7 sinf Jahon tarixi. 1-dars. Kirish I bob. Yevropa ilk o’rta asrlarda



Download 363.99 Kb.
bet1/8
Sana19.01.2017
Hajmi363.99 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8
Mundarija 7 sinf Jahon tarixi.
1-dars. Kirish……………………………………………………………………………………...3
I bob. Yevropa ilk o’rta asrlarda

2-dars. Xalqlarning buyuk ko'chishlari va ularning oqibatlari……………………………………4

3-dars. Franklarning ijtimoiy tuzumi va davlatining tashkil topishi………………………………5

4-dars. Franklar imperiyasi………………………………………………………………………..6

5-dars. Muqaddas Rim imperiyasi………………………………………………………………...7

6-dars. V-XI asrlarda Angliya…………………………………………………………………….8

7-dars. VI-XI asrlarda Vizantiya imperiyasi………………………………………………………9

8-dars. Nazorat ishi – 1…………………………………………………………………………..10

9-dars. Slavyan davlatlarining tashkil topishi……………………………………………………11

10-dars. Kiyev Rusi davlati……………………………………………………………………...12

11-dars. VI - XI asrlarda Yevropa xalqlarining madaniyati……………………………………..13
II bob. Osiyo xalqlari ilk o’rta asrlarda

12-dars. Yangi din beshigi……………………………………………………………………….14

13-dars. Arab xalifaligi va uning istilochilik siyosati……………………………………………15

14-dars. Xalifalik mamlakatlari madaniyati……………………………………………………..16

15-dars. Nazorat ishi – 2…………………………………………………………………………17

16-dars. IV-Xi asrlarda Hindiston……………………………………………………………….18

17-dars. V-XI asrlarda Xitoy…………………………………………………………………….19

18-dars. Takrorlash………………………………………………………………………………20


III bob. Hunarmandchilik va savdo-sotiqning rivojlanishi. Shaharlarning yuksalishi

19-dars. Yevropada o'rta asrlar shaharlarining vujudga kelishi…………………………………21

20-dars. Tovar xo'jaligi va savdo-sotiq…………………………………………………………..22

21-dars. Osiyo mamlakatlarining o’rta asr shaharlari. Hunarmandchilik va savdo……………...23

22-dars. Takrorlash………………………………………………………………………………24

23-dars. Xristian cherkovining jmiyatdagi o'rni…………………………………………………25

24-dars. Salib yurishlari va uning maqsadlari…………………………………………………...26

25-dars. Dastlabki salib yurishlari……………………………………………………………….27

26-dars. Keyingi salib yurishlari va oqibatlari…………………………………………………..28

27 dars. Nazorat ishi – 3…………………………………………………………………………29


IV bob. G’arbiy Yevropada markazlashgan davlatlarning tashkil topishi

28-dars. Fransiyada markaziy hokimiyatning vujudga kelishi…………………………………..30

29-dars. Fransiyada toifaviy monarxiyaning qaror topishi. General shtatlari…………………...31

30-dars. Fransiyani birlashtirish yo'lidagi harakatlar. Yuz yillik urushning boshlnishi…………32

31-dars. Fransiyani birlashtirishning tugallanishi………………………………………………..33

32-dars. Nazorat ishi – 4…………………………………………………………………………34

33-dars. Angliyada markazlashgan davlatning tashkil topishi…………………………………..35

34-dars. Angliyaning XIV-XV asrlardagi iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyoti……………………..36

35-dars. XII-XV asrlarda Germaniya……………………………………………………………37

36-dars. G'arbiy Yevropa xalqlari madaniyati…………………………………………………..38

37-dars. G'arbiy Yevropada san'at va adabiyot. Gumanizm…………………………………….39
V bob. Rus knyazliklari rivojlangan o’rta asrlarda

38-dars. Rusda feodal tarqoqlik va uning oqibatlari…………………………………………….40

39-dars. Chet el bosqinchilarining Rusga hujumi……………………………………………….41

40-dars. Rusning mo'g'ullar zulmidan ozod bo'lishi……………………………………………..42


VI bob. Osiyo, Amerika va Afrika davlatlari davlatlari XI-XV asrlarda

41-dars. Saljuqiy va Usmonli turklar davlatlari………………………………………………….43

42-dars. Nazorat isgi – 5…………………………………………………………………………44

43-dars. Mo'g'ullar davlati va ularning istilochilik yurishlari. Oltin O’rda xonligi……………...45

44-dars. XIII-XV asrlarda Xitoy…………………………………………………………………46

45-dars. O'rta asrlarda Yaponiya………………………………………………………………...47

46-dars. O'rta asrlarda Koreya…………………………………………………………………...48

47-dars. XI-XV asrlarda Hindiston………………………………………………………………49

48-dars. Amerika o'rta asrlarda…………………………………………………………………..50

49-dars. Afrika xalqlari o'rta asrlarda……………………………………………………………51

50-dars. Nazorat ishi – 6…………………………………………………………………………52

51-dars. Yakuniy dars……………………………………………………………………………53

Kun __________ oy __________ 201__y.
Fan Jahon tarixi. 7 sinf

I.Mavzu: Kirish

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; shu davrda jahon xalqlarida yuz bergan ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar haqida o’quvchilarga ma’lumot berish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarni tarix faniga bo’lgan qiziqishlarini yanada oshirish

Rivojlantiruvchi maqsad; o’quvchilarda davrlar orasidagi farqlarni solishtirish ko’nikmasi hosil bo’ladi.



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: Hech qanday moddiy manfaatga asoslanmagan qullar mehnatining samarasizligi G’arbiy Rim imperiyasini tobora zaiflashtirgan. Ayni paytda olib borilgan tinimsiz istilochilik urushlari imperiyani holdan toydirgan. Bora-bora imperiya hatto istilochilik urushlari olib borishga ham qodir bo’lmay qolgan. Endi u o’z chegaralarini o’zgalar hujumidan bazo’r himoya qilishga majbur edi. Imperiyadagi bu ahvol german qabilalarining bostirib kirishiga juda qulay sharoit yaratgan. Bu davrda germanlarda urug’chilik tuzumining so’nggi bosqichi davom etardi. German qabilalari bo’lgan vandallar, gotlar, franklar, angl va sakslarning qudrati tobora ortib borgan. Kuchsizlanib qolgan G’arbiy Rim imperiyasi german qabilalari siquviga bardosh bera olmagan. German qabilalari harbiy kuchlari boshliqlaridan biri Odoakr 476- yilda Rimning so’nggi imperatori go’dak Romul Avgustulni taxtdan tushirdi. Shu tariqa G’arbiy Rim imperiyasi barham topgan. Vandallar sobiq imperiyaga qarashli Shimoliy Afrikani, g’arbiy gotlar (vestgotlar) Ispaniyani, sharqiy gotlar (ostgotlar) Italiyani, franklar Galliyani, angl va sakslar esa Britaniyani egallab oldilar. Shu joylarda o’z davlatlarini barpo etdilar.

O’rta asrlar tarixi ikki yirik davrga bo’linadi

1. Milodiy V asr oxiridan – XI asr o’rtalariga qadar

2. XI asrning o’rtalaridan – XV asr oxiriga qadar



X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan Jahon tarixi. 7 sinf

I.Mavzu: Xalqlarning buyuk ko'chishlari va ularning oqibatlari

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; shu davlatning bosqichilik yurishlari va davlat tuzumlari haqida tushuncha berish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarda o’zga xalqlar tarixiga xurmat ruhini shakllantirish

Rivojlantiruvchi maqsad; o’quvchilar shu davr va davlat haqida mustaqil fikr yurita oladilar..



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: Buyuk ko’chish haqida. IV - VI asrlar Yevropa tarixiga xalqlarning buyuk ko’chishi nomi bilan kirgan. Ko’chish natijasida xalqlarning yashash hududlari keskin o’zgarib ketgan. Bunday ko’chishga quyidagi omillar sabab bo’lgan: birinchidan, ko’pgina xalqlarda ishlab chiqaruvchi kuchlar o’sgan.Bu hodisa, ayniqsa, german qabilalarida kuchli bo’lgan. Oqibatda germanlarda yangi-yangi yerlarga talab kuchaygan. Bu talabni o’zgalar yerini egallab olishsiz qondirib bo’lmas edi. O’sha davrlarda G’arbiy Rim imperiyasi holdan toygan edi. Bu hol germanlarga imperiya hududlarini asta-sekin egallab olish, bora-bora butunlay istilo qilish uchun sharoit yaratgan. Ikkinchidan, Sharqda yashovchi qudratli ko’chmanchi xun qabilalarining G’arbga istilochilik yurishi boshlangan. Kuchsiz qabilalar o’zlari yashayotgan joylarni tashlab, boshqa yurtlarga ko’chishga majbur bo’lganlar. Uchinchidan, tabiatdagi iqlim o’zgarishlari ham buyuk ko’chishga sabab bo’lgan. Bu o’zgarishlar ob-havoning keskin sovishi bilan bog’liq edi. Ekin maydonlari tobora ko’proq yaroqsiz holga kela boshlagan. Turli qabilalar yashash uchun iqlimi qulay joylarga ko’chishga majbur bo’lganlar.

Buyuk ko’chish oqibatlari. Buyuk ko’chish davrida german qabilalari G’arbiy Rim imperiyasi hududlarini istilo qildilar. Zulmdan aziyat chekkan qullar va boshqa ezilgan tabaqalar ularga yordam berganlar. Oxir-oqibatda G’arbiy Rim imperiyasi halokatga yuz tutgan. G’arbiy Rim imperiyasining qulashi shunchaki bir davlatning qulashigina emas edi. Bu, ayni paytda, asrlar davomida hukm surib kelgan quldorlik tuzumining Yevropada barham topishi ham edi. Endi Yevropada yangi jamiyat (yuqorida siz nomini bilib olgan) - feodal jamiyati qaror topa boshladi. Bundan tashqari, xalqlarning buyuk ko’chishi oqibatida turli xalqlarning bir-biri bilan aralashuvi yuz berdi. Ularning madaniy qiyofasi ham keskin o’zgardi.

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan Jahon tarixi. 7 sinf

I.Mavzu: Franklarning ijtimoiy tuzumi va davlatining tashkil topishi

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; shu davrda jahon xalqlarida yuz bergan ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar haqida o’quvchilarga ma’lumot berish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarni tarix faniga bo’lgan qiziqishlarini yanada oshirish

Rivojlantiruvchi maqsad; o’quvchilarda davrlar orasidagi farqlarni solishtirish ko’nikmasi hosil bo’ladi.



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: Franklar haqida. "Frank" so’zi - jasur, erkin degan ma’nolarni anglatadi. Bu atama qator german qabilalariga nisbatan qo’llaniladigan umumiy nom edi. Franklar asosan Reyn daryosining o’rta va quyi oqim bo’ylarida yashaganlar. Franklar dengiz bo’yi (sali) va qirg’oq (ripuar) franklariga bo’linganlar. Franklarning G’arbiy Rim imperiyasi bilan munosabatlari bir xilda kechmagan. Ular bir-birlari bilan ba’zan dushman, ba’zan ittifoqchi bo’lganlar. Sali franklari ancha kuchli edi. Ular Xlodvig hukmronlik qilgan yillarda (481­-511) nihoyatda kuchaygan.

Davlatning tashkil topishi. Xlodvig tez orada barcha frank qabilalari ustidan hukmronlik o’rnatgan va 486- yilda Shi­moliy Galliyani egallagan. Shu tariqa Franklar davlati (hozirgi Fransiya shu nomdan olingan) tashkil topgan. Qirol Xlodvig Franklar davlatida merovinglar sulolasi hukmronligiga asos solgan. Sulola nomi Xlodvigning ajdodi Merovey nomidan olingan. U sali franklariga yetakchilik qilganlardan biri edi. Qirol hokimiyati tobora kuchayib borgan. U davlat boshqaruvining barcha sohalarini o’z qo’liga olgan. Uning hokimiyati yirik yer egaligiga va harbiy kuchga asoslangan. Davlatni o’z mulki kabi boshqargan. Xlodvig mamlakatni viloyatlarga bo’lgan. Ularni qirol tayin­laydigan graflar boshqargan.

"Sali haqiqati". "Sali haqiqati" franklar qonunlari to’plami edi. To’plam franklarning asosan dehqonchilik va chorvachilik bilan shug ‘ullanganliklaridan dalolat beradi. Qonunga ko’ra yer ikki qismga: shaxsiy yerlar va jamoa yerlariga bo’lingan. Yaylov hamda o’rmonlardan esa hamma birgalikda foydalangan. Ayollarga yer berish yoki meros qoldirish taqiqlangan. Bunda ayollarning vaqti kelib urug’dan chetga chiqib ketishlari hisobga olingan. "Sali haqiqati" odamlar o’rtasida tabaqalanish ro’y berganligini tasdiqlaydi. Chunonchi, qirol jangchilarining xuni oddiy erkin frank xunidan uch marta ko’p bo’lgan. "Sali haqiqati"ga ko’ra o’ldirilgan urug’ a’zosi uchun o’ldirgan urug’ xun to’lagan.

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.

Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan Jahon tarixi. 7 sinf

I.Mavzu: Franklar imperiyasi

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; shu davlatning bosqichilik yurishlari va davlat tuzumlari haqida tushuncha berish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarda o’zga xalqlar tarixiga xurmat ruhini shakllantirish

Rivojlantiruvchi maqsad; o’quvchilar shu davr va davlat haqida mustaqil fikr yurita oladilar..



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa



d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni Karolinglar sulolasining hokimiyat tepasiga kelishi. Merovinglar sulolasi hokimiyati Xlodvig vafotidan so’ng tobora zaiflashib borgan. Bunga katta yer egaligining kuchayib borishi va o’zaro urushlar sabab bo’lgan. Franklar davlatida merovinglar sulolasi hukmronligi 751- yilgacha davom etgan. 751- yilda Franklar davlatida yangi sulola - karolinglar sulolasi hukmronligi boshlangan. Sulola asoschisi Pipin 751- yilda Frank qiroli deb e’lon qilingan. Qirol Pipin Rim cherkovi bilan do’stona munosabat o’rnatgan. Rim Papasining ko’rsatmasi bilan Pipinni qirol deb tan olish marosimi o’tkazilgan. Pipin esa Rim Papasi Stefan II ga Rim viloyatini hadya etgan. Shu tariqa VIII asr o’rtalariga kelib Yevropada Rim Papasi davlati vujudga kelgan. Uddaburon Pipin mana shu yo’l bilan cherkovning qo’llab-quvvatlashiga erishgan.

Buyuk Karl hukmronligi. Pipin 768- yilda vafot etgach, taxtga o’g’li Karl o’tiradi. Unga keyinchalik Frank davlati oldidagi xizmatlari uchun "Buyuk" laqabi berilgan. U mohir sarkarda, davlat arbobi,jasur, zabardast va matonatli shaxs bo’lgan. O’rta asrlarda Buyuk Karl to’g’risida juda ko’p afsonalar to’qilgan, qo’shiqlar yaratilgan. Ularda uning qahramonliklari, adolatparvarligi va donoligi madh etilgan.

Buyuk Karlning istilochilik urush­lari. Buyuk Karl hukmronligi yillarida (768-814) 50 dan ortiq harbiy yurishlar uyushtirgan. Bular istilochilik urushlari edi. 772- yilda u dastlab Italiya hududida tashkil topgan Langobarular qirolligiga qarshi yurish boshlagan. 776- yilda qirollik hu­dudlari Franklar davlati tarkibiga qo’shib olindi. 778- yilda Ispaniyaga qarshi yurish qilgan. Bu davrda Ispaniyada arablar hukmronlik qilardi. Buyuk Karl oxir-oqibatda bu mamla­katning kichik bir viloyatini egallay oldi, xolos. Unga Ispan markasi deb nom berilib, keyinchalik bu viloyat Barselona grafligi deyilgan. Buyuk Karl sakslarni bo’ysundirish uchun ko’p kuch sarflagan. Sakslar franklardan keyingi eng katta german qabilasi bo’lgan edi. Ular Reyn daryosidan Elba daryosigacha cho’zilgan juda katta hududda yashar edilar. U yerlar serunum bo’lganligi sababli frank feodallarini bosqinchilik urushlariga undar edi. Franklar davlati sakslarni bo’ysundirmasdan turib, Boltiq dengiziga chiqa olmas, shuningdek, bu dengiz orqali olib boriladigan savdo-sotiq ishlarida yetakchi o’rinni egallay olmasdi. Dengiz savdosidan tushadigan katta bojga ham egalik qilolmasdi. Sakslarga qarshi olib borilgan urush 30 yildan ortiq davom etdi (772 - 804).

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan Jahon tarixi. 7 sinf

I.Mavzu: Muqaddas Rim imperiyasi

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; shu davrda jahon xalqlarida yuz bergan ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar haqida o’quvchilarga ma’lumot berish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarni tarix faniga bo’lgan qiziqishlarini yanada oshirish

Rivojlantiruvchi maqsad; o’quvchilarda davrlar orasidagi farqlarni solishtirish ko’nikmasi hosil bo’ladi.



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: Karolinglar hukmronligi davri. Muqaddas Rim imperiyasi deyilganda Germaniya imperiyasi tushuniladi. Verden shartnomasiga ko’ra, "Sharqiy franklar yerlari" (Germaniya) Buyuk Karlning nabirasi Lyudovik Nemisga tekkan edi. Karolinglar sulolasi Germaniyada 919- yilgacha hukmronlik qildi. Garchand kechroq bo’lsa-da, Getmaniyada ham feodal tartiblar qaror topgan. Gersog va graflar yirik feodallardan bo’lib, ular qirol hokimiyatining zaiflashuvidan birinchi navbatda manfaatdor edilar. Oxir­ oqibatda ular shunga erishganlarki, karolinglar sulolasi hokimiyati Germaniyada hech qanday ahamiyatga ega bo’lmay qolgan.

Saksoniyaliklar sulolasi hukmronligi. 919- yilda Germaniya feodallari Saksoniya gersogi Genrix I ni qirollik taxtiga o’tqazganlar. Shu tariqa Germaniyada saksoniyaliklar sulolasi hukmronligi davri boshlangan. Genrix I hukmronligi davrida qirol hokimiyati kuchaydi. Bunga uzluksiz istilochilik urushlari olib borilganligi sabab bo’ldi. Bu urushlar feodallarni o’z kuchlarini birlashtirishga majbur etardi. Qirol feodallar uchun qo’shin sarkardasi sifatida zarur edi. Bu hol ularni istasa-istamasa qirol hokimiyatiga bo’ysunishga majbur etardi. Qolaversa, Germaniyada qirol hokimiyati ko’p sonli, uyushgan ritsarlarga tayanardi. Genrix I ning bosqinchilik urushlari natijasida qirollik hududlari yanada kengaygan.

Germaniya imperiyasining tashkil topishi. 936- yilda Germaniya taxtiga Otton I o’tirdi. U Genrix I ning o’g’li edi. Otton I davrida qirol hokimiyati yanada kuchaydi. Hokimiyat bunga cherkov bilan do’stona aloqa o’rnatish, qarindosh-urug’chilik munosabatlarini yo’lga qo’yish vositalari orqali erishdi. Yepiskoplarga immunitet huquqini berdi. Ularga ko’plab yer taqdim etdi. Otton I otasining bosqinchilik urushlarini davom ettirdi. Chunonchi, 951-yilda Shimoliy Italiyani egallashga muvaffaq bo’ldi. Rim Papasi bilan yaxshi munosabatda ekanligi Otton I ning Italiyani egallashida qo’l keldi. Bu davrda Papaning Italiya feodallari bilan munosabati buzilgan edi. 961-yilda Otton I Rim Papasi Ioann XII ni Papa taxtiga o’tqazdi. Rim Papasi minnatdorchilik eva­ziga 962-yilda Otton I ga imperatorlik tojini kiygazdi. Shu tariqa Germaniya Imperiyasi tashkil topdi. Buyuk Karlga imperatorlik toji kiydirilib, u Rim imperatori deb e’lon qilinganidek, Otton I ham Rim imperatori deb e’lon qilindi. Yangi imperiyaga ,,Muqaddas Rim Imperiyasi" degan nom berildi.

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.

Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan Jahon tarixi. 7 sinf

I.Mavzu: V-XI asrlarda Angliya

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; shu davrda jahon xalqlarida yuz bergan ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar haqida o’quvchilarga ma’lumot berish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarni tarix faniga bo’lgan qiziqishlarini yanada oshirish

Rivojlantiruvchi maqsad; o’quvchilarda davrlar orasidagi farqlarni solishtirish ko’nikmasi hosil bo’ladi.



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa



Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa