42-Mavzu
1.Amerika qit’asiga odamlar qayerdan o’tib borishgan?
A. Shimoliy Osiyodan* B. Bering bo`g’ozi orqali
C. Afrikadan D. A va B
2. Shimoliy Osiyodan Bering bo`g’ozi orqali odamlar Amerika qit’asiga qachon ko’chib borishgan?
A. 30000 B. 40000 yil oldin*
С. 50000 yil oldin D. 25000 yil oldin
3. Shimoliy Amerika qabilalarining asosiy qismi qanday mashg’ilot bilan shug’ullanishgan?
A. Baliqchilik B. ovchilik*
C. dehqonchilik D. A va B
4. Amerika qit’asining qaysi hududlarida dehqonchilik xo’jaligi tarkib topgan?
A. Markaziy Amerikada B. Janubiy Amerikada*
C. Shimoliy Amerikada D. A va B
5. Markaziy va Janubiy Amerika xalqlari nimadan o’g’it sifatida foydalanishgan?
A. Shox shabalar yonganidan so`ng kulidan o’g’it sifatida*
B. Asosan ularda o`g`it bo`lgan
C. yog`ochlarning chiqindisidan
D. ABC
6. Markaziy va Janubiy Amerikada yashagan qabilalar?
A. Mayya, Kechua B. Atstek, Olmek C. Toltek D. ABC*
7. Markaziy va Janubiy Amerikaliklar yetishtirgan yevropaliklarga ma’lum bo’lmagan ekinlar?
A. Makkajo’xori, pomidor B. kartoshka, kungaboqar
C. kakao, tamaki D. ABC*
8. Amerika qit’asiga ot, sigir, quy va echkilar qayerdan keltirilgan?
A. Osiyodan B. Yevropadan*
C. Afrikadan D. ABC
9. Amerikalik hindularning mehnat qurolari nimadan yasalgan?
A. Tosh B. jez
C. yog’ochdan D. ABC*
10. O`rta asrlarda qaysi qabilalar Amerikada o’z davlatlarini tuzganlar?
A. Mayya B. Astek
C. Kechua D. ABC*
11. Mayyalar qayerda yashashgan?
A. Markaziy Amerikaning Yukatan yarim orolida*
B. Shimoliy Amerikaning Yukatan yarim orolida
C. Osiyoda D. Afrikada
12. Mayyalarda shahar-davlatlar hukmdori qanday nom bilan ataladi?
A. “buyuk magistr” B. “buyuk kohin”*
C. “buyuk kishi” D. “sapa Inka”
13. “Buyuk kishi” bu - ……
A. Mayya shahar davlatlari hukmdori*
B. Mayyada kohinlar
C. Mayyada dehqonlar D.savdogarlar
14. “Buyuk kishi” hokimiyati qanday b`lgan?
A. Merosiy* B. merosiy bo`lmagan
C. saylangan D. tayinlangan
15. Mayyalar yozuvi qachon yaratilgan?
A. milodiy asr boshlarida*
B. mil avv V asrda
C. II ming yillikda D. mil avv I ming yillikda
16. Mayyalar hayotida kimlarning o’rni muhim bo’lgan?
A. zamindorlarning B. kohinlarning*
C. savdogarlarning D. hukmdorning
17. Kohinlar dehqonchilik jamoalariga nimani belgilab bergan?
A. dehqonchilik ishlarini bajarish muddatini *
B. safarga chiqish muddatini
C. qachon ibodat qilish vaqtini D. ABC
18. Mayyalar davlati poytaxti?
A. Tenochtitlan B. Chechen – Itsa*
C. Aksum D. Kusko
19. Mayyalar maxsus tepaliklar ustiga nimalarni barpo etganlar?
A. Zinapoyali ehromlar B. saroy
C. ibodatxonalari D. ABC*
20. Mayya saroy va ibodatxonalarida nima bo`lmagan?
A. eshiklar B. derazalar *
C. burchak D. A va B
21. Tenochtitlan shahriga kimlar va qachon asos solishgan?
A. XIII asrda mayyalar B. XII asrda asteklar*
C. X asrda mayyalar D. XV asrda songailar
22. Qaysi xalqlar yer taqchilligi tufayli “suzuvchi dalalar”ni barpo etganlar?
A. asteklar* B. inklar
C. mayyalar D. songailar
23. Tlatoani – bu …
A. Asteklarda lashkarboshi*
B. Mayyalarda lashkarboshi
C. Inklarda lashkarboshi D. ABC
24. Tlatoani qanday vazifalarni bajargan?
A. Lashkarboshi B. Oliy hukmdor
C. Bosh kohin D. ABC*
25. Asteklarda Tlatoani kimlardan saylangan?
A. Hukmron qabila boshliqlaridan*
B. oqsoqollardan
C. zamindorlardan
D. shaxzodalardan
26. Asteklar xo’jaligi asosini nima tashkil etgan?
A. savdo-sotiq B. Sug’orma dehqonchilik*
C. chorvachilik D. hunarmandchilik
27. Asteklarda eng muhim ekin?
A. banan B. makkajo`xori*
C. ananas D. uzum
28. Asteklarda yaxshi rivojlangan hunar turlari?
A. kulolchilik B. to’qimachilik
C. zargarlik D. ABC*
29. O’rta asrlarda nima sababdan bolta va pichoqlarni atsteklar toshdan yasashda davom etishgan?
A. tosh qattiq bo`lgani uchun
B. Ma’danlarni bilishmaganligi sababli*
C. Ma`danlarning bo`lmaganligi D. Tosh mo`l-ko`lligi uchun
30. Asteklarda qanday yozuv shaklllangan?
A. petroglif B. piktografik*
C. iyeroglif D. ABC
31. Asteklarning eng e’tiborli xudosi?
A. Suv xudosi B. oy xudosi
C. urush xudosi* D. quyosh xudosi
32 . Inklar davlati qayerda paydo bo’lgan?
A. Janubiy Amerikada B. And tog’lari yon bag’rida
C. Alp tog`lari yon bag`rida D. A va B*
33. Inklar qaysi tillar oilasiga mansub bo’lgan?
A.turk B. lotin C. fors D. kechua*
34. Kusko shahriga qachon va kimlar tomonidan asos solingan?
A. X asrda mayyalar
B. XI asrda inklar
C. XV asrda songailar
D. XII-XIII asrda inklar*
35. Kusko shahriga qayerda asos solingan?
A. Yukatan yarim orolida B. Urubamba daryosi havzasida *
C. Yutlandiya yarim orolida D. A.C
36. Inklar davlati hududlari qayerda tashkil topgan?
A. Alp tog`larida B. And tog’lari
C. Tinch okeani havzasida D. B va C*
37. Inklar davlatida oliy hukmdor nima deb ham ataladi?
A. Sapa Inka B. quyosh o`g`li *
C. oliy xudo D. oqsoqol
38 . Inklar davlatini kim boshqargan?
A. oliy Inka* B. sapa inka
C. oliy xudo D. oqsoqol
39. Inklar jamoalari yetishtirgan hosilning 2/3 qismini kimlarga topshirgan?
A. Davlatga B. ibodatxonalarga
C. hukmdorga D. A va B*
40. Tik qoyalarni o’yib, toshlar ustiga unumli tuproq yoyib dehqonchilik qilgan xalq?
A. ink jamoalari dehqonlari* B. mayyalar
C. atsteklar D. songailar
41. Inklarning asosiy ekinlari?
1. Kartoshka 2. Makkajo`xori 3.Kakao 4.Tamaki 5.Yeryongoq
A. 2,3 B.3,5 C.1,2* D.1,5
42. Inklar dehqonlari nimalar yetishtirgan?
A. Makkajo’xori, qovoq B. kartoshka, ananas
C. banan, paxta D. ABC*
43. Ink dehqonlari yetishtirgan hosil necha qismga bo’lingan?
A. ikkiga B. to`rtga C. uch qismga* D. bo`linmagan
44. Inklar viloyatlari o’rtasida qanday xizmat yo’lga qo`yilgan?
A. karvon yo`llari B. Pochta xizmati* C. kaptarlar orqali xat almashuv D. ABC
Do'stlaringiz bilan baham: |