7-mavzu. XI-XVII asr birinchi yarmida Turkiya


Davlatni boshqarish. Madaniy hayot



Download 44,16 Kb.
bet3/6
Sana07.04.2022
Hajmi44,16 Kb.
#533733
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
7 mavzu XI XVII asr birinchi yarmida Turkiya Saljuqiylar va Usmoniylar

3. Davlatni boshqarish. Madaniy hayot. Saljuqiylar davlati tepasida oliy hukmdor — sulton (sulton ulaʼzam) turgan. Uning nomidan xutba oʻqilib, tanga zarb etilgan. Taxt otadan bolaga meros sifatida oʻtgan. Mulk, yersuv taqsimlash, muhim davlat va boshqaruv mansablariga tayinlash, amaldorlar ishini nazorat qilish va boshqa sultonning vakolatlari doirasiga kirgan. Saljuqiylarning boshqaruv tizimi somoniylar, qoraxoniylar, gʻaznaviylarniki singari ikkiga: dargoh va devonlarga boʻlingan. Ulugʻ hojib, horis amiri (amiri horis), saloxdor, xos vakil, alamdor, jondor, tashtdor, sarhang , miroxur dargoxdagi asosiy lavozimlar sanalgan. Bosh vazir devoni aʼlo — markaziy boshqaruv tepasida turgan. Devoni tugʻro, devoni istifo(moliya devoni), devoni ishraf (nazorat devoni), devoni arz (harbiy vazirlik) kabi rasmiy devonlar boʻlgan. Viloyat boshliklari (voliylar) ham oʻz devonlariga ega boʻlishgan. Voliylar sulton tomonidan tayinlangan boʻlib, ular viloyat hayoti bilan bogʻliq barcha sohalar: moliya, soliq, sud, harbiy ishlar, jazo idoralariga rahbarlik qilgan. Tuman va shahar miqyosidagi boshqaruv tizimi ham deyarli shunday boʻlgan.
Saljuqiylar davlatida, ayniqsa, Buyuk saljuqiylardan Toʻgʻrulbek, Alp Arslon, Malikshoh, Sanjar davrlarida iqtisodiy va madaniy hayotda katta koʻtarilish yuz bergan. Hunarmandchilik taraqqiy qilgan: toʻqimachilik, kulollik, zargarlik, oynasozlik, temirchilik, koʻnchilik va gilam toʻqish rivojlangan. Buyuk ipak puli ulkan saltanatning markaziy shaharlari orqali oʻtgan. Sharqiy Yevropa, Vizantiya, Hindiston, Xitoy mamlakatlari bilan savdo aloqalari gurkirab rivojlangan. Malikshoh Sharq va Gʻarb oʻrtasidagi savdoni jonlantirish uchun Xuroson va Iroq savdogarlarini boj toʻlovidan ozod qilgan. Kaspiy dengizi orqali Turkistonga neft mahsulotlari keltirilgan. Ichki savdo ham rivojlangan. Mamlakatda sof oltindan zarb etilgan dinor (kizil dinor) joriy etilgan. Bundan tashqari, mahalliy dinor (rukniy) va mis dirhamlar ham boʻlgan.
Madaniyati. Saljuqiylar davlatidailm-fan vamadaniyat rivojlangan. Ayniqsa, Eron, Iroq va Movarounnahrda madaniy yuksalish yuqori boʻlgan. Nishopur, Isfahon, Basra, Hirot, Marv, Buxoro, Samarqandda madrasalar bunyod qilingan. Xususan, buyuk vazir Nizomulmulk qurdirgan Bagʻdoddagi Nizomiya madrasasi (1067) butun jahonga mashhur boʻlgan. Nizomulmulk davlatni boshqarish asoslari haqida "Siyosatnoma" asarini yaratgan. Munajjim va riyoziyotchi olim Umar Xayyom loyihasiga koʻra, Isfahonda rasadxona kurilgan. U Malikshoh topshirigʻiga koʻra, rasadxonada kuzatuv ishlarini olib borgan va sosoniylarning shamsiy taqvimini isloh etib, Yangi taqvim ("Malikshoh taqvimi" yoxud "Jalol erasi") ni tuzgan (1079). Nizomiy Ganjaviy, Jaloliddin Rumiy, Saʼdiy Sheroziy, Umar Xayyom fors sheʼriyatining soʻnmas durdonalarini yaratishgan. Muhammad Gʻazoliy, Farididdin Attor, Xoja Yusuf Hamadoniy kabi islom ulamolari va soʻfiylar ijod kilishgan.
Saljuqiylar davlatida riyoziyot va ilmi nujum (Bahovuddin Abubakr Marvaziy, Sharafiddin Tusiy, Abulhasan Ali Marvaziy, Abulhotam Muzaffar Isfizoriy, Zahiriddin Gʻaznaviy), tibbiyot va kimyo (Ismoil Jurjoniy, Faxriddin Roziy), tarix (Zahriddin Nishopuriy, Sadriddin Husayniy, Anushirvon Koshoniy, Abu Bakr Ravondiy), adabiyot (adib Sobir Termiziy, Nosir Xusrav, Anvariy, Asiriddin Axsikatiy, Rafʼiy Marvaziy va boshqalar) sohalariga oid koʻplab bebaho asarlar yaratilgan. Bu davrda Nishopur, Marv, Isfahon, Ray, Hamadon kabi poytaxt shaharlar, shuningdek, Buxoro, Samarqand, Termizda koʻplab meʼmoriy yodgorliklar qurilgan. Marv gullab yashnagan, u "Marvi Shohijahon" — "Shaharlar shohi" deb ulugʻlangan. Tarixchi va sayyoh Yoqut Hamaviy Marvda boʻlganida bu yerda 10 ta yirik kutubxona borligini koʻrgan va ulardan foydalangan. Termiz yaqinidagi Paygʻambarorolda Zulkifl majmuasi (11—12-asrlar), Sulton Saodat meʼmoriy majmui (11 — 18-asrlar), Jarqoʻrgʻon minorasi (1109), Marvda Sulton Sanjar maqbarasi (12-asr) va boshqa meʼmoriy obidalar qurilgan. Saljuqiylarning Koʻniya sultonligida ham madaniyat taraqqiy etgan. Kichik Osiyoning islomlashish jarayoni kuchayib, tasavvufning mavlaviylik, bektoshiya kabi tariqatlari shakllangan, axiylik (javonmardlik) va qalandarlik kuchaygan. Jaloliddin Rumiy, Yunus Emro (1240—1320), Xoja Bektosh Vali (1248—1338), Sadriddin Koʻnyoviy, Shahobiddin Suhravardiy singari mashhur mutasavviflar yetishib chiqqan. Koʻniya (Ikoniy), Sivas, Qaysariya, Nikeya sh.lari yirik madaniy markazlar hisoblangan. Bu paytda "Oʻgʻuznoma" dostonining yozma varianti shakllangan, latifaaa Xoʻja Nasriddin (Afandi) obrazi (Turkiston va Anadoluda) yaratilgan.

Download 44,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish