3. Qaysi asrdan boshlab Movarounnahrda yerdan foydalanishda iqto tartiboti juda keng yoyiladi?
A) X asrda B) XI asrda C) XII asrda D) XIII asrda
4.Qoraxoniylar davriga oid mashhur bo`lgan saroy, masjid, madrasa, minora, xonaqoh, maqbara, tim va karvonsaroy kabi inshootlar to`g`ri berilgan qatorni toping?
A) Ismoil Somoniy maqbarasi, Namozgoh masjidi, Minorai Kalon hamda Vobkent va Jarqo‘rg‘ondagi minoralar
B) Shohizinda masjidi, Ma’sudiya va Xoniya masjidlari, Abdulazizxon madrasasi
C) Registon ansambli, Labi Hovuz majmuasi, Bibixonim masjidi, Minorai Kalon va Hazrati Kalon Sohibzoda masjidi
D) Raboti Malik, Masjidi kalon, Minorai kalon, Vobkent minorasi, Jarqo‘rg‘on minorasi, Mag‘oki attori masjidi
5. Xurosonda hukmronlik qilgan sulolalar ketma-ketlikda berilgan qatorni toping?
A) Somoniylar, Tohiriylar, Saljuqiylar, G‘aznaviylar
B) Tohiriylar, Somoniylar, Safforiylar, Saljuqiylar
C) Safforiylar, Somoniylar, Qoraxoniylar, G‘aznaviylar
D) Tohiriylar, Safforiylar, Somoniylar, G‘aznaviylar
6. Somoniylar davrida yer egaligining besh turi mavjud bo‘lib, shulardan qaysi biri oliy martabali ruhoniylar va sayyidlar qo‘l ostida bo‘lgan?
A) “mulki xos” B) “iqto” C) “jamoa yerlari” D) “vaqf”
7.O‘rta asrlarda O‘rta Osiyoning qaysi xududida qayiqsozlik taraqqiy qilgan edi?
A) Eloqda B) Farg‘onada C) Shoshda D) Xorazmda
8. Somoniylar hukmdori Nuh ibn Nasrga qarshi amakisi Ibrohim qachon isyon ko‘taradi?
A) 942-yil B) 943-yil C) 947-yil D) 952-yil
9. Chingizxon qaysi elchilik orqali xorazmshoh Muhammadni G‘arbning sohibqironi, o‘zini esa Sharqning podshosi deb hisoblashini xorazmshohga yetkazgan edi?
A) 1216-yilgi Bahouddin Roziy elchiligi
B) 1218-yilgi Mahmud Yalavoch elchiligi
C) 1218-yilgi ibn Kafroj Bug‘ro elchiligi
D) 1216-yilgi Mahmud Yalavoch elchiligi
10. Xorazm Saljuqiylar tomonidan qachon bosib olinadi?
A) 1017-yili B) 1038-yili C) 1040-yili D) 1045-yili
11. Kaspiy dengizi sohillaridan to Sirdaryoning o‘rta oqimiga qadar bo‘lgan yerlarda Xorazmshohlar davlatining poydevorini barpo etgan hukmdorni aniqlang?
A) Elarslon B) M. Xoarzmshoh C) Otsiz D) Alouddin
12. Takash davrida Marv, Nishopur va Ray shaharlari qaysi yillar oralig`ida egallanadi?
A) 1189-1192- B)1190-1194- C) 1188-1191-D) 1187-1193-
13. Manbalarga qaraganda, mo‘g‘ullar tomonidan qaysi shaharning qamali besh oy davom etgan?
A) Urganch B) O‘tror C) Xo‘jand D) Marv
14.Qaysi voqeadan so‘ng Jaloliddinning harbiy kuchi kuchsizlanib qoladi?
A) Sind daryosi bo‘yida bo‘lgan jangdan so‘ng
B) Valiyon qal’asi yonida bo‘lgan jangdan so‘ng
C) Parvon dashtidagi g‘alabadan so‘ng
D) Niso va Qandahor yaqinidagi jangdan so‘ng
15.Jaloliddinning mo‘g‘ullar ustidan qozongan dastlabki yirik g‘alabasi qayerda bo‘lgan edi?
A) Parvon dashtida B) Valiyon qal’asi yonida
C) Niso shahrida D) Qandahor yaqinida
16.1210 va 1212-yillarda qaysi shaharlarda Xorazmshoh Muhammad siyosatidan xalqning noroziligi ifodalangan qo‘zg‘olonlar bo‘lib o‘tdi?
A) Samarqandda, Keshda B) Buxoroda, Qarshida
C) O‘trorda, Samarqandda D) Buxoroda, Samarqandda
17. Quyidagi qaysi xorazmshoh hukmronligining so‘nggida “Davlat kengashi”ni (6 kishidan iborat) ta’sis etadi
A) El Arslon B) Takash C) Otsiz D)S. Muhammad
18. Parvon yaqinidagi jangda Jaloliddin Manguberdi qaysi mo‘g‘ul sarkardasi ustidan g‘alaba qozongan?
A) Subutoyning 25 minglik qo‘shini
B) Shiki Xutuxuning 45 minglik qo`shini
C) Aloqno‘yonning 5 minglik qo‘shini
D) Sukatu Cho‘rbiyning 45 minglik qo‘shini
19.Mo‘g‘ullar hukmronligi davrida “targ‘u” solig‘i kimlardan olingan?
A) hunarmand va savdogarlar B) ziroatkor dehqonlardan
C) chorvadorlardan D) yangi yerlarga ko‘chib o‘tganlardan
20. Mo‘g‘ullar hukmronligi davrida Movarounnahrning qaysi shaharlari qayta tiklanadi?
A) Termiz va Qarshi B) Samarqand va Toshkent
C) Urganch va Buxoro D) O‘tror va Xo‘jand
21.Ma’lumki, Kebekxon pul islohotini o‘tkazgan edi. Uning tangalari qaysi davlat tangalari namunasida zarb qilingan?
A) Arab xalifaligi B) Mo‘g‘uliston
C) Eron va Oltin O‘rda D) Xorazm va Xuroson
22. Mo‘g‘ullarga qarshi qo‘zg‘olon rahbari Mahmud Torobiy
A) qalqon yasovchi hunarmand bo‘lgan
B) g‘alvir yasovchi hunarmand bolgan
C) misgar bo‘lgan D) kudungarlik bilan shug‘ullangan
Do'stlaringiz bilan baham: |