Bog'liq tarix-fanidan-7-sinf-testlar-1-tarix-fanidan-testlar-
7-sinf O`zbekiston tarixi fanidan I - chorak uchun test savollari 1. Ilk o‘rta asrlarda «tilloyi shaftoli» deb atalgan sariq rangli shaftoli qayerda yetishtirilgan?
a. Farg‘onada b. Qashqadaryoda
c. Samarqandda d. Toharistonda e. Chochda
2. So‘g‘diylar joylashgan asosiy hududlarni toping.
a. Shimoliy Afg‘oniston, Surxon vohasi b. Surxon vohasi, Janubiy Tojikiston
c. Zarafshon va Qashqadaryo vohalari d. Qashqadaryo va Surxon vohalari
e. Zarafshon, Qashqadaryo va Surxon vohalari
3. Urxun-enasoy yozuvlari - bu . . .
a. Turk yozuvi b. Mo‘g‘ul yozuvi
c. Uyg‘ur yozuvi d. So‘g‘d yozuvi e. Choch yozuvi
4. VII-VIII asrlarda So‘g‘d alifbosi nechta harfdan iborat bo‘lgan?
a. 18 harfdan b. 16 harfdan
c. 20 harfdan d. 23 harfdan e. 25 harfdan
5. Ilk o‘rta asrlarda Ohangaron daryosi vodiysi qanday nomlangan?
a. Parak b. Eloq
c. Guftan d. Choch e. Naxshab
6. Xitoy yozma manbalaridagi Boxan - bu . . .
a. Choch b. Farg‘ona
c. Eloq d. Panjikent e. Naxshab
7. Ilk o‘rta asrlarda yirik yer egalari qanday atalgan?
a. Dehqonlar b. Kadivarlar
c. Kishovarzlar d. Chokarlar e. Naf
8. V-VI asrlarda qishloq jamoasi qanday nomlangan?
a. Naf b. Azata
c. Dehqon d. Chokar e. Kadivar
9. Eftaliylar davlati qaysi asrda tashkil topdi?
a. VI asrda b. III asrda
c. IV asrda d. V asrda e. VII asrda
10. Grumbat - bu . . .
a. Sosoniylar shohi b. Xioniylar shohi
c. Kidariylar shohi d. Eftaliylar shohi e. Turk xoqoni
11. Yabg‘u - bu . . .
a. Turk xoqonligi hukmdorining unvoni b. Eftaliylar qo‘shini jangchisi
c. Turk xoqonligidagi qaram dehqon d. Sosoniylar davlati hukmdori
e. Turk xoqonligi qo‘shini yo‘lboshchisi
12. Konstantinapolga, imperator Yustin huzuriga yuborilgan elchilikka boshchilik qilgan so‘g‘dlik savdogarning ismini aniqlang?
a. Dapirpat b. Varxuman
c. Grumbat d. Maniax e. Axurpat
13. Varxuman - bu . . .
a. Samarqand ixshidi b. Kesh ixridi
c. Tohariston malikshohi d. Xorazmshoh e. Buxoro hukmdori
14. VI-VII asrlarda ko‘chmanchi aholi qanday atalgan?
a. Budun b. Tudun
c. Dapirpat d. Framandor e. Naf
15. Qaysi hudud «Ulkan daryo» mamlakati deya atalgan?
a. So‘g‘d b. Choch
c. Xorazm d. Tohariston e. Eloq
16. Hozirgi qaysi shahar o‘rta asrlarda Binkent deyilgan?
17. Muqanna qo‘zg‘oloni qachon boshlandi?
18. Muhammad payg‘ambar Makkadan Madinaga qachon hijrat qilgan?
19. Movarounnahrdagi qaysi shahar VI asrda savdogarlar shahri deb yuritilgan?
20. O‘rta Osiyoda arablar tomonidan istilo qilingan dastlabki yirik shaharni ko‘rsating?
21. Buxoroda 750-yili abbosiylarga qarshi ko‘tarilgan qo‘zg‘olonga kim boshchilik qilgan?
22. Xuroson noiblaridan qaysi biri Farg‘onada unga qarshi isyon ko‘targan arab jangchilari tomonidan o‘ldirilgan?
23. VI asrda Arabistondagi yirik shahar ?
24. Movarounnahr atamasi arab tilida qanday ma’noni anglatadi?
25. Musulmon yil hisobi qachondan boshlanadi?