V BOB. Osiyo,Amerika,Afrika xalqlari.
34 –Mavzu : Saljuqiylar va Usmonli Turklar davlati
1. O`rta Osiyoda tashkil etilgan saljuqiylar sulolasining asoschisi?
A) To`g`rul B) Sulton Sanjar
C) Alptegin D) Saljuqbek
2. Saljuqiylar qo`shinining Old Osiyoga hujumlari qaysi davrdan kengaydi?
A) XI asr B) X asr C) XII asr D) XIV asr
3. Saljuqiylar bilan hal qiluvchi so`nggi jangda to`qnashgan Vizantiya imperatori?
A) Aleksey I B) Roman IV Diogen
C) Mixail VIII Paleolog D) Mexmet II
4. Saljuqiylarni Vizantiya imperaroti qo`shinlari ustidan qozonilgan porloq g`alabasi qaysil yilda bo`lib o`tgan ?
A) 1096-yil B) 1071-yil C) 1055-yil D) 1453-yil
5. Saljuqiylar va Vizantiya qo`shinlari o`rtasidagi hal qiluvchi jang bo`lib o`tgan hudud?
A) Gastings B) Kosova
C) Nikopol D) Mansikert
6. Yaqin va O`rta Sharqda tashkil etilgan saljuqiylar davlatining asoschisi?
A) To`g`rul B) Sulton Sanjar
C) Alptegin D) Saljuqbek
7. Kichik Osiyoda o`g`uz xalqlarining dastlabki amirliklari qaysi davrdan tuzila boshlangan?
A) XI asr oxiri B) XII asr boshi
C) XIII asr 2-yarmi D) X asr o`rtasi
8. XI asr oxiridan boshlab o`g`uzlar hayotida ro`y bergan muhim o`zgarish ?
A) islomni qabul qilgan;
B) o`troq turmush tarziga ko`chish boshlangan;
C) boshqaruvda musulmon vakillaridan foydalanilgan;
D) harbiy yurishlarga chek qo`yilgan;
9. Kichik Osiyoga borib joylashgan o`g`uzlarning asosiy mashg`ulotiga aylangan sohalar?
A) hunarmandchilik va savdo-sotiq
B) chorvachilik va bog`dorchilik
C) hunarmandchilik va dehqonchilik
D) dehqonchilik va savd-dotiq
10. Saljuqiylar davlatida feodal munosabatlat uzil-kesil o`rnatilgan davr?
A) X-XI asr B) XII-XIII asr
C) XIV-XV asr D) XIII-XIV asr
11. Saljuqiylar davlatining yer egalikdagi munosabatlarida boshqa Sharq davlatlaridan farqi?
A) barcha yerlar sultonga qarashli bo`lgan;
B) harbiylar va amaldorlarda xizmat evaziga iqto` tarzida mulklarni in`om etilishi;
C) soliqlar tizimida Sharqdan keskin farq qilgan;
D) davlat yerlari xususiy yerlardan ko`p bo`lgan;
12. Kichik Osiyoda yashovchi xalqlar bilan o`g`uzlar o`rtasidagi etnik –turk xalqining shakllanish bosqichi qaysi davrda avj olgan?
A) XIII asr 20-30 yillari B) XIV asr o`rtalari
C) XV asr oxiri D) XII asr 30-40 yilllari
13. Mo`g`ullar tomonidan saljuqiylar yurti istilo qilingan yilni aniqlang?
A) 1223-yil B)1234-yil C) 1243-yil D)1255-yil
14. Saljuqiylar davlati faoliyat ko`rsatgan davr?
A) 1206-1526 y.y. B) 1414-1451 y.y.
C) 1273-1437 y.y. D) 1038-1308 y.y
15. Saljuqiylar davlatidan so`ng Kichik Osiyoning shimoli-g`arbida vujudga kelgan davlat?
A) Dehli sultonligi B) Usmoniylar davlati
C) Anado`lu bekligi D) Lo`diylar davlati
16. Kichik Osiyoning shimoli-g`arbida vujudga kelgan davlatning asoschisi?
A) O`rxon B) Feruzshoh Tug`luq
C) Usmon D) Murod o`g`li Imon
Do'stlaringiz bilan baham: |