10.Budjet jarayonini tashkil etish tartib qoidalarini o’rganish .
11.Davlat budjeti daromadlari va xarajatlari xususiyatlarini o’rganish .
Davlat budjeti yalpi ichki mahsulotni qayta taqsimlash bosqichlarida yuzaga keladigan alohida iqtisodiy kategoriyalar – budjet daromadlari va xarajatlari orqali amal qiladi. Budjet daromadlari va xarajatlari – obyektiv tarzda mavjud va amal qiluvchi katego riyalar bo‘lib, ularning har biri o‘ziga xos vazifani bajaradi: daromadlar davlat faoliyatining moliyaviy asosi bo‘lib xizmat qilsa, xarajatlar esa turli-tuman umumdavlat va umumjamiyat ehtiyoj larini qondirishga xizmat qiladi. Davlat budjeti daromadlari davlatning ixtiyoriga tushuvchi va uning markazlashgan pul fondini shakllantiruvchi pul mablag‘laridir. Davlat budjeti daromadlari davlat bilan korxonalar, tashkilotlar, muassasalar va aholi o‘rtasidagi mamlakat budjet fon- dining shakllanishi jarayonida yuzaga keladigan iqtisodiy munosabatlarni anglatadi.
Budjet daromadlari to‘lovchilariga ko‘ra, soliqqa tortish obyekt lariga ko‘ra, undirish usuliga ko‘ra, to‘lash muddatlariga ko‘ra bir-biridan farq qilishiga qaramasdan, ularning hammasi davlat budjetining daromad qismini shakllantirishga xizmat qiladi. Budjetga to‘lovlar pul shaklida amalga oshiriladi, budjetga tushgan pullar o‘z egasini yo‘qotadi, ya’ni budjetga to‘lov to‘lovchi shaxs aniq bir maqsadni ko‘zlab to‘lov to‘lamaydi, budjet daromadlarining shakl lanishi pul mablag‘larining bir tomonlama ha rakati asosida sodir bo‘ladi. Davlatning umumiy xazinasiga tushgan pullar davlat va jamiyat manfaatlari yo‘lida ishlatiladi. Shu sababli davlat budjeti ning shakllanishi va ishlatilishida davlatning, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning va alohida shaxslarning manfaatlari kesishadi. Demak, budjet daromadlarining asosiy moddiy manbayi milliy daromaddir. Agar davlatning moliyaviy ehtiyojlarini qondirish uchun milliy daromad yetarli bo‘lmasa, davlat bunday ehtiyojni qondirish uchun milliy boylikni jalb etishi mumkin.
Davlat budjeti daromadlari soliqli va soliqsiz daromadlardan tashkil topadi.
Soliqli daromadlar bir xil iqtisodiy mazmunga ega bo‘lsada, ya’ni davlat tomonidan o‘rnatiladigan, davlat budjeti daromadlarini tashkil qila digan majburiy pullik to‘lovni bildirsa-da, bir qancha belgilariga (iqtisodiy mazmuniga, soliqqa tortish obyektiga, soliq to‘lovchilariga, budjet tizimi bo‘g‘inlari daromadlarini shakl lantirishiga) ko‘ra guruhlanadi. Umuman olganda, soliqli daromadlar davlat budjeti daromadlarining qariyb 93-96 foizini tashkil qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Budjet kodeksiga muvofiq, davlat budjetining soliqsiz daromadlariga: davlat aktivlarini joylashtirish, foydalanishga berish va sotishdan olingan daromadlar, meros, hadya huquqi bo‘yicha davlat mulkiga o‘tgan pul mablag‘lari, yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek, chet davlatlardan tushadigan qaytarilmaydigan pul tushumlari, rezident-yuridik shaxslarga berilgan budjet ssudalarini va chet davlatlarga ajratilgan kreditlarni to‘lash hisobidan to‘lovlar kiritilgan.
Soliqsiz daromadlar ham majburiy, ham ixtiyoriy shakllarda bo‘lishi mumkin. Soliqsiz daromadlar ro‘yxati hamma darajadagi budjetlar uchun yago na bo‘lib, budjet tasnifi bilan belgilanadi
Budjet xarajatlari – davlat va mahalliy hokimiyat vazifa va faoliyatini moliyaviy ta’minlashga yo‘naltiriladigan pul mablag‘laridir. Iqtisodiy maz muniga ko‘ra davlat budjeti xarajatlari – davlatning markaz lashgan pul fondini taqsimlash va ishlatish bilan bog‘liq iqtisodiy muno sabatlardir. Budjet xarajatlarining turlari xilma-xil bo‘lib, bir qator omillarga bog‘liq:
– davlatning tabiati va funksiyalariga;
– mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanganlik darajasiga;
– budjetning iqtisodiyot va xizmat ko‘rsatish soha-tarmoqlari bilan aloqalarining ko‘lamiga;
– davlatning ma’muriy-hududiy tuzilishiga;
– budjet mablag‘larini taqdim etish shakllariga va b.
Bu omillar ta’siri ostida har qanday davlatning ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanishning har bir bosqichidagi budjet xarajatlari tarkibi va tuzilishi shakllanadi. Masalan, agar davlatning asosiy e’tibori iqtisodiyot tarmoq larini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bo‘lsa, unda budjet xarajatlari tarkibida yirik investitsiya larni davlat resurslari hisobidan moliyalashtirish xa rajatlari ustun bo‘ladi. Davlatning asosiy e’tibori jamiyatdagi ij timoiy muammolarni hal qilishga, aholini ijtimoiy himoya lash ga, ijtimoiy dasturlarni amalga oshirishga qaratilgan bo‘lsa, xarajatlar tarkibida ijtimoiy maqsadlardagi xarajatlar ortib boradi.
O‘z iqtisodiy mazmuniga qarab budjet xarajatlari joriy va kapital xarajatlarga bo‘linadi.
Budjetning joriy xarajatlari – budjet xarajatlarining bir qismi bo‘lib, davlat hokimiyati organlarining, mahalliy o‘z-o‘zini boshqa rish organlarining, budjet tashkilotlarining joriy faoliyatini ta’minlashga, davlat tomonidan quyi pog‘onadagi budjetlar va iqtisodiyotning ayrim tarmoq lariga mablag‘ ajratish, dotatsiyalar, subvensiyalar va subsidiyalar shaklida yordam ko‘rsatish uchun ajratiladi.
Budjetning kapital xarajatlari – budjet xarajatlarining innovatsiya va investitsiya faoliyatini ta’minlaydigan qismi hisoblanadi. Unga tasdiqlangan investitsiya dasturiga muvofiq ishlab turgan yoki yangidan tashkil qilinadigan korxonalar, tashkilotlar va muassa salarga investitsiyalar uchun mo‘ljallangan xarajatlar kiradi. Bu xarajatlar investitsiya maqsadlari uchun budjet kre ditlari tarzida beriladigan mablag‘lar, kapital ta’mir lash xarajatlari va kengaytirilgan takror ishlab chiqarish bilan bog‘liq boshqa xarajatlardan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |