III- bo`lim: Yangi mavzu bayoni
Amallarning asosiy xossalari qonunlar deyiladi. Qonunlardan foydalanib amallarning boshqa xossalarini ham asoslash mumkin.
Qo’shish va ko’paytirish uchun asosiy qonunlar quyidagilar:
1) O’rin almashtirish qonuni: a+b=b+a; a∙b=b∙a
2) Guruxlash qonuni: (a+b)+c=a+(b+c); (ab)c=a(bc)
3) Taqsimot qonuni: a(b+c)=ab+ac
Bu tebgliklarda a;b;c ixtiyoriy sonlar.
Ayirishni qarama-qarshi sonni qo’shish bilan almashtirish mumkin: a-b=a+(-b)
Amallarning xossalaridan foydalanish algebraic ifodani avval soddalashtirib so’ngra uning qiymatini oson yo’l bilan hisoblash imkonini beradi.
Bo’lish amali bo’luvchiga teskari bo’lgan songa ko’paytirish bilan almashtirilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |