5. XV asr II yarmida Turkiya. Sohibqiron Amir Temur usmoniylarni butunlay tugatmadi. Shu sabab ular tez orada o’zlarini yana yiklab olishdi. Bolqon yarim orolidagi yurishlar ularning qudratini yanada oshirdi.
Keyinchi navbat Konstantinopolni olinishi edi. Uning bosib olinishi Fotih Sulton Mehmed ul-Soniy yoki Sulton Mehmed ul-Fotih (1432-1481) — usmoniylar sulolasiga mansub turk sultoni (1444-46, 1451-81) nomi bilan bog’liqdir. U Murod II to’rtinchi o’g’li edi. Turk qo'shinlarining yurishiga shaxsan qo'mondonlik qilib, jahongirlik siyosatini yuritgan.
1452 yilning martida Mehmed II buyrug'iga binoan, Bosforning Osiyo qismida Boyazid ul-Avval Yildirim tomonidan barpo etilgan Anado'li hisorning qarama-qarshisida, ya`ni Bosforning Yevropa qismida Rumelihiyura quriladi. Natijada Bosfordan suzib o'tayotgan xorijiy kemalarni bojxona tekshiruvidan o'tkazish imkoniyati tug'iladi.
1453 yilning martida Mehmed II 150 ming kishilik qo'shin, 80 harbiy kema va 300 dan ortiq yuk kemalari bilan Vizantiya poytaxti Konstantinopol tomon yurish boshlagan. Qirq kunlik (18 aprel — 29 may) qamaldan so'ng shahar zabt etilgan.
Konstantinopolning turklar tomonidan zabt etilishi yakunlanadi. Konstantinopolning qulashi, Vizantiya imperiyasiga xotima yasagan va aksincha, Usmonli turk imperiyasini jahondagi eng qudratli saltanatlardan biriga aylaniishga olib kelgan. Shahar turkcha Istanbul deb nomlana boshlagan.
Mehmed II shundan so'ng, Bolqon hamda Markaziy Yevropa mamlakatlarini zabt etishga kirishgan. Dastlab, u Serbiyaga zarba bergan, ammo 1456 yilning 27 iyulida Belgrad ostonasida Yanosh Xunyadi lashkari bilan bo'lgan jangda mag'lubiyatga uchragan. 1459 yil turklar Serbiyani, 1460 yil Moreyani, 1463 yil Bosniyani, 1476 yil Valaxiyani, 1478—79 yillar davomida Albaniyani o'z tasarrufiga kiritganlar. Mehmed II 10 yildan ziyod muddat davomida Karaman beyi hamda Oq qo'yunli davlati hukmdori Uzun Hasanga qarshi siyosiy kurash olib borib, butun Kichik Osiyoda o'z hokimiyatini o'rnatgan.
1475 yil Mehmed II Kafa, Kerch, Sudak singari Qora va Azov dengizi bo'ylaridagi shaharlarni istilo etib, Qrim xonligini o'ziga vassal qilgan. 1461 yil savdo yo'lidagi muhim yunon davlati Trapezund (Trabzon)ni jangsiz egallagan.
Turk qo'shinlarining zafarli yurishlari Mehmed ul-Soniyni Evropaning Vengriya, Italiya, Germaniya kabi davlatlari hududlarini ham istilo qilish rejasini tuzishga ruhlantirgan. 1480 yil 300 kemaga joylashgan 100 ming nafar qo'shin Italiyaning Otrango shahri tomon yo'l oladi va uni 2 haftalik qamaddan so'ng qo'lga kiritadi. Shahar aholisining yarmi qirib tashlanib, 8 minggi qulga aylantirilgan. Shunga qaramay, Mehmed II ning ushbu yurishi muvaffaqiyatsizlikka uchragan. Italyanlar kuchlarini bir yerga jamlab turklarga bir qancha kuchli zarbalar berishgan.
Mehmed II harbiy yurish paytida og'ir betoblanib vafot etgan. Ayrim manbalarda sulton o'g'li — taxt vorisi Boyazid ul-Soniy buyrug'iga muvofiq, xos tabibi tomonidan zaharlab o'ldirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |