7-mavzu: Texnikaga oid masalalariga bag’ishlangan ilmiy maqola ustida ishlash Fan-texnika taraqqiyoti



Download 35,8 Kb.
bet4/7
Sana25.09.2021
Hajmi35,8 Kb.
#185113
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
7 y- mavzu

Jurnalning o‘ziga xosligi. Jurnal umumiy mexanika, deformatsiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi, suyuqliklar, plazmalar va gazlar mexanikasi, gruntlar mexanikasi va mexanikaning turli soxalarda (qurilish, suv muammolari, engil sanoat mexanikasi, qishloq ho‘jaligi mashinalari, avtotransport, temir yo‘l soxalarida) qo‘llanilishidagi hamma asosiy yo‘nalish tadqiqotlarini qamrab oladi. Texnogen va tabiiy xarakterdagi favqulodda holatlarda xavfni kamaytirish, baholash bo‘yicha tavsiyanomalar (suv toshqini, yong‘in, zilzila va boshqa.). Maxsus sonlarida jurnalning tematikasi bo‘yicha alohida ilmiy-texnik muammolarga bag‘ishlangan, jumladan halqaro konferensiya, simpozium va seminarlar materiallari chop etiladi. Alohida rubrika ostida yosh olimlarning maqolalari, ilmiy axborotlar, mexanika yangiliklari (xronika) chop etiladi. Jurnal texnika va fizika-matematika fanlari bo‘yicha ilmiy daraja olish uchun tadqiqotchilarning maqolalari chop etiladigan mexanika sohasidagi O‘zbekistonning asosiy ilmiy nashri hisoblanadi.

Jurnal O‘zbekiston Respublikasining barcha regionlari bo‘yicha tarqatiladi.

Mablag‘ bilan ta’minlaganligi – jurnal o‘z o‘zini qoplash hisobiga ishlaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi, texnika fanlari doktori. Murakkab tarmoqli er osti inshootlari seysmodinamik nazariyasining asoschisi va muallifi, respublikada seysmik mustahkamlik ilmiy maktabining rahbari, mexanika sohasidagi har tomonlama ilmiy izlanishlarni va uning natijalarini xalq ho‘jaligiga tadbiq qilishning tashkilotchisi, O‘zbekistonda fan, texnika va oliy ta’limni rivojlantirishga salmoqli hissa qo‘shgan jamoat arbobi.

T.Rashidov 1934 yil 27 mayda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1951 yili O‘rta Osiyo Davlat (O‘zbekiston Milliy) universitetining fizika-matematika fakultetiga o‘qishga kirib, uni 1956 yilda «Mexanika» mutaxassisligi bo‘yicha imtiyozli diplom bilan tamomlagan. Universitetni tugatgach, akademik M.T.O‘rozboev rahbarligida aspiranturani o‘tadi va 1959 yili aspiranturani tugatgach, O‘zR Fanlar akademiyasining  Mexanika institutiga yo‘llanma bo‘yicha ishga kirdi, u erda kichik ilmiy xodim lavozimidan(1959 yil) to institut direktori (1966 yil 26 apreli-1974 yilgacha) lavozimigacha ko‘tarildi. 1959 yildan buyon uzluksiz shu institutning «Seysmodinamika» bo‘limiga rahbarlik qilmoqda. T.Rashidovning dastlabki ishlari binolar va uzun er osti quvurlarining seysmik kuchlar ta’siridan tebranishi masalalariga qaratilgan bo‘lib, grunt bilan inshootning o‘zaro nisbiy aloqadorligini hisobga olgan holda seysmik mustahkamlik dinamik masalalarini echishga bag‘ishlangan.

T.Rashidov 17 monografiya, 500 dan ortiq ilmiy maqolalar chop etgan bir qancha mualliflik guvohnomalariga ega, 50 dan ortiq ilmiy asarlar va to‘plamlarga mas’ul muharrirlik qilgan, uning bevosita rahbarligida 6 ta fan doktori va 40 dan ortiq fan nomzodlari va PhD tayyorlangan. SHogirdlaridan 5 kishi O‘zbekiston Respublikasi Beruniy nomidagi Davlat mukofoti sovrindori, 15 kishi esa YOshlar tashkilotining fan va texnika sohasidagi mukofotiga sazovor bo‘lishgan. SHogirdlarining ko‘pchiligi viloyat va shahar hokimiyatlari hamda yirik korxonalar rahbarlari, oliy o‘quv yurtlari rektorlari va kafedra mudirlari bo‘lib faoliyat ko‘rsatib kelmoqdalar.

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, Abu Rayxon Beruniy nomidagi O‘zbekiston Davlat va sobiq Ittifoq Vazirlar Mahkamasi qurilish yo‘nalishidagi mukofotining sovrindori. 2018 yil «Mehnat Shuhrati» ordeni bilan taqdirlangan.

Ular shu tariqa turg‘un birikmalar tarkibida ham qo‘llanila boshlaydi: gegemonlik qilmoq, avtomat bo‘lib ketmoq, monopoliya qilib olmoq, reytingi baland, gradusi baland, ishiga plyus bo‘lmoq, ishiga minus bo‘lmoq, qo‘shtimoqqa olmoq, zangori kema kapitani va boshqalar.


«Davlat tili haqida»gi Qonunning yuzaga kelishi munosabati bilan fanlarning turli yo‘nalishlari bo‘yicha atamashunoslik sohasida islohotlar o‘tkazish, ularni «o‘zbekchalashtirish»ga imkoniyat yaratildi.

