46- mashq. Matnni o’qing. Navro’z bayrami haqida muhokama- munozara qiling.
47-mashq. Matnni ko’chiring. Gaplarning bog’lanishiga e’tibor bering. Boshqa bir o’simlik haqida muhokama matn tuzing.
Qirqbo’g’im
Dala qirqbo’g’imi ildizpoyali ko’p yillik o’t bo’lib, daryo, kanal va ariqlar bo’yidagi sernam yerlarda , zovurlar yoqasida , buloqlar atrofida , marzalarda o’sadi. Uning poyasi, shoxlari serqirra va bo’g’imlarga bo’lingan. Shuning uchun ham unga qirqbo’g’im deb nom berilgan. Bo’g’im oralig’ining ichi kovak. Uning shohlari faqat poya bo’g’imlaridan chiqadi va bo’g’imlarda halqa hosil qilib joylashadi. Barglari mayda bo’lib, poya va shoxlardagi bo’g’imlarda halqa hosil qilib o’rnashgan. (6-sinf “Botanika darsligi”)
Do'stlaringiz bilan baham: |