Fizik xossalari. Tuzlar — kristall tuzilishdagi qattiq, turli rangdagi moddalar bo‘lib, suvda har xil erish qobiliyatiga ega. Tuzlar tarkibida kristallizatsion suv tutishi mumkin .
CaO→CaCO3
NaOH → Na2CO3
Al → AlCl3
C→CO2 → CaCO3
Uyga vazifa: Ekrandagi o’zgarishni (zanjir reaksiyasini) yechish
__________________________________________________________________________________
Mavzu : Ekvivalent qonuni
O‘qituvchi: Sevara Hasanova
Mavzu bayoni: Ekvivalent — teng qiymatli demakdir.
Tarkibning doimiylik qonuniga ko‘ra, birikmalar hosil bo‘lishida uning tarkibiy qismlari bir-biri bilan qat’iy miqdoriy nisbatlarda birikadi.
S huning uchun kimyoda ekvivalent va ekvivalent massa degan tushunchalar muhim ahamiyatga ega.
Uyga vazifa: Ekrandagi moddalar(Ca, CaO, Ca(OH)2, H3PO4, Ca3(PO4)2) ekvivalentligini topish
__________________________________________________________________________________
Mavzu : Tuzlar.Tuzlar tarkibi, tuzilishi va nomlanishi
O‘qituvchi: Sevara Hasanova
Mavzu bayoni:
Tuzlar deb - metall atomlari (yoki NH4+) va kislota qoldig’idan iborat murakkab moddalarga aytiladi.
Nomlanishi. Tuzlarning nomi metall atomi va kislota qoldig‘i nomidan keltirib chiqariladi.Tuzlar o‘rta, asosli, nordon tuzlarga bo‘linadi va ular shunga monand ravishda nomlanadi.
O‘rta tuzlar uchun nomlash usullarini ko‘rib chiqamiz.Tuzlarning nomi o‘zgarmas valentli metallar uchun «metall atomi nomi + kislota qoldig‘i nomi» shaklida yasaladi.Agar metall atomi o‘zgaruvchan valentli bo‘lsa va bir necha xil tuzlar hosil qilsa, metall atomi nomidan so‘ng uning valentligi qavs ichida rim raqami bilan ko‘rsatiladi va qavsdan keyin chiziqcha qo‘yiladi hamda kislota qoldig‘i nomi yoziladi: «metall atomi nomi + (metall atomi valentligi rim raqamida) + [-chiziqcha] + kislota qoldig‘i nomi».
Nordon tuzlar uchun nomlash usullarini ko‘rib chiqamiz.Tuzlarning nomi o‘zgarmas valentli metallar uchun o‘rta tuz nomi o‘rtasiga «gidro» so‘zi qo‘shilib, «metall atomi nomi + gidro +kislota qoldig‘i nomi» shaklida yasaladi.
Agar metall atomi o‘zgaruvchan valentli bo‘lsa va bir necha xil tuzlar hosil qilsa, metall atomi nomidan so‘ng uning valentligi qavs ichida rim raqami bilan ko‘rsatiladi va qavsdan keyin chiziqcha qo‘yiladi hamda «gidro» so‘zi va kislota qoldig‘i nomi yoziladi: «metall atomi nomi + (metall atomi valentligi rim raqamida) + [-chiziqcha] + gidro + kislota qoldig 'i nomi».
Asosli tuzlar uchun nomlash usullarini ko‘rib chiqamiz.Tuzlarning nomi o‘zgarmas valentli metallar uchun o‘rta tuz nomi o‘rtasiga «gidrokso» so‘zi qo‘shilib, «metall atomi nomi + gidrokso +kislota qoldig‘i nomi» shaklida yasaladi.
Uyga vazifa: 125-126-betdagi mavzuni o’qish, savollarga javob yozish
__________________________________________________________________________________
Do'stlaringiz bilan baham: |