7-sinf Kimyo test. Kimyo fani nimani o’rganadi?



Download 36,87 Kb.
Sana02.04.2022
Hajmi36,87 Kb.
#525322
Bog'liq
7-sinf test


7-sinf Kimyo test.

  1. Kimyo fani nimani o’rganadi?

  1. Jismlarning turli-tumanligini, o’zaro bog’liqlik taraflarini o’rganadi

  2. Moddalar, ularning xossalari hamda bir-biriga aylanishini o’rganadi

  3. Molekulalarni qizdirilishini o’rganadi

  4. Birikmalarni bir-birdan farqi va xossalarini tadbiq etadi

  1. Kimyo fanining predmeti nimalar?

  1. Barcha tabiiy moddalar

  2. Barcha sintetik moddalar

  3. Barcha sun’iy moddalar

  4. a va b

  1. Moddalar hozirgi vaqtda ma’lum bo’lgan nechta elementning u yoki bu tarzda o’zaro birikishi natijasida hosil bo’lgan birikmalardir?

  1. 106 b) 110 c) 116 d) 118




  1. Qaysi javobda sintetik moddalar keltirilgan?

  1. Kapron, neylon, polietilen, plastmassalar, dori vositalari, avtomobil ehtiyot qismlari

  2. Sham, shakar, osh tuzi, tabiiy gaz, dori-darmonlar, avtomobil ehtiyot qismlari

  3. Ipak tolasi, jun tolasi, paxta tolasi, neylon tolasi, kapron tolasi, rezina

  4. Tabiiy paxta tolasi, neylon, shakar, osh tuzi, dori vositalari, texnik vositalar




  1. Qaysi olim dorivor moddalarni ma’lum tarkibda bo’lishini ta’riflash orqali tarkibning doimiylik qonuniga, ularni soda va murakkab dorilarga toifalash orqali atom-molekular ta’limotining dastlabki tushunchalari shakllanishiga asos slogan?

  1. Abu Rayhon Beruniy

  2. Ahmad al-Farg’oniy

  3. Abu Ali ibn Sino

  4. Abu Nasr Forobiy




  1. Elementlar davriy jadvali nechanchi yilda va kim tomonidan yaratildi?

  1. 1808-yilda fransuz olimi J.Prust

  2. 1813-yilda shved olimi Berselius

  3. 1827-yilda ingliz olimi Broun

  4. 1869-yilda rus olimi Mendeleyev




  1. Jon Dalton o’zining tajribalariga asoslanib nimani bayon etdi?

  1. Atomistik nazariyaning asoslarini

  2. Yonish va oksidlanish jarayonlari haqidagi ilmiy nazariyalarni

  3. Flogiston nazariyasini

  4. Moddalar haqidagi element va korpuskulalar to’g’risidagi fikrlarni


  1. XVII asrda nemis olimi G.Shtal qanday fikrlarni ilgari surdi?

  1. Flogiston nazariyasini

  2. Atomistik nazariyaning asoslarini

  3. Moddalar haqidagi element va korpuskulalar to’g’risidagi fikrlarni

  4. Organik moddalar tuzilish nazariyasi asoslarini bayon etdi




  1. D.I.Mendeleyev o’zining Davriy sistemasi va Davriy qonunini yaratgan davrda rus olimi A.M.Butlerov nimani bayon etdi?

  1. Moddalar haqidagi element va korpuskulalar to’g’risidagi fikrlarni

  2. Organik moddalar tuzilish nazariyasi asoslarini bayon etdi

  3. Atomistik nazariyaning asoslarini

  4. O’sha davrgacha ma’lum bo’lgan kimyoviy elementlarni sinflashni muvaffaqiyatli amalga oshirib Davriy jadvalni yaratdi




  1. Qaysi olim moddalar haqidagi element va korpuskulalar to’g’risidagi fikrlarini bayon qilish orqali atom-molekular ta’limot to’g’risidagi tushunchalarni rivojlantirdi?

  1. G.Shtal b) M.Lomonosov c) J.Dalton d) A.Lavuazye




  1. A.Lavuazye nimani yaratdi?

  1. Flogiston nazariyasini

  2. Moddalar haqidagi element va korpuskulalar to’g’risidagi fikrlarni

  3. Yonish va oksidlanish jarayonlari haqidagi ilmiy nazariyalarni

  4. Organik moddalar tuzilish nazariyasi asoslarini bayon etdi




  1. Jismlar nimalardan tashkil topgan?

  1. Korpuskulalardan

  2. Moddalardan

  3. Atomlardan

  4. Mayda zarralardan




  1. Qaysi javobda qattiq moddalar keltirilgan?

  1. Shakar, osh tuzi, bo’r, oltingugurt

  2. Spirt, suv, sulfat kislota

  3. Sulfat kislota, bo’r, oltingugurt

  4. Spirt, shakar, osh tuzi




  1. Rang, hid, zichlik, ta’m, qattiq, suyuq, gaz holati – bu holatlar nimani anglatadi?

  1. Moddalarning xossalari

  2. Atomlarning xossalari

  3. Alanganing xossalari

  4. Atom-molekular ta’limot asoslari




  1. Proporsiya deb nimaga aytiladi?

  1. Jismlarning moddalardan tuzilganligi

  2. Ikki nisbatning tengligi

  3. O’rta hadning o’rta hadga nisbati

  4. Chetki hadning chetki hadga nisbati




  1. Proporsiyaning formulasini to’g’ri ko’rsating.

  1. b) c) d) π




  1. Proporsiyaning hadlarini ko’rsating.

  1. a,b,c,d b) b,c,d,n c) a,b,v,f d) d,f,j,l




  1. Alanga necha qismdan iborat?

  1. Yuqori ravshan qismi, ikkinchi qismi chetki issiq qismi, o’rta qism sariq qismi

  2. Yuqori qismi cheti xira, eng issiq qismi; o’rta qismi ravshan, issiq qism; pastki qismi juda xira, issiq bo’lmagan pillikka yaqin qismi

  3. Yuqori qismi cheti ravshan, eng sovuq qismi; o’rta qismi ravshan, issiq qism; pastki qismi juda xira, issiq pillikka yaqin qismi

  4. Yuqori ravshan qismi, ikkinchi qismi chetki issiq qismi, pastki qismi juda xira, issiq bo’lmagan pillikka yaqin qismi




  1. Proporsiyaning asosiy xossasini ayting.

  1. Chetki hadlar yig’indisi o’rta hadlar yig’indisiga teng

  2. Chetki a hadning o’rta c hadga ko’paytmasi o’rta b hadning chetki b hadga ko’paytmasiga teng

  3. Chetki hadlar ko’paytmasi o’rta hadlari ko’paytmasiga teng

  4. Chetki hadlari ayirmasi o’rta hadlari ayirmasiga teng




  1. ………………… atomlardan tashkil topgan.

  1. Atomlar

  2. Molekulalar

  3. Moddalar

  4. Jismlar




  1. Proporsiyaning asosiy xossasi formulasini ko’rsating.

  1. a∙b=c∙d b) a∙d=b∙c c) a:b=c:d d) a∙d=c:b




  1. Bariy elementining belgisini ko’rsating.

  1. Ca b) Be c) Ba d) B




  1. Kremniy elementining belgisi to’g’ri ko’rsatilgan javobni belgilang.

  1. Si b) Se c) Sr d) S




  1. Qaysi javobda brom elementining belgisi to’g’ri berilgan?

  1. Cl b) Be c) As d) Br




  1. Molekula – bu ……………..

  1. Moddalar kimyoviy xossalarini o’zida saqlovchi eng katta bo’lagi

  2. Moddaning kimyoviy xossalarini o’zida saqlovchi eng kichik bo’lagi

  3. Bir modda molekulalari boshqa modda molekulalari orasida tarqalishi

  4. Bir element atomlaridan turli oddiy moddalar hosil bo’lishi hodisasi




  1. Moddalar qanday moddalarga bo’linadi?

  1. Kimyoviy va fizikaviy

  2. Birikish va parchalanish

  3. Oddiy va murakkab

  4. Oddiy va allotropik




  1. Allotropiya – bu ………………… .

  1. Bir element atomlaridan turli oddiy moddalar hosil bo’lishi hodisasi

  2. Bir modda molekulalari boshqa modda molekulalari orasida tarqalishi

  3. Moddaning tarkibini tekshirish uchun amalga oshiriladigan parchalash jarayoni

  4. Birikma qanday tarkibiy qismlardan iborat ekanligini aniqlash




  1. Oddiy moddalar – bu …………………. .

  1. Bir xil element atomlaridan tashkil topgan moddalar

  2. Har xil element atomlaridan tashkil topgan moddalar

  3. Bir element atomlaridan turli oddiy moddalar hosil bo’lishi hodisasi

  4. Moddaning tarkibini tekshirish uchun amalga oshiriladigan parchalash jarayoni




  1. Oddiy moddalar keltirilgan javobni belgilang.

  1. H2 , O2 , Ba, K, N2 , Al, C

  2. H2 , O2 , Ba, K, N2 O, HCl

  3. BaO, O3 , H2O, CaCO3

  4. H2O, NaCl, Na2SO4




  1. Murakkab moddalar deb nimaga aytiladi?

  1. Har xil element atomlaridan tashkil topgan moddalar

  2. Bir xil element atomlaridan tashkil topgan moddalar

  3. Birikma qanday tarkibiy qismlardan iborat ekanligini aniqlash

  4. Bir element atomlaridan turli oddiy moddalar hosil bo’lishi hodisasi




  1. Murakkab moddalar keltirilgan javobni belgilang.

  1. H2 ,O2 ,Ba,K,N2 ,Al,C c) H2 , O2 , Ba, K, N2 O, HCl

  2. H2O, NaCl, Na2SO4 d) V, W, I2O, SO2, SO3


  1. Na2SO4 ning molekulyar massasi nechaga teng?

  1. 98 b) 122,5 c) 142 d) 160




  1. Nisbiy atom massa (Ar) deb, nimaga aytiladi?

  1. berilgan modda molekulasidagi tabiiy izotoplarning o‘rtacha massasini uglerod (12C) atomi massasining 1/12 qismiga nisbatiga teng bo‘lgan kattalikka aytiladi.

  2. berilgan modda molekulasidagi element atomi massasini uglerod (12C) atomi massasining 1/12 qismiga nisbatiga teng bo‘lgan kattalikka aytiladi.

  3. berilgan modda molekulasidagi element atomi massasining grammlarda va kilogrammlarda ifodalangan massasiga aytiladi.

  4. berilgan modda molekulasidagi element atomi 1/12 izotopi massasining grammlarda va kilogrammlarda ifodalangan massasiga aytiladi.




  1. Modda tarkibining doimiylik qonuni qaysi javobda to’g’ri berilgan?

  1. Reaksiyaga kirishayotgan moddalarning massasi reaksiya natijasida hosil bo’lgan moddalar massasiga teng.

  2. o‘zgarmas sharoitda reaksiyaga kirishuvchi gazlar hajmining bir-biriga va hosil bo‘luvchi gazlar hajmiga nisbati kichik va butun sonlar nisbatida bo’ladi.




  1. 434 g simob oksid parchalanganida, 402 g simob va 32 g kislorod ajralib chiqadi: 2HgO → 2Hg + O2
    434 g → 402 g + 32 g

Ushbu tenglama qaysi qonun asosida tuzilgan?

  1. Modda tarkibining doimiylik qonuni

  2. Modda massasining saqlanish qonuni

  3. Hajmiy nisbatlar qonuni

  4. Avogadro qonuni




  1. HgO simob (II)-oksidida simobning massa ulushi qaysi javobda to’g’ri berilgan?

  1. 11,11% b) 92,63% c) 7,37% d) 88,89%




  1. 1,55 mol CaCO3 necha gr keladi?

  1. 15,5gr b) 1,55gr c) 155gr d) 0,155gr




  1. Sulfat kislotaning nisbiy molyar massasi nechaga teng?

  1. 49 g/mol b) 64 g/mol c) 32 g/mol d) 98 g/mol




  1. 1,6 gr kislorod (O2) necha molni tashkil etadi?

  1. 0,25 mol b) 0,05 mol c) 0,55 mol d) 0,52 mol




  1. 10 gr ohaktoshning modda miqdori(mol) qaysi javobda to’g’ri berilgan?

  1. 0,1mol b) 0,01mol c) 0,5mol d) 0,05mol


  1. Elementning massa ulushi(ω)ni topish formulasi keltirilgan javobni toping.

  1. n= b) m=n∙M c) ω= d) m=ω∙M




  1. Berilganlardan modda miqdorini topish formulasi to’g’ri berilgan javobni belgilang.

  1. n= b) m=n∙M c) ω= d) m=ω∙M

  1. 0,2 mol miqdordagi nitrit kislota (HNO2) massasini hisoblang

a) 47 gr b) 9,4 gr c) 13 gr d) 12,6 gr



  1. 2 mol miqdordagi fosfat kislota (H3PO4) massasini hisoblang

  1. 196 gr B) 339 gr C) 67,8 gr D) 290 gr

45. 0,3 mol miqdordagi bromid kislota (HBr) massasini hisoblang


a) 114 gr b) 124 gr c) 24,3 gr d) 67,8 gr



  1. 0,4 mol miqdordagi Bertolle tuzi (KClO3) massasini hisoblang

  1. 49 gr b) 40,9 gr c) 9,4 gr d) 90,4 gr




  1. 1,9 mol miqdordagi sirka kislota (CH3COOH) massasini hisoblang

a) 114 gr b) 118 gr c) 60 gr d) 120 gr



  1. 2 mol miqdordagi malaxit (Cu(OH)2∙CuCO3) massasini hisoblang

a) 44 gr b) 444 gr c) 222 gr d) 22 gr



  1. 0,3 mol miqdordagi so'ndirilmagan ohak (CaO) massasini hisoblang

a) 22,2 gr b) 30 gr c) 16,8 gr d) 167 gr



  1. 0,3 mol miqdordagi so‘ndirilgan ohak (Ca(OH)2) massasini

hisoblang
a) 22,2 gr b) 30 gr c) 16,8 gr d) 167 gr



  1. 33 gr bo‘rdagi (CaCO3)modda miqdorini aniqlang

a) 3 mol b) 2,1 mol
c) 0,33 mol d) 0,67 mol
Download 36,87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish