1.Massalari 2 kg va 5 kg boʻlgan jismlar oʻzaro taʼsirlashish natijasida ikkinchi jism 4 m/s^2 tezlanish olgan boʻlsa, birinchi jismning olgan tezlanishini toping (m/s^2)
A) 5 B) 1.6 C) 4 D) 10
2. Dinamometrning ikki tomoniga qarama-qarshi yoʻnalishda 4 N dan kuchlar qoʻyilgan. Dinamometr necha Nyutonni koʻrsatadi?
A) 8 B) 0 C) 4 D) 5
3. 4 rad/s burchak tezlik bilan aylanayotgan 5 kg massali jismga taʼsir etuvchi markazdan qochma kuchni toping (N). Aylana radiusi 4 m.
A) 5 B) 64 C) 80 D) 320
4 Ikki jismdan har birining massasi 2 marta oshirilsa va ular orasidagi masofa 2 marta kamaytirilsa, ularning oʻzaro tortishish kuchi qanday oʻzgaradi?
A) 8 marta ortadi B) 8 marta kamayadi
C) 16 marta kamayadi D) 16 marta ortadi
5. Butun olam tortishish qonuni formulasini aniqlang.
A) F= G m1•m2/R^2 B) F= mg C) F= k∆l D) F= ma
6. Jismning...... tortilish kuchi ...... deb ataladi.
A) Yerga , ogʻirlik kuch B) Samoga , tortishish kuchi C) Yerga , ishqslanish kuchi D) Yuklama
7. Massasi 300 kg boʻlgan kitob javoni Yerga qanday kuch bilan tortiladi? g=10m/s^2.
A) 300 N B) 3000 N C) 600 N D) 6000N
8. Elastiklik kuchi tashqi kuch taʼsiridagi deformatsiya kattaligiga toʻgʻri proporsional. Bu kimning qonuni.
A) R. Guk qonuni B) I. Nyuton C) Kavendesh D). A. Amper
9. Bikrligi 6 kN/m boʻlgan prujina 900 N kuch taʼsirida qanchaga choʻziladi? ( m)
A) 15 B) 1.5 C) 150 D) 0.15
10. Qanday kattalikdagi kuch taʼsirida bikrligi 1000 N/m boʻlgan prujina 2 sm ga choʻziladi?
A) 2 N B) 20 C)200 D)2000N
11. Agar biror balandlikdan gorizontal otilayotgan jismning otilish tezligini 4 marta oshirilsa, uning harakatlanish vaqti qanday oʻzgaradi?
A) oʻzgarmaydi B) 4 marta ortadi C) 4 marta kamayadi
12. 80 m balandlikdan 15 m/s tezlik bilan gorizontal otilgan jismning uchish uzoqligini toping (m)?
A) 40 B) 60 C) 80 D) 45
13. Bola 20 m balandlikdagi derazadan koptokni gorizontal ravishda otdi. Agar koptok uy poydevoridan 6 m nariga borib tushsa, u qanday tezlik bilan otilgan (m/s)
A) 1.5 B) 9 C) 3 D) 12
14. Insoniyat tarixida birinchi marta kosmosga uchgan inson kim?
A) E. Oldrin B) N. Armstrong C) Yuriy Gagarin D) Solijon Sharipov
15. Ikkinchi kosmik tezlikning son qiymati qancha (km/s) ?
A) 7.9 B) 11.2 C) 16.7 D) 11.7
16. Ishqalanish kuchi necha turga boʻlinadi?
A) 2 B) 3 C) 4 D) 5
17. Jismning .... holatidan harakatga kelish paytidagi ishqalanish kuchi .......dagi ishqalanish kuchi deyiladi.
A) tich, tinchlik B) tinch, sirpanish C) tinch, dumalanish
18. Gorizontal holatdagi poʻlat sirtida radiusi 30 mm , massasi 3 kg boʻlgan poʻlat disk tekis dumalantirilmoqda. Bunda hosil boʻlgan dumalash ishqalanish kuchini toping. ( µ=0.2 mm)
A) 0.02 N B) 0.2 N C) 20 N D) 2 N
19. Ipga bogʻlangan , massasi 2 kg boʻlgan jism 5 m/s^2 tezlanish bilan koʻtarilmoqda. Ipning taranglik kuchini toping. g=10 m/s^2 . (N)
A) 5 B ) 10 C) 20 D) 30
20. Gravitatsiya doimiysining birligini koʻrsating.
A) N•m^2/kg^2 B) N•kg^2/m^2 C) N/m^2 D) kg•m^2/N