,, BESHINCHISI ORTIQCHA“ didaktik o’yini
1.g`oyat, zap, xo`p,qip-qizil, tim.
2.yap-yangi, pak-pakana, oppoq, kap-katta, tip-tiniq.
3. qoramtir, beqiyos, qizg`ish, sarg`imtir, oqish.
4. oq, aqlli, shirin, go`zal, qishki.
5. ziyrak, qor, yomon, baland, qisqa.
6. sado, shabada, Vatan, uka, sheryurak.
7. maktab, Ahmadjon, Ulug`bek, Qoravoy, Buxoro.
8. yoz, ter, bog`, ko`r, ish.
Topshiriq. Berilgan gaplardan sifatning ma`no turlarini aniqlang.
1. Odam to'g'rilik va mo'minlik yo'li bilangma katta va yop-yorug' yo'lga chiqib oladi. 2. 0'sha mayib turna cholning qo'lida shifo topib, yana o'z karvoniga qo' shilganini bilarmikin (S.Ahmad). 3. Mo'minning chog'roqqina hovlisi. Bu yerda hamma narsa uy egasining kamtar hayotiga mos, Oldingi qatorda peshayvon, eski ko'rpachalar solingan. (E.Vohidov). 4. Domla shunaqa ishonuvchan, sodda, laqillatish oson odam edi. (S.Ahmad). 5. Ta'biat qo'pol tushmasa, bu go'zal qiz och ra'no gulning tusida yoki oq-sariq tusda yaratilgan edi.(A.Qodiriy). 6. Uydagi gap ko'chaga to'g'ri kelmaydi. 7. Yuzida shirin xayolning mayin jilvasi bor edi. 8. Eng xushvaqt kunlarimda ham, noxush kunlarimda ham o'qiganim- o'qigan. 9. Onamning sochlari qop-qora edi. (Mirtemir).
1. Xarakter - xususiyat bildiruvchi sifatlar:
2. Holat bildiruvchi sifatlar:
3. Rang-tus bildiruvchi sifatlar:
4. Maza-ta'm bildiruvchi sifatlar:
5. 0'rin va paytni bildiruvchi sifatlar
Topshiriq. Ko'chiring. Yasama sifatlarni aniqlang. Ularni morfemalarga ajrating. Qolgan sifatlarni alohida yozing.
1. Achchiq savol berib, shirin javob kutma.
2. Uning arslonday ko'rkam gavdasi, keng peshonasi, chuqur samimiyat ifodasi bilan to'la yirik ko'zlari... unga yoqadi (Oybek).
3. Mustaqillikdan so'ng Toshkent, Samarqand, Farg'onada gigant korxonalar bunyod etildi.
4. Xatiga qaraganda vafodor qizga o'xshaydi. (I.Rahim).
5. "0'zingiz ham ilon po'st tashlaydigan gap qildingiz-da",-dedi u xushomadgo'ylik qilib (I.Rahim).
6. Nomonjon yumshoq ko'ngil, qizdekkina yigit ekan. (S.Ahmad).
7. Nihoyat Azizbek ham yonidagi 45050 sodiq kishilar bilan qochib, o'rdaga qamalishga rnajbur bo'ldi. (A.Qodiriy).
8. Erkaklar xotiniga tilla uzuklar olib beradi, o'z kiyim-boshini o'zi eplaydigan xotiningiz borligidan suyunsangiz-chi. (S.Ahmad).
9. Ayniqsa, qiz bola uchun hayoli, iffatli, sirli-sehrli, iboli va ochiq chehrali bo'lishdan ham ulug'roq xusn yo'q. (M.Murodova).
Topshiriq. Berilgan so‘zlarni -roq qo‘shimchasini oladigan, olmaydigan guruhlarga ajrating. Mazali, go‘zal, chiroyli, ro‘molli, sermeva, erksevar, paxtali, tonggi, so ‘nggi, kuzgi, chillaki, yuzaki.
roq qo‘shimchasini oladigan so’zlar
|
-roq qo‘shimchasini olmaydigan so’zlar
|
Mazali
|
ro’molli
|
|
|
Topshiriq. Berilgan so‘zlarni tub va ysama sifatlarga ajrating. Qora, qizil, qishki, soyaki, xushbichim, do‘ppili, beor, serg‘alva, devsifat, devoriy.
yasama sifatlar
|
tub sifatlar
|
Qora
|
Devoriy
|
|
|
Darsni xulosalash maqsadida quyidagi test topshiriqlari berilib,
,, Kim topqir “ didaktik o`yini o`tkaziladi. Savol va javoblar o`qilganda
guruh a`zolari ,, A “, ,, B “, ,, D “, ,, E “ harflarini ko`tarib, to`g`ri javob aniqlanadi.
1. Sifat darajalarining turlari qaysi javobda to`g`ri ko`rsatilgan ?
A) Oddiy, qiyosiy, orttirma,
B) Oddiy, qiyosiy, orttirma, ozaytirma
D) Asliy, nisbiy
E) sifatni darajalab bo`lmaydi.
2. Sal, picha, xiyla,nim so`zlarini qo`shish bilan qanday sifat hosil qilinadi?
A) Oddiy B) Orttirma D) Qiyosiy E) Ozaytirma
3. Qaysi qatorda orttirma darajadagi sifatlar to`g`ri ko`rsatilgan?
A) Tim qora, sarg`ish, nim pushti, keng
B) Dum-dumaloq, bo`m-bo`sh, tim qora, eng qizil
D) Siyrakroq, nihoyatda ajoyib, qora, sariq
E) Sehrliroq, kuchliroq, yarim ochiq
4. Kaltafahm, erksevar, shirinso`z, sofdil bular qanday sifatlar?
A) juft sifatlar
B) qo`shma sifatlar
D) qiyosiy darajadagi sifatlar
E) orttirma darajadagi sifatlar
5. To`g`ridan-to`g`ri ifodalaydigan va uni darajalab ko`rsatish imkoniyatiga ega bo`lgan sifatlar qanday sifatlar hisoblanadi?
A) nisbiy B) asliy D) tup E) yasama
6. Sifatlar gapda qanday gap bo`lagi vazifasida keladi?
A) aniqlovchi, ega
B) to`ldiruvchi, hol
D) aniqlovchi, kesim
E) ega, to`ldiruvchi
7. Sifat yasovchi qo`shimchalar tog`ri berilga qator qaysi?
A) –li, -dor, -siz, -ma, ser-
B) –xon, -gina, -choq, -ba, ser-
D) –xon, -gina, -choq -ba, ser-
E) –ni, -ning, -da, -dan
8. Qaysi qatorda xatoga yo`l qo`yilgan?
A) mayda-chuyda,go`zalroq, g`adir-budur
B) egri-bugri, yakkayu-yagona, qizg`ish
D) balandparvoz, sofdil, qop-qora
E) eng uzun, osmono`par, ko`kimtir
Darsda faol ishtirok etgan o`quvchilar baholanadi va ,,Eng faol o`quvchi “,
Do'stlaringiz bilan baham: |