Hatto dastlab shunday bir vaziyat yuzaga keldiki, atamalarni «milliylashtirish» ga ishtiyoq kuchayib ketdi. Tavsiyalar ham nihoyatda ko‘paydi. Jo‘yali fikrlar bilan bir qatorda, hazm bo‘lishi qiyin bo‘lgan takliflar ham o‘rtaga tashlandi. Bu gapning tasdig‘i sifatida ayrim misollarni keltiramiz: matematika-riyoziyot, fakulteti-kulliyot, rassom-musavvir, gazetxon-mushtariy, auditoriya-saboqxona, xona, o‘quv xonasi, sirk-tomoshaxona, sirkul-pargar, sellofan-suvqog‘oz, seyf-zarf, attestatsiya-ko‘rik, samolyot-aeroplan, tayyora, aeroport-tayyoragoh, familiya-naslnoma, klub-da’vatxona, titul list-sarvaraq va hokazo.

Bu kabi tavsiyalar mustaqillikdan keyin – «Davlat tili haqida»gi Qonun qabul qilingach, o‘rtaga tashlandi. Ona tilimizning chin fidoyilari erksevar va millatsevar jadidlar tomonidan esa shu mazmundagi mulohazalar asrimizning boshlarida, mustamlakachilik paytlaridayoq o‘rtaga tashlanganligi tarixdan ma’lum.

Ulug‘ ma’rifatparvar Fitrat 1921-yildagi til, imlo qurultoyida kontrrevolyutsion «Chig‘atoy gurungi» tashkilotining dasturini bayon etib, o‘zbek tilidan yot so‘zlar (arabcha, forscha, ruscha) ni chiqarib tashlasak, buyuk idealimiz bo‘lgan turkchilikka birlashamiz, deb ochiq-oydin aytdi.

Ular (tilning sofligi uchun kurashuvchilar mualliflar)... ko‘plab qadimiy so‘zlarni tiriltirishni, o‘zbek adabiy tiliga qabul qilishni tavsiya qildilar. Masalan, arabcha zahmat, xalq, duo, nasihat, rais, olam, kitob, maktub so‘zlari o‘rniga emgak, el, o‘qish, o‘gut, boshliq, ochun, bitik, yozoq so‘zlarini, forscha shahar, guvoh, tajriba so‘zlari o‘rniga baliq, taniq, sipok so‘zlarini, ruscha parovoz, poyezd, revolyutsiya, proletar, samovar, pochta, agronom, elektr, geografiya, botanika, astronomiya, morfologiya, sintaksis kabi so‘zlar o‘rniga o‘txona, otash arava, o‘zgarish, yo‘qsil, o‘zi qaynar, choparxona, ekin bilg‘ich, simchiroq, yer biligi, o‘simlik biligi, yulduz biligi, sarf, nahv kabi so‘z va iboralarni ishlatishni ko‘tarib chiqdilar.

Bu qarashlar shu ma’noda diqqatga sazovorki, ularda tilni mumkin qadar chet el unsurlaridan tozalash, umumturkiy birliklarni adabiy til me’yori sifatida belgilash g‘oyasi yotadi. Masalaning qo‘yilishi ana shu tarzda tushuniladigan bo‘lsa, yuqoridagi riyoziyot, kulliyot, musavvir, mushtariy, saboqxona, pargar, tayyora, tayyoragoh, naslnoma, da’vatxona kabi so‘zlar bu g‘oyaga mos kelmaydi. O‘z-o‘zidan savol paydo bo‘ladi: qabul qilishga tavsiya etilayotgan so‘zlar umumturkiy bo‘lmagach, qanday farqi bor – ruscha-baynalmilal bo‘ldi nima-yu, arabcha yoki forscha-tojikcha bo‘ldi nima?

Masalaning boshqa bir muhim tomoni bor: tavsiya etilgan birliklar adabiy tilimizga leksik me’yor sifatida qabul qilinmadi. Nega? Shuning uchunki, birinchidan, tildagi o‘zgarishlar jarayoniga o‘sha davrdagi ijtimoiy-siyosiy ziddiyatlarning ta’siri bo‘ldi. Millatsevarlik millatchilik deb ayblanayotgan bir davrda, tilimizga bo‘lgan bu kabi munosabatlar, yangilikka intilishlar qo‘llab-quvvatlanmadi. Ikkinchidan, asrimizning boshlarida, hatto hozirda ham narsa va tushunchalarni ifodalovchi birliklarni tavsiya etilgan so‘zlar shaklida qo‘llash hali me’yorlashmagan, odat tusiga kirmagan edi va shundayligicha qolib ketdi.

Tilimizda qo‘llanilib kelinayotgan avtor, arxitektor, gumanizm, doklad, ideologiya, inspektor, intelligent, kontrol, komandirovka, komandirovochnaya, leksiya, ministr, oblast, ostanovka, planeta, problema, rayon, raport, redaktor, revolyutsiya, spravka, student, sekretar, tema, territoriya, traditsiya, forma singari so‘zlar o‘rnini muallif, me’mor, insonparvarlik, ma’ruza, mafkura, nozir, ziyoli, nazorat, safar, safarnoma, та’ruza, vazir, viloyat, bekat, sayyora, muammo, tuman, bildirishnoma/ xabarnoma, muharrir, inqilob, ma’lumot ma’lumotnoma, talaba, kotib/ kotiba, mavzu, hudud, an’ana, shakl kabi tavsiya etilgan so‘zlar osonlik bilan egalladi.




Download 35,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish