24-mavzu. Yuz yillik urushning boshlanishi va uning dastlabki davri.
Tuzuvchi: Navoiy viloyati Qiziltepa tuman 29-maktab o’qituvchisi Rahbarxon Azizova
1. Yuz yillik urush qaysi davlatlar o’rtasida bo’lib o’tgan?
A. Germaniya va Angliya
B. Angliya va Daniya
*C. Angliya va Fransiya
D. Fransiya va Germaniya
2. Yuz yillik urush qachon bo’lib o’tgan?
*A. 1337-1453- yillarda,
B. 1337- 1437- yillarda,
C. 1330- 1446-- yillarda,
D. 1337-1447- yillarda.
3.Yuz yillik urushning sababi nima edi ?
*A. Fransiya taxtiga kimni o’tqazish masalasi
B. Angliya taxtiga kimni o’tqazish masalasi
S. Ikki davlat o’rtasidagi mustamlaka xududlarning talashuvi
D. Ikki davlat o’rtasidagi savdo yo’llarining talashuvi
4. Yuz yillik ururshlar boshlanishi arafasida Angliya qiroli kim edi ?
A. Filipp IV
*B. Eduard III
C. Eduard II
D. Filipp
5. Angliya qiroli nima sababdan fransiya taxtiga da’vogarlik qildi?
A.Ingliz qiroli Eduard III Filipp IV ning qizidan nabirasi bo’lgani uchun
B. Kapetinglardan erkak zurriyot qolmagani uchun
C. Filipp IV vafot etgani uchun
*D. Barcha javoblar to’g’ri
6. Fransiyada kapetinglar vorisi deb qaysi oila tan olinadi?
*A. Valualar
B. Gabsburglar
C. Merovinglar
D. Karolinglar
7. Fransiya qiroli qaysi yili ingilizlarning mamlakatning janubi-g’arbidagi Akvitaniya viloyatini o’z e’tirofiga olganini e’lon qiladi ?
A. 1332
B. 1333
*C. 1337
D. 1335
8. 1337-1453 yillardagi Angliya va Fransiya o’rtasidagi urush tez orada qanday urushga aylanadi?
A. jahon urushiga
B. yuz yillik urushga
*C. umumyevropa mojarosiga
D. xalqaro mojaroga.
9. Yuz yillik urush davomida 1340-yil qanday voqea bo’lgan?
A. Fransuz qiroli inglizlarning mamlakat janubidagi Akvitaniya yerlarini o’z tasarrufiga olganini e’lon qiladi
B. Angliya va Fransiya o’rtasidagi urush umumyevropa mojarosiga aylanadi
*C. inglizlar Fransiya dengiz flotini yengib quruqlikda hujumga o’tadilar
D. dastlabki yirik jang Kresi yaqinida bo’ladi
10. Inglizlar qachon Fransiya dengiz flotini yengib, quruqlikda hujumga o`tadilar?
*A. 1340 yilda
B. 1450 yilda
C. 1414 yilda
D.1361 yilda
11. 100 yillik urushda Fransiya va Angliya o`rtasidagi dastlabki yirik jang qachon bo`lgan?
A. 1340 yilda
*B.1346 yilda
C. 1450 yilda
D. 1361 yilda
12. Fransiya va Angliya o`rtasidagi dastlabki yirik jang?
A.Kale jangi
B.Bove jangi
*C. Kresi jangi
D. Puate jangi
13. Kresi yaqinida bo’lib o’tgan va Fransiyaliklar qo’shini mag’lubiyatga uchragan dastlabki yirik jang qaysi yili bo’lib o’tdi ?
A. 1333
B. 1335
C. 1337
*D. 1346
14. Yuz yillik urush davomida 1346-yil qanday voqea bo’lgan?
A. Fransuz qiroli inglizlarning mamlakat janubidagi Akvitaniya yerlarini o’z tasarrufiga olganini e’lon qiladi
B. Angliya va Fransiya o’rtasidagi urush umumyevropa mojarosiga aylanadi
C. inglizlar Fransiya dengiz flotini yengib quruqlikda hujumga o’tadilar
*D. dastlabki yirik jang Kresi yaqinida bo’ladi
15. Yuz yillik urushda Kresi yaqinidagi jangda inglizlar g’alabasini ta’minlagan omillar qaysilar?
1) Ingliz qo‘shinlarining intizomi, 2)son jihatidan ustun bo‘lishi, 3) puxta tayyorgarligi
4) alohida ritsarlik bo‘linmalaridan tashkil topgan 5) Erkin dehqonlardan tuzilgan kamonchilar bo‘linmasi 6) quruqlikda hujumga o‘tadilar 7) Inglizlar qo‘shini qiroldan maosh olgan harbiy boshliqlar buyrug‘ini so‘zsiz bajargan.
A. 1, 3, 5, 6, 7.
*B. 1, 2, 3, 5, 7.
C. 2, 3, 4, 5, 6.
D. 2, 4, 5, 7
16. Yuz yillik urush davomida qachon Fransiyaning son jihatdan ikki baravar katta qo’shini Angliya shahzodasi Eduard qo’shinlarini ta’qib etib, unga Puate yaqinida yetib oladi?
A. 1340-y.
B. 1346-y,
*C. 1356-y,
D. 1366-y.
17. 1356-yil Angliya qiroli Eduard oz sonli qo’shini bilan asr tushishga rozi bo’lmaydi, lekin jang qilishdan boshqa chorasi qolmagan edi, natijada...
A. Ingliz shahzodasi Eduard jangda mag’lub bo’lib, asir olinadi;
*B. Fransiya qiroli Ioann Saxiy va o’g’li Filipp asir tushadi;
C. Jakeriya qo’zg’oloni boshlanadi
D. Uot Tayler qo’zg’oloni boshlanadi.
18. 1356-yil farnsuz qo’shinlari son jihatdan ikki barobar ko’p bo’lishiga qaramay nima sababdan inglizlarga qirol va shahzodasi asir tushadi?
A. Qirol Ioann Saxiy va shahzoda Filipp o’z xohishlari bilan inglizlar tomoniga o’tadi;
B. Jakeriya qo’zg’oloni boshlanib, qo’shinning bir qismi u tomonga jo’natiladi
*C. Jang davomida fransuzlarning birikmay harakat qilishi sara ritsarlar halokatiga sabab bo’ladi;
D. Fransuz qo’shinida sara ritsarlar yo’qligi sababli.
19. Yuz yillik urush davomida Puate yaqinidagi jangda qaysi fransuz qiroli asir olinadi?
A. Eduard III.
*B. Ioann Saxiy
C. Filipp
D. Karl V
20. Jakeriya qo’zg’oloni qachon bo’lib o’tdi?
A. 1337-yil may oyida
B. 1356-yil mart oyida
C. 1348-yil mart oyida
*D. 1358-yil may oyida
21. 1358-yilda Fransiyada bo’lgan qo’zg’olon nima uchun ”Jakeriya” deb nomlandi?
*A. Oddiy dehqonga nisbatan Jak laqabi ishlatilgan;
B. Qo’zg’olon boshlig’ining laqabi Jak bo’lgan
C. Qo’zg’olon boshlangan hudud nomidan olingan;
D. Jak so’zi qo’zg’olon ma’nosini bildiradi.
22. Jakeriya qo’zg’oloniga qancha kishi qatnashgan?
A. Mingdan ortiq,
B. O’nmmingga yaqin,
*C. Yuzmingga yaqin,
D. Yuzmingdan ortiq.
23. Jakeriya qo’zg’olonchilari shiori qaysi?
A. Ishlab yashaylik, yoki jang qilib o’laylik.
B. zodagonlarga o’lim
*C. barcha zodagonlarni bitta ham qoldirmay qirib tashlash
D. Qirq yil qul bo‘lib yashàgàndàn bir kun îzîd bo‘lib yashàgàn ma’qul
24. Jakeriya qo’zg’oloni boshlig’i kim edi?
A. Jak ismli dehqon
*B. Gilom Kal
C. Tunukasoz Uot tayler
D. Janna d’ Ark
25. Jakeriya qo’zg’oloni ishtirokchilari amalga oshirgan ishlarni aniqlang:
1) zodagonlarni kaltaklaydilar, 2) feodal qal’alarini talaydilar, 3) soliq hujjatlari va ro’yxatlarini yondirib yuboradilar, 4) feodal qo’rg’onlariga o’t qo’yadilar
A. 1, 4
B. 1, 3
C. 2, 4
*D. 2, 3
26. Jakeriya qo’zg’oloni natijasini aniqlang.
*A. Dehqonlarning to’lov evaziga qaramlikdan ozod qilinishi tezlashdi,
B. Dehqonlar shaxsan ozod deb e’lon qilindi,
C. Barcha dehqonlar to’lov evaziga ozod qilindi,
D. Zodagonlarning jabr-zulmi battar ortdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |