Sinf: 7-sinf
Mavzu:Abdulla Qahhorning “Dahshat” hikoyasini o’rganish
Darsning maqsadi va vazifalari:
Maqsadlar:
ta’limiy maqsad: sinf o’quvchilarini adib hikoyalari bilan tanishtirish,ulardagi obrazlarni ruhiy tashkil qilish, yozuvchining so’z qo’llash mahoratini anglatish;
tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarda o’zgalar baxtsizligi hisobiga kun ko’ruvchi manfaatparast, xudbin kimsalarga nafrat,qizlarga xayrixohlik,zulmga isyon singari ma’naviy xislatlarni shakllashtirish;
rivojlantiruvchi maqsad: o’smirlarda o’zgalarning tuyg’ularini his
etish,boshqalarning dardini tuyish ko’nikmalarini qaror topdirish.
Vazifalari:
-ularda mavzu asosida bilim va ko’nikmalarni shakllantirish,kengaytirishga erishish.
O’quv jarayoniga oid kompetensiyalar.
TK: O’zini o’zi rivojlantirish kompetensiyasi:
-doimiy ravishda o’z- o’zini ma’naviy,intellektual rivojlantirish, mustaqil o’qib-o’rganish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya:
-vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo’lish, badiiy asarlarni tushunish, orasta kiyinish, sog’lom turmuz tarziga amal qilish.
-Matematik savodxonlik,fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo’lish hamda foydalanish kompetensiyasi:
-aniq reja tuza olish,kundalik faoliyatda turli formula, chizmalarni o’qiy olish.
Do'stlaringiz bilan baham: |