7-sinf Tarbiya fanidan testlar 4-chorak uchun
1”G’aflat uyqusidagi insonlar” qanday insonlar hisoblanadi?
A.O’zining kim ekanligini anglab yetmaydigan insonlar B.Ertasi haqida qayg’urmaydigan insonlar C.Loqayd va befarq insonlar D.Barcha javoblar to’g’ri
2.O’zbekistonda qancha aholi internet tarmog’idan foydalanadi?
A.4.1 mlrd B.12.2 mln C.3.5 mlrd D.11.2 mln
3.Dunyo aholisining necha foizi ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishadi?
A.40-50% B.60-70% C.55-60% D.45-50%
4.Xalqaro telekanal boshlovchisi qaysi buyuk ajdodimiz haqida:”Bugun biz qayerda va qachon bo’lishimizdan qay’iy nazar ,kofe yoki choy ustida xohlagan kishimiz bilan internetda erkin suhbatlashganimizda ,veb sahifalarni kuzatayotganimizda ,chegaralanmagan hajmdagi axborotlarni saqlayotganimizda barcha xaytek rivojiga ulkan hissa qo’shgan Markasiy osiyolik mutafakkir turganligini sedan chiqarmasligimiz kerak” degan edi?
A.Al-Xorazmiy B.Al-Beruniy C.Ibn Sino D.Al-Farobiy
5.”Begona mehmonlar” hikoyasida ota o’g’liga insonni kibrlantiradigan narsalar haqida nasihat qilgan edi?
A.Aql,boylik,go’zallik.sog’lik B.Boylik,ilm,martaba,husn C.Pul,martaba,go’zallik,mijoz
D.Boylik,mehr,amal,husn
6.Donishmanddan:”Qanday odam mukammal odam?” deb so’rashganida ,qanday insonni eng mukammal inson deb javob bergan?
A.Tarbiyali odam B.Bilimli odam C.Iymoni mustahkam odam D.Yaxshilik qiladigan odam
7.Qaysi qushlar misolida jamoaviylikning ulkan namunasini ko’rishimiz mumkin?
A.Laylaklar B.Qaldirg’ochlar C. Oqqushlar D.Turnalar
8.”Yaxshi hayot harakat bilan hisoblashadi” fikri muallifi kim?
A.Sofokl B.Arastu C.Suqrot D.Aflotun
9.Nuqtalar o’rnini to’ldiring.”Ilmli kishi xazina bo’lsa ,……….uning kaliti”.
A.Kitob B.Savol C.Harakat D.Bilim
10.Alisher Navoiy odamlar bilan muomala qilganda nimaga muomala qilgandek munosabatda bo’lshni nasihat qilgan edi?
A.Tabiiy ofat B.Olov C.Oyna D.Yosh bola
11.”Talabaning muvaffaqiyati siri” hikoyasidagi talabaning muvaffaqiyati siri nimada edi?
A.O’qiganini takrorlash B.Sabr bilan mehnat qilish C.Maqsad sari intilish D.Barchasi to’gri
12.”Inoq oila” hikoyasida oqsoqol hukmdorga tinchlik va xotirjamlik sirini qaysi so’zlar bilan ifodalab qog’ozga yozib bergan edi?
A.Saqoqat,sevgi,halollik B.Matonat,iymon,muhabbat C.Sabrlilik,kechirimlilik,muhabbat
D.Aqllilik,insoniylik,halollik
13.Nuqtalar o’rnini to’ldiring ……..-ikki tomonlama tushunish uchun asosdir.
A.Tinglash qobiliyati B.Xayrixoh bo’lish C.Savol berish D.Tana harakatlaridan foydalanish
14.Rahbarlar,yo’lboshchilar va tadbirkorlarga yuqori darajaga ko’tarilishida yordam beruvchi xususiyat qaysi?
A.Insoniylik B.Kommunikativlik C.Tejamkorlik D.Bilimlilik
15.Munosib hayotning kaliti nima?
A.Bilim B.Kitob C.Yaxshilik D.Harakat
16”.Kimnidir yaxshi tarafga o’zgartirmoqchi bo’lsang, avvalo, ……..”Nuqtalar o’rnini to’ldiring.
A.o’zing o’zgar B.fikringni o’zgartir C. u bilan do’stlash D.harakat qil
17.Qanday qilib faol fuqaro bo’lish mumkin?
A.Saylovlarda ishtirok etib B.Qonunlarga amal qilib C.Boshqalarni hurmat qilish va ko’maklashish D.Barcha javoblar to’g’ri
18.2-jahon urushi yillarida Varshavalik sanitar Irena Sendler necha nafar bolani qutqarib qolgan ?
A.2500 nafar B.3000 nafar C.1500 nafar D.5000 nafar
19.”Tolerantlik “ qaysi so’zning ma’nodoshi hisoblanadi?
A.Rostgo’ylik B.Bag’rikenglik C.Halollik D Yaxshilik
20.”Olimjonni o’ylantirgan savol “ hikoyasida o’qituvchi Olimjonga qanday kutilmagan savol berdi?
A.Tadbirkorlikning kaliti nimada? B.Nima uchun inson yaxshilik qilishi kerak? C.O’quv binosini tozalaydigan farrosh ayolning ismi-familiyasi nima? D.Nimaning chegarasi yo’q?
21.Dunyoda qancha aholi internet tarmog’idan foydalanadi? (4.1 milliard aholi)
22.Bezovtalikdan avval nimani qadriga yetish kerak? (xotirjamlik)
23.Chekish o’smirlarning ruhiy holatiga qanday ta’sir ko’rsatadi? (zehni pasayadi,xotira yomonlashadi)
24.”Apple” korporatsiyasi asoschisi kim? (Stiv Jobs)
25.Muzokara olib borishda eng muhimi nima?(ravon nutq va fikrni to’g’ri ifodalash)
KALITLAR:
1D 6C 11D 16A
2B 7D 12C 17D
3C 8A 13A 18A
4A 9B 14B 19B
5B 10B 15D 20C
Do'stlaringiz bilan baham: |