to’qnashtirishga erishgan?
A) Marvon II. B) Mansur. C) Muoviya I. D) Mu’tazid.
Qaysi Arab xalifasi safforiylar hukmdori Amr ibn Laysga Xuroson bilan birga Movarounnahr ustidan ham hukm yuritish huquqi berilgani haqida farmon chiqaradi va uni Ismoilga qarshi gijgijlaydi?
A) Marvon II. B) Mansur. C) Muoviya I. D) Mu’tazid.
Qachon Ismoil Somoniy bilan Amr ibn Layslar o’rtasida urush boshlanadi?
A) 897-yil. B) 898-yil. C) 899-yil. D) 900-yil.
Qachon butun Xuroson somoniylar qo’l ostiga o’tadi? A) 897-yil. B) 898-yil. C) 899-yil. D) 900-yil.
865-999-yillarda qaysi davlat Xuroson va Movarounnahrda hukmronlik qilgan?
A) Tohiriylar davlati. B) G’aznaviylar davlati.
C) Safforiylar davlati. D) Somoniylar davlati.
Ma’lumki, Somoniylar mamlakatui boshqarishda dastavval ixcham boshqaruv ma’muriyatini tashkil etdilar. Ular nimalardan iborat edi?
Amid ul-mulk va devonlardan iborat edi
Hojibi buzruk va ulamolardan iborat edi
Bosh boshqaruv mahkamasi va devonlardan iborat edi
Amir dargohi va devonlardan iborat edi
Somoniylar dargohida kimlarning turar joylari bo’lardi?
1) amir qarorgohi va harami; 2) saroy a’yonlari;
3) mahlliy mulkdorlar; 4) navkarlar; 5) xizmatkorlar A) 1,2,4,5 B) 1,2,3,4,5 C) 1,2,3 D) 1,4,5
Kimning yozishicha, Somoniylar boshqaruvi asosan vazir, mustovfiy, amid ul-mulk, sohibi shurat kabi o’nta devon orqali idora etilib, ular orasida vazir devoni bosh boshqaruv mahkamasi hisoblanardi?
A) Bayhaqiy. B) Gardiyziy. C) Beruniy. D) Narshaxiy.
Somoniylar boshqaruvi asosan o’nta devon orqali idora etilib, ular orasida qaysi devon bosh boshqaruv mahkamasi hisoblanardi?
A) Vazir devoni. B) Amid ul-mulk.
C) Mustovfiy. D) Sohibi shurat.
914-943-yillarda Somoniylar davlatida kim hukmdor bo’lgan?
A) Nuh. B) Nasr. C) Nuh II. D) Nasr II.
Somoniylar davlati ravnaq topgan davrda qaysi hududlarda hukm yurgizgan ?
Movarounnahr va Xuroson
Shimoliy va Sharqiy Eron
Shimoliy Hindiston va Jung’oriya D) A va B
Somoniylar davlatida kimning hukmronligi davrida Buxoroning Registon maydonida amir qasri qarshisida devonlar uchun saroy qurilib, mahkama mana shu maxsus binoga joylashgan edi?
A) Nuh. B) Nasr. C) Nuh II. D) Nasr II.
Somoniylar boshqaruvi tizimini eslang. Mahkama xizmatchilari kimlardan iborat edi?
Arab, fors, yunon tillarini puxta egallab olgan, Qur’onni va shariatning asosiy qoidalarini yaxshi biladigan, turli fanlardan xabardor bo’lgan savodli oddiy xalqdan tanlab olingan
Arab, fors tillarini puxta egallab olgan, Qur’onni va shariatning asosiy qoidalarini yaxshi biladigan, turli fanlardan xabardor bo’lgan olimlardan tanlab olingan
Arab, fors tillarini puxta egallab olgan, Qur’onni va shariatning asosiy qoidalarini yaxshi biladigan, turli fanlardan xabardor bo’lgan savodli zodagon dehqonlardan tanlab olingan
Arab, fors tillarini puxta egallab olgan, Qur’onni va shariatning asosiy qoidalarini yaxshi biladigan, turli fanlardan xabardor bo’lgan savodli aslzodalardan tanlab olingan
Musulmon Sharqidagi ilk ilmgoh - madrasa qaysi shaharda bunyod etiladi?
A) Toshkent. B) Buxoro. C) Samarqand. D) Urganch.
Musulmon Sharqidagi ilk ilmgoh - madrasa qachon bunyod etiladi?
A) IX asr. B) Xasr. C) XI asr. D) XII asr.
Musulmon Sharqidagi ilk ilmgoh - madrasa Buxoro shahrining qayerida bunyod etiladi?
A) Mevazor mahallasida. B) Kavushdo’zlar mahallasida.
C) Zargarlar mahallasida. D) Telpakdo’zlar mahallasida.
Musulmon Sharqidagi ilk ilmgoh - madrasa nima deb yuritilgan?
A) Faqihlar. B) Sherdor. C) Robiya. D) Farjak.
G’aribxona, musofirxona qanday atalgan?
A) Madrasa. B) Sardoba. C) Xonaqoh. D) Maqbara.
Mamlakat ma’naviy hayotining asosi hisoblangan islom mafkurasiga somoniylar hukmronligi davrida kim rahnamolik qilardi?
A) “Naqib”. B) “Xatib” C) “Ustod” D) “Hojib”.
“Ustod” dan keyin kimlar turardi?
A) “Naqib”. B) “Xatib”. C) “Ustod”. D) “Hojib”.
“Ustod” keyinchalik qanday nom bilan yanada ulug’landi?
A) “Hojib ul-hujob”. B) “Xo’jayi buzruk”.
C) “Shayx ul-islom”. D) “Shayx ur-rais”.
Somoniylardan kim yaxshi qurollangan harbiy qo’shin va saroyning maxsus muntazam sarbozlari qismini tuzadi?
A) Ibrohim. B) Nasr. C) Ismoil. D) Nuh I.
Somoniylar davrida yaxshi va uzoq xizmat qilgan sarbozlar qanday lavozimga ko’tarilgan?
A) “Naqib”. B) “Xatib”. C) “Ustod”. D) “Hojib”.
Kimlarning boshlig’i “hojib ul-hujob” yoki “hojibi buzruk” deb yuritilar edi?
A) “Naqib”. B) “Xatib”. C) “Ustod”. D) “Hojib”.
Do'stlaringiz bilan baham: