13– Mavzu : Xitoy V- XI asrlarda
1. Qadimgi Xan podsholigi qaysi asrda barham topgan edi?
A) II asr B) IV asr C) III asr D) V asr
2. Xan podsholigi inqirozi natijasida uning o`rnida vujudga kelgan davlatlarni aniqlang.
1. U 2. Sin 3.Vey 4.Chjao 5.Si 6. Yan 7.Shu
A) 1,3,7 B) 2,4,6 C) 1,5,6 D) 2,3,4
3. Xitoyda yerga bo`lgan dastlabki egalik munosabatlari qaysi sulola inqirozidan so`ng boshlangan edi?
A) Sin B) Xan C) Chjou D) Shan
4.VI asr 2-yarmidan e`tiboran Xitoyni birlashishiga turtki bo`lgan omilni aniqlang.
A) xunnlarning tinimsiz hujumlari;
B) Turk xoqonlarining istilo havfi;
C) yerga egalik munosbatlarining o`rnatilishi;
D) qabila oqsoqollarining hokimyatini kuchayishi;
5. Xitoyda Suy sulolasi hukmronlik qilgan davrni aniqlang.
A) 618-907 y.y B) 907-960 y.y
C) 589-618 y.y D) 960-1279 y.
6.Xitoyda qaysi sulola vakillari tomonidan pul islohoti amalga oshirilgan edi?
A) Xan B) U-Day C) Suy D) Shan
7. O`rta asrlarning dastlabki bosqichida bunyod etilgan Buyuk kanal qaysi daryo havzalarini bog`lagan?
A) Xuanxe va Yanszi
B) Sissizyan va Yanchjou
C) Kayfin va Chendu
D) Xuanxe va Lyuyshun
8. O`rta asrlar dastlabki bosqichida bunyod etilgan Xitoydagi Buyuk kanal inshoootini qurishdan ko`zlangan maqsadni aniqlang.
A) viloyatlar o`rtasidagi iqtisodiy aloqlarni mustahkamlash va Xuanxe va Yanszi oralig`idagi hududlarni savdoga jalb etish;
B) xunnlarga qarshi tayanchga ega bo`lish va tashqi savdoni rivojlantirish;
C) dengizchilik sohasini yo`lgan qo`yish va aholini tashqi xarid quvvatini oshirish;
D) chet el bilan manfaatli savdoni yo`lga qo`yish va ichki bozorni vujudga keltirish;
9. Xitoyda Buyuk kanalning barpo etilishi mamlakatning qaysi qismi uchun dengizga chiqish imkonini berdi?
A) janub B) g`arb C) sharq D) shimol
10. O`rta asrlarda hukmronlik qilgan Tan sulolasiga asos solgan shaxsni aniqlang.
A) Chen Tan B) Li Yuan
C) U Peyfu D) Bao Day
11. Tan imperiyasi qabul qilgan yer to`g`risidagi farmonlarga muvofiq mamlakatdagi barcha yerlar
…niki deb e`lon qilingan.
A) imperator B) jamoa
C) davlat D) kohinlar
12. Tan sulolasi tomonidan yer to`g`risidagi islohot e`lon qilingan yilni aniqlang.
A) 652-yil B) 640-yil C) 624-yil D) 667-yil
13. Tan sulolasi joriy etgan qonunlarga ko`ra har bir oila uchun yashash yeridan tashqari qancha hududga egalik qilish huquqi berilgan edi?
A) 100 mu B) 50 mu C) 60 mu D) 80 mu
14. O`rta asrlar Xitoyda qo`llanilgan , maydoni 6 sotixga teng bo`lgan maydon o`lchov birligini aniqlang.
A) tanob B) akr C) mu D) verst
15. Tan qonunlariga muvofiq aholi uchun o`stirilishi majburiy bo`lgan daraxtni aniqlang.
A) tut B) olma C) o`rik D) nok
16. Xuanxe va Yanszi oralig`ida qurilgan Buyuk kanla qaysi nomda atalgan?
A) Cha`nan B) Loyan C) Chendu D) Uchan
17. manbalarda Xitoyda bunyod etilgan Buyuk kanalni qurishda ishtirok etgan mehnatkashlar soni qanchani tashkil etgan?
A) 2 mln B) 1 mln C) 0,5 mln D) 3 mln
18. Quyidagi qaysi inshootni qurish yoki qayta ta`mirlash uchun Xitoy aholisidan salkam 1 mln kishi jalb etilgan edi?
A) Buyuk kanal B) Buyuk Xitoy devori
C) Sin shi Xuandi maqbarasi D) Xanlin ilmgohi
19. Xitoy imperatorlari tomonidan yer in`om etishda asosan qanday jihatlarga e`tibor berilgan?
A) yoshi va egallagan sohasi;
B) unvoni va qaysi qabiladanligi;
C) unvoni va lavozimi;
D) egallagan sohasi va kasbi;
20. Imperator tomonidan harbiy yoki amaldorlar qancha yerga egalik qilishlari mumkin edi?
A) 500 mu dan – 10.000 mu gacha
B) 300 mu dan – 6.000 mu gacha
C) 500 mu dan – 6.000 mu gacha
D) 300 mu dan -10.000 mu gacha
21. Imperatorlar tomonidan taqdim etilgan yerlar qanday huquqqa ega bo`lgan?
A) harbiy majburiyatlarni o`tamaslik;
B) yerni erkin sotish va sotib olish;
C) yerni avloddan-avlodga meros qoldirish;
D) soliq to`lashdan ozod etilgan;
22. Xitoyda o`rta asr shaharsozligi qaysi davrdan boshlab rivojlana boshlagan edi?
A) IV asr B) VII asr C) IX asr D) VI asr
23. VII asr savdo va hunarmandchilikning rivojlanishi natijasida rivojlangan Xitoy shaharlarini aniqlang.
A) Uchan , Chendu, Kayfin
B) Penxu, Szindi, Xeyyan
C) Xanchjou, Yanchjou, Kayfin
D) Peskador, Lyuyshun, Yanchjou
24. Xitoyda qaysi sulola qabul qilingan qonunlarga ko`ra tunda shahar devoridan oshib tushsa, 70 darra kaltaklanishi ko`rsatib qo`yilgan edi?
A) Suy B) Sun C) U Day D) Tan
25. VII-VIII asrlarga kelib Xitoyda qaysi sohaning rivoji kuzatilgan?
A) kemasozlik, bo`yoqchilik, hunarmandchilik;
B) zargarlik, ko`nchilik, shishasozlik;
C) tog`-konchilik, chinnisozlik, sopol buyumlar yasash;
D) tog`-konchilik, metallurgiya, hunarmandchilik;
26. O`rta asrlarda Xitoyning eng yirik bozori joylashgan shaharni aniqlang.
A) Yanchjou B) Xanchjou
C) Kayfin D) Chendu
27. Xitoyda yagona pul tizimi qaysi dardan amalga kiritilgan ?
A) VI asr B) IX asr C) X asr D) VII asr
28. Xitoyda qabul qilinga o`rta asrlardagi yagona pul tizimiga ko`ra davlat puli qanday nomda atalgan?
A) yuan B) syan C) vonn D) solid
29. Xitoy qo`shinlari tomonidan 640-yilda …
A) G`arbiy Turk xoqonlariga qarshi dastlabki hujumlar boshlandi;
B) Dayanta ibodatxonasi egallandi;
C) Buyuk Ipak yo`lida joylashgan – Gaochan egallandi;
D) Pxennyan shahri yoqib yuborildi;
30
.
30. Tan qo`shinlari tomonidan Koreya hududlariga dastlabki hujumlar qaysi yildan boshlangan edi?
A) 640-yil B) 668-yil C) 657-yil D) 679-yil
31. Xitoyda quyida keltirilgan qaysi sulola davridan boshlab tashqi savdoda O`rta Osiyo, Hindiston, Hindixitoy, Indoneziya va Yaponiya bilan savdo aloqalari yo`lga qo`yilgan edi?
A) Tan B) Suy C) Sun D) Min
32.Qaysi sulola davrida barcha yerlar davlatniki deb e`lon qilindi
A) Tan B) Suy C) Sun D) Min
33.Sun sulolasi hukmronlik yillari to`gri ko`rsatilgan javobni aniqlang.
A)907-960 B)618-907y.
C)960-1279 D)518-618y.
Do'stlaringiz bilan baham: |