4. Yangi mavzuni mustahkamlash:
Uchburchak bissektrisasi o’zi tushgan tomonda ajratgan kesmalari va uchburchakning qolgan tomonlari orasidagi proporsionallikni yozib ko’rsating.
To’g’ri burchakli ABC uchburchakning C to’g’ri burchagidan CB balandlik o’tkazilgan. ACD = CBD bo’lishini isbotlang. Hosil bo’lgan shaklda nechta o’zaro o’xshash uchburchakni ko’rsata olasiz?
5. Darsga yakun yasash va baholash – darsning maqsadini yana bir bor eslatish va unga qanchalik erishilganligini o’quvchilar bilan birgalikda aniqlash. O’quvchilarning mavzu bo’yicha savollariga javob berish, ulaming o’zlashtirganlik darajasini aniqiash, darsning asosiy lahzalarini qayd qilish. Darsda faol qatnashgan o’quvchilarni tilga olish va baholash;
6. Uyga vazifa ________________________
Sana: «___» _____________ 201__ y.
Mavzu: MASALALAR YECHISH
Darsning maqsadi: Misol va masalalar qanday yechish haqida ma’lumot berish. Misollar bilan tushuntirish.
Darsning borishi:
1. Tashkiliy qism – salom-alik qilish, davomatni tekshirish, zarur ko’rgazmali qurol va jihozlarni darsga hozirlash;
2. O’tilganlarni takrorlash va yangi mavzuni boshlashga hozirlik – yangi mavzu bilan bog’liq o’tilgan dars mavzularini takrorlash; o’quvchilarning yangi
mavzuni o’tishdan oldin bu mavzuga oid bilim darajalarini aniqiash, baholash
va yangi materialni o’zlashtirishga tayyorlash; yangi dars maqsadini tushuntirish;
3. Yangi mavzuni yoritish va Yangi mavzuni mustahkamlash:
Masalalar yechish
1-masala. Uchburchaklarning o’xshashligidan foydalanib uchburchak o’rta chizig’i uchburchakning bir tomoniga parallel va shu tomonning yarmiga teng ekanligini isbotlang.
Yechilishi. ΔABC va ΔMBN uchun:
B – umumiy,
Shuning uchun, uchburchaklar o’xshashligining TBT alomatiga ko’ra, bu ikki uchburchak o’xshash. Endi mushohadani mana bunday davom ettiramiz:
2-masala. Agar asoslari BC va AD bo’lgan ABCD trapetsiyaning AC diagonali uni ikkita o’xshash uchburchakka ajratsa, AC2 = BC · AD bo’lishini isbotlang.
Yechilishi. 1-qadam. ABC va ACD uchburchaklarning burchaklarini taqqoslaymiz. ACB = CAD, chunki bu burchaklar – ichki almashinuvchi burchaklar. B ≠ D, chunki ABCD – trapetsiya (aks holda, D + A = = B + A = 180o, ya’ni AB||CD bo’lib, ABCD trapetsiya bo’lmay qolar edi). U holda, D = BAC va ACD = B.
2-qadam. Endi ABC va ACD uchburchakning mos tomonlari nisbatini yozamiz:
1. a) Bo’yi 170 sm bo’lgan odam soyasining uzunligi 1 m bo’lsa, balandligi 5,4
m bo’lgan simyog’och soyasining uzunligini toping
b) Ikkita teng yonli uchburchakning uchidagi burchaklari teng. Birinchi uchburchakning yon tomoni 17 sm, asosi 10 sm ga, ikkinchi uchburchakning asosi 8 sm ga teng. Ikkinchi uchburchakning yon tomonini toping.
3. ABC uchburchakning AP medianasi BC tomonga parallel va uchlari AB va AC tomonlarda yotgan istalgan kesmani teng ikkiga bo’lishini isbotlang.
4. Uchburchakning uchlari uning o’rta chizig’ini o’z ichiga olgan to’g’ri chiziqdan teng masofada yotishini isbotlang.
5. Aylanaga ichki chizilgan ABCD to’rtburchak diagonallari O nuqtada kesishadi. ΔAOB o’xshashlik ΔCOD ekanligini isbotlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |