12.Payariq tuman hokimligi moliya bo’limi mahalliy budjet daromadlari, ularning turlari[soliqli va soliqsiz to’lovlar] va manbalarini o’rganish.
13.Budjet tashkilotlarining xarajatlar smetalarini tuzish va tasdiqlash tartibi va unga kiritilgan oxirgi o’zgartirishlar
Smetalar O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan Davlat budjeti daromadlari va xarajatlarining amaldagi tasnifnomasiga muvofiq xarajatlarning to’liq yoyilmasi ilova qilingan holda xarajatlarning to’rt guruhi bo’yicha tuziladi. Ilova smetaning ajralmas qismi hisoblanadi
Budjet tashkilotlarining va Budjet mablag’lari oluvchilarning xarajatlar smetalari ikki nusxada, Budjet mablag’larini taqsimlovchi tasarrufidagi Budjet tashkilotlari va Budjet mablag’lari oluvchilar bo’yicha uch nusxada tuziladi.
Moliya organlari va Budjet mablag’larini taqsimlovchilar Budjet tashkilotlari hamda Budjet mablag’lari oluvchilarning xarajatlar smetalariga doir hisob-kitoblarni talab qilishga haqlidir
Tashkilotlarning xarajatlar smetasi uch nusxada tuzilib, tashkilotning rahbari yoki uning o’rinbosari (birinchi imzo huquqiga ega shaxs), tashkilot bosh hisobchisi yoki uning o’rinbosari (ikkinchi imzo huquqiga ega shaxs), shuningdek moliya-iqtisod bo’limi boshlig’i (shtatlar jadvaliga muvofiq moliya-iktisod masalalari bo’yicha mutaxassis) tomonidan imzolanadi hamda belgilangan tartibda moliya organida ro’yxatdan o’tkazilganidan so’ng:
- birinchi nusxasi - tashkilotda qoladi;
- ikkinchi nusxasi - tegishli moliya organiga taqdim qilinadi;
- uchinchi nusxasi - yuqori tashkilotga taqdim qilinadi (zarur hollarda).
Budjet tashkilotlari va Budjet mablag’lari oluvchilarning xarajatlar smetasi tashkilot bosh buxgalteri (uning o’rinbosari) va moliya-iqtisod bo’linmasi boshlig’i (shtat jadvaliga muvofiq moliyaviy-iqtisodiy masalalar bo’yicha mutaxassis) tomonidan imzolanadi hamda tashkilot rahbari yoki u vakolat bergan shaxs tomonidan tasdiqlanadi
Xarajatlar smetasini tasdiqlash O’zbekistan Respublikasi Prezidentining, Qoraqalpog’iston Respublikasi Juqorg’i Kengesining yoki tegishli viloyatlar, shaharlar, tumanlar Xalq deputatlari kengashlari sessiyalarining Budjet haqidagi qarori kabul kilingan kundan boshlab ikki hafta muddat ichida (agar boshqa muddat belgilanmagan bo’lsa) va tegishli Budjetlarda turuvchi tashkilotlar uchun xarajatlar tasnifi moddalari bo’yicha bo’lingan holda amalga oshiriladi hamda smetalarni tasdiqlagan tashkilot rahbari (yoki rahbar o’rinbosari) imzosi bilan, tasdiqlangan kuni ko’rsatilgan holda, shuningdek ushbu tashkilotning muhri smetaning barcha nusxalariga bosilib, bir paytning o’zida xarajatlar smetasi bo’yicha umumiy summasini yuqori o’ng burchagida shtatdagi xodimlarning mehnatga haq to’lash jamg’armasining umumiy summasini ajratib ko’rsatgan holda rasmiylashtiriladi.
Budjet tashkilotlari va Budjet mablag’lari oluvchilarning xarajatlar smetalarini, Budjet mablag’larini taqsimlovchining jamlanma xarajatlar smetalarini tasdiqlash joriy moliya yilining 10 martidan kechiktirmay amalga oshiriladi.
Budjet tashkilotining shtat jadvali 1 yanvar holatiga ko’ra har bir Budjet tashkiloti bo’yicha mazkur tashkilot uchun belgilangan mehnatga haq to’lash shartlariga muvofiq, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shakl bo’yicha tuziladi.
Yangidan tuzilayotgan Budjet tashkilotining shtat jadvali, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo’lsa, Budjet tashkiloti faoliyat ko’rsata boshlashidan ikki oy oldin tuziladi va kuchga kiradi
Budjet tashkilotining shtat jadvali tashkilotning bosh buxgalteri (uning o’rinbosari) va moliya-iqtisod bo’linmasi boshlig’i (shtat jadvaliga muvofiq moliyaviy-iqtisodiy masalalar bo’yicha mutaxassis) tomonidan imzolanadi hamda tashkilot rahbari yoki u vakolat bergan shaxs tomonidan tasdiqlanadi.Budjet tashkilotlarining shtat jadvallarini tasdiqlash joriy moliya yilining 10 martidan kechiktirmay amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |