodgorlik majmui" barpo etildi?
A) Xorazm viloyati Karaul qishlog’i S) Buxoro viloyati Zandana qishlog’i
B) Samarqand viloyati Xartang qishlog’i D) Samarqand viloyati Vador qishlog’i.
35. Imom al-Buxoriyning "Al-jome’ as-sahih" asari necha jilddan iborat?
A) 3 jild S) 5 jild
B) 4 jild D) 6 jild
36. Qaysi so’z arabcha: rivoyat, naql degan ma'noni anglatadi?
A) Tafsir S) Kalom
B) Hadis D) Fiqh
37. Islom dinida Qur'ondan keyingi muqaddas manba, Muhammad payg’ambarning (s.a.v.) faoliyati va ko’rsatmalari haqida rivoyatlar majmui bu?
A) Tafsir S) Kalom
B) Hadis D) Fiqh
38. Abu Mansur al-Moturidiy yashab ijod qilgan yillar?
A) 865-925-yillar S) 873-950-yillar
B) 870-944-yillar D) 899-959-yillar
39. Abu Mansur al-Moturidiyning asarlari?
A) "Kitob surat ul-arz", "Al-jome' as-sahih" S) "Kitob at-Tavhid", "Ta'vilot ahl as-sunna"
B) "Al-Mufassal", "Al-Kashshof” D) "Al-qonun fit-tib", "Hidoya"
40. Qaysi asarning tarjimasi "Allohning birligi" degani?
A) "Kitob surat ul-arz" S) "Kitob at-Tavhid"
B) "Al-jome' as-sahih" D) "Ta'vilot ahl as-sunna”
41. Qaysi asarning tarjimasi "Sunniylik an'analari sharhi" degani?
A) "Kitob surat ul-arz" S) "Kitob at-Tavhid"
B) "Al-jome' as-sahih" D) "Ta'vilot ahl as-sunna”
42. Abu Mansur al-Moturidiy qaysi viloyatdagi Moturid qishlog’ida tug’ildi?
A) Xorazm S) Samarqand
B) Farg’ona D) Buxoro
43. Qachon Abu Mansur al-Moturidiy tavalludining 1130 yilligi nishonland?
A) 1997-yil oktabr S) 1999-yil noyabr
B) 1998-yil oktabr D) 2000-yil noyabr
44. Qayerda Abu Mansur al-Moturidiy xotirasiga bag'ishlangan yodgorlik majmui barpo etildi?
A) Xorazm S) Samarqand
B) Farg’ona D) Buxoro
45. Qachon "Doral hikma va maorif ("Bilimdonlik va maorif uyi") –“Ma’mun - akademiyasi" shakllangan?
A) 995 yil S) 1010 yil
B) 1004 yil D) 1017 yil
46. Qayerda "Dorul hikma va maorif ("Bilimdonlik va maorif uyi”) – “Ma’mun akademiyasi" shakllangan?
A) Xorazm S) Samarqand
B) Farg’ona D) Buxoro
47. "Dorul hikma va maorif” ("Bilimdonlik va maorif uyi") - "Ma’mun akademiyasi" ning asosini kimlar tashkil etgan?
1. Abu Nasr ibn Iroq. 2. Al-Xorazmiy. 3. Abulxayr ibn Hammor. 4. Yahyo bin Abu Mansur. 5. Abu Sahl Masihiy. 6. Ahmad al-Marvaziy. 7. Abu Rayhon Beruniy. 8. Al-Abbos Javhariy. 9. Abu Ali ibn Sino. 10. Al-Farg’oniy.
A) 1, 2, 3, 4, 5 S) 1, 3, 5, 7, 9
B) 6, 7, 8, 9, 10 D) 2, 4, 6, 8, 10
Do'stlaringiz bilan baham: |