Elementlari tanlanadigan ochiladigan ro'yxat
QComboBox klassi foydalanuvchiga bir nechta elementlardan birini tanlash imkoniyatini beradi. Uning ishi QListWidget oddiy ro'yxat vidjeti bilan bir xil. Ochiladigan ro'yxatning asosiy afzalligi shundaki, u faqat bitta (tanlangan) elementni namoyish etadi, shuning uchun uni joylashtirish uchun ko'p joy egallanmaydi. Foydalanuvchiga mavjud variantlardan tanlovni amalga oshirishi uchun butun ro'yxat faqat ma'lum bir vaqtga namoyish qilinadi (ro’yxat ochilganda), so'ngra ro'yxat dastlabki holatga qaytariladi (yopiladi).
Do'stlaringiz bilan baham: |