19 – Mavzu : Salib yurishlari va uning maqsadlari
1. Yevropa feodallarining Yaqin Sharqda olib borgan yurishlari tarixda qanday nomda ataldi?
A) ,, Yuz yillik yurish”
B) ,, Oq va qizil gullar yurishi”
C) ,, Salib yurishlari”
D) .. Afyun urushlari”
2. Yevropa feodallarining Yaqin Sharqqa yurishlari qaysi yillar davomida bo`lib o`tdi?
A) 1337-1453 y.y B) 1096-1270 y.y.
C) 1204-1261 y.y. D) 1096-1291 y.y.
3. Yaqin Sharqda feodallarning harakatlari necha marta kuzatilgan?
A) 4 B) 6 C) 8 D) 10
4. Sharqdagi hududlarni cherkov tomonidan egallanishdan ko`zlangan maqsad …
A) cherkov ta`siri kuchaytirish;
B) Iso qabrini ozod qilish;
C) Yevropa kambag`al dehqonlariga yer ajratib berish;
D) Feodal va qirol o`rtasidagi nizolarni yangi hududlarni egallash orqali hal etish;
5. XI asr oxiriga kelib Kichik Osiyo hududlarini to`liq bo`ysundirishga muvaffaq bo`lgan xalqlar?
A) qipchoq B) yahudiy
C) saljuqiy turklar D) bijanaklar
6. XI asr oxiriga kelib musulmon hukmdorlari orasidagi qaysi vaziyat xristianlarni tobora Yaqin Sharqqa bo`lgan yurishini tezlashtirib yuborgan?
A) ichki nizolar va o`zaro urushlar;
B) aholini yangi bo`lgan ehtiyoji;
C) soliqlarning keskin darajada ko`tarilib ketishi;
D) yangi mustamlakalarni qo`ldan boy berilishi;
7. Salib yurishlarini boshlanishiga sabab bo`lgan Rim papasi?
A) Innokentiy III B) Grigoriy IX
C) Bonafatsio VIII D) Urban II
8. Falastinda ,, sut va asal daryo bo`lib oqishi, Quddus yerning kindigi,jannatmakon hosildor yerli o`lka “ ekanligi to`g`risida nutq so`zlagan Rim papasi?
A) Innokentiy III B) Grigoriy IX
C) Bonafatsio VIII D) Urban II
9. Salib yurishlariga darcha ochib bergan Fransiya janubidagi shahar?
A) Klervo B) Klermon
C) Akvitaniya D) Reyms
10. Xristian cherkovi oliy ruhoniylarining : nazariy, amaliy va boshqaruv muammolarini hal etish uchun chaqiradigan qurultoy … deyiladi.
A) sobor B) xalq vechesi
C) sinklit D) cherkov yig`inlari
11. Milodiy III asrdan boshlab xristianlikda …
A) papa saylashda dunyoviy qurollar ham aralasha boshladi;
B) ayrim german qabila rahbarlari xristianlikka o`ta boshladi;
C) xristianlik dunyo dinlaridan biriga aylanadi;
D) cherkov yig`inlari o`z faoliyatini boshladi;
12. Salib yurishlarida ishtirok etgan Yevropalik dehqonlarga qanday imkoniyat taqdim etilgan ei?
A) qarzlaridan kechish va oilalarini cherkov himoyasiga olish;
B) bosib olingan yerlardan yer-milk ajratib berish;
C) bosib olingan hududda birn-bir mansab vakili sifatida faoliyat yuritish;
D) yangi tashkil etilajak davlatlarda soliq yig`ish huquqi;
13. Yevropada o`rta asrlarda hukm surgan mulkka katta o`g`il egalik qilish huquqi qanday nomlangan?
A) minorat B) mayorat
C) regent D) ekstrotrial
14. Salib yurishlari orqali Yevropada o`zlalrining shon-shuhrat va boyligini oshirishni ko`zlagan tabaqa?
A) ritsar B) gersog, graf, qirol
C) dehqon va hunarmand D) boylar, savdogarlar
15. Salib yurishlarida savdogarlar ishtirokidan maqsad?
A) shon-shuhrat va obro`larini oshirish;
B) bosib olingan yangi hududlarga egalik qilish;
C) qaramlik va qarzdorlikdan ozod bo`lish;
D) savdo orqali tez boyib ketish;
16. Yevropa salibchilarini birlashtirgan mushtarak omilni aniqlang.
A) boylikka ega bo`lish;
B) shaxsiy qaramlikdan ozod bo`lish;
C) yangi hududlarni bosib olish;
D) hazrati Iso qabrini ozod qilish, muqaddas ish ekanligi;
Do'stlaringiz bilan baham: